Turizm qo‘mitasi matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, joriy yilning yanvar-sentyabr oylarida jami 5,7 million nafar chet el fuqarosi turistik maqsadlarda O‘zbekiston Respublikasiga tashrif buyurgan.

Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilga nisbatan 16,33 foizga oshgan.  

O‘zbekiston Respublikasiga turistik maqsadlarda kelgan chet el fuqarolari soni yillar kesimida quyidagicha (yanvar-sentyabr):  

2020 yil - 1,4 million nafar;  

2021 yil - 1,1 million nafar;  

2022 yil - 3,6 million nafar;  

2023 yil - 4,9 million nafar;  

2024 yil - 5,7 million nafarni tashkil etgan.  

Ma’lumot o‘rnida ta’kidlash lozimki, O‘zbekistonning turistik salohiyatini targ‘ib qilish va turistlar oqimini yanada oshirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasining 28 ta xorijiy davlatdagi diplomatik vakolatxonalariga tegishli tartibda mablag‘ ajratilgan. 

Bundan tashqari joriy yilning 10 oyi davomida 14 ta xalqaro turizm yarmarkasida milliy turizm stendi va tadbirkorlik sub’ektlari ishtiroki ta’minlangan. 

Buyuk Britaniya, Malayziya va Tojikiston davlatlarida Qo‘mita tomonidan madaniy tadbirlar tashkil etilib, mamlakatimizning gastronomik turizm imkoniyatlariga doir taqdimotlar o‘tkazilgan.  

Muhayyo Toshqorayeva,  

O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
O‘zbekistonga xorijiy mamlakatlardan kelayotgan sayyohlar soni ortib bormoqda