Prezident Shavkat Mirziyoyevning barqaror Markaziy Osiyodan Yevropa Ittifoqi tomon konsepsiyasi haqida.

Samarqandda bo‘lib o‘tgan O‘zbekiston – Italiya sammiti jarayonlarini diqqat bilan kuzatib bordim. 

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan Italiya Respublikasi Bosh vaziri Jorja Meloni rasmiy tashrif bilan mamlakatimizda bo‘ldi. Ushbu oliy darajadagi uchrashuv va unda erishilgan natijalar, imzolangan hujjatlar menga yaqin tariximizni eslatdi. 

Bugungi kunlarga yetib kelish uchun qanchadan qancha mashaqqatli yo‘llar bosib o‘tilganini unutmasligimiz kerak. Tarixdan to‘g‘ri xulosa chiqarib, kelajagini belgilagan millat yuksaladi, taraqqiy etadi.

O‘zbekistonda chorak asr davomida Yevropa bilan muloqot qilishga urinishlar va intilishlar ko‘p bo‘lgan. Lekin muvaffaqiyatsiz yakun topgan. Ba’zi bir boshlangan aloqalar ham noma’lum sabablarga ko‘ra boshi berk ko‘chaga kirib qolavergan. 

Yevropa Ittifoqi va O‘zbekiston o‘rtasida o‘tib bo‘lmas bir jarlik paydo bo‘lgan edi. Buning natijasida butun dunyo intilayotgan Yevropa taraqqiyoti, yuksalishi, rivojlanishidan uzoqlashildi. 

To‘g‘risini aytganda Yevropa tomoni O‘zbekistonga ishonchsizlik bilan qarardi. Bu avvalambor qo‘ni-qo‘shnilarimiz bilan butunlay uzilgan munosabatlarga borib taqalardi. 

Markaziy Osiyoda o‘ta muhim o‘rin tutuvchi O‘zbekiston tomoni tashabbusni qo‘lga olishi, qardosh xalqlar bilan do‘stona aloqalarni o‘rnatishi kerak edi. Aksincha, O‘zbekiston bu borada yakdillikka erishishga intilmadi. Munosabatlar murakkablashib, dushmanchilik kayfiyati darajasiga yetib bordi. Buni kuzatib turgan xalqaro hamjamiyat ham O‘zbekistondan tobora yuz o‘girgan edi. Ayniqsa, bunday vaziyatlarga mutlaqo murosasiz bo‘lgan Yevropa Ittifoqining barcha darvozalari O‘zbekiston uchun yopilgandi.

Prezident Shavkat Mirziyoyevning ortga qaytmas kuchli siyosiy irodasi bilan bu tugunlarning barchasi yechildi. Nafaqat O‘zbekiston, balki Markaziy Osiyoning boshqa mamlakatlari o‘rtasida ham manfaatlar muvozanatiga erishildi. O‘zaro muloqotlar tiklandi, barcha savollarga javob topildi.

O‘zbekiston rahbari Shavkat Mirziyoyevning tarixiy tashabbusi bilan Markaziy Osiyo ruhi yaratildi. Markaziy Osiyo mamlakatlari o‘rtasidagi barcha ziddiyatlarga batamom nuqta qo‘yildi.

Bu jarayonlarni kuzatib borayotgan xalqaro ekspertlar fikrlarini o‘zgartirishga majbur bo‘ldi. 

Prezident Shavkat Mirziyoyevning uzoqni ko‘zlab amalga oshirgan g‘oyalari Markaziy Osiyoda g‘alaba qozongandi.

Bu tub burilish nafaqat O‘zbekiston uchun, balki barqaror Markaziy Osiyo uchun birinchi navbatda dunyo eshiklarini, Yevropa darvozalarini ochib berdi. 

Bugun bunday deyishga to‘la asoslarimiz bor. Yevropa Ittifoqi davlat rahbarlarining O‘zbekistonga bo‘lgan intilishi va qiziqishi Samarqandda tashkil etilgan "Markaziy Osiyo – Yevropa Ittifoqi” birinchi sammitida to‘la ma’noda namoyon bo‘ldi.

“Markaziy Osiyo – Yevropa Ittifoqi” birinchi sammitida Yevropa Kengashi Prezidenti Antoniu Koshta, Yevropa Komissiyasi Prezidenti Ursula fon der Lyayenning ishtirok etishi munosabatlarda butunlay yangi davr boshlanganini bildiradi.

Sammitga Samarqand shahrining mezbonlik qilishida ham ramziy ma’no bor, albatta. Prezident Shavkat Mirziyoyev haqli ravishda ta’kidlaganidek: "Samarqand sivilizatsiyalar muloqoti, Sharq va G‘arb o‘rtasidagi diplomatiya, savdo va madaniy almashuvlar muhim markazidir."

Prezident Shavkat Mirziyoyev sammitdagi nutqida bugungi natijalarga osonlikcha yetib kelinmaganligini, buning uchun g‘oyatda murakkab va mashaqqatli yo‘l bosib o‘tilganligiga e’tibor qaratdi: “Bundan 8 yil oldin O‘zbekiston bilan Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki munosabatlari to‘xtab yotganini qayd etishni istar edim. Bugun esa biz bankning eng yirik benefitsiarlaridan birimiz”.

O‘zbekiston Prezidentining kuchli siyosiy irodasi nimalarda namoyon bo‘ladi? 

Shavkat Mirziyoyev faqat O‘zbekistonni emas, mintaqani, Barqaror Markaziy Osiyoni yuksalishini, rivojlanishini, hamjihatligini istaydi. Bu oltin tamoyil  Yevropa Ittifoqining qarashlariga, istaklariga mos keladi. Demak, birinchi qadam muvaffaqiyatli ravishda Markaziy Osiyo tomon tashlangan bo‘lsa, ikkinchi qadam Yevropa Ittifoqi, butun dunyo tomonga tashlandi.

Bugungi dunyoda geosiyosiy ziddiyatlar, yirik mintaqaviy mojarolar, ijtimoiy-iqtisodiy tahdidlar tobora kuchayib borayotganiga guvohmiz. Bunday vaziyatda qaror qabul qilish qiyinlashadi. 

Prezident Shavkat Mirziyoyev quyidagi xulosaga keladi: “Hech bir mintaqa keng xalqaro hamkorliksiz bu qadar murakkab masalalarni mustaqil holda hal etishga qodir emas”.

Barqaror Markaziy Osiyoda transformatsiya jarayonlari kechmoqda. Bu o‘z navbatida Markaziy Osiyo va Yevropa Ittifoqining o‘zaro yaqin hamkorligi uchun talab tobora oshib borishiga olib keladi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev sammitdagi nutqida Barqaror Markaziy Osiyo Konsepsiyasiga qanday erishilganligiga alohida to‘xtaldi: “Bundan yetti-sakkiz yil avval buning uchun hatto sharoit ham yo‘q edi. Ba’zi mamlakatlar o‘rtasidagi chegaralar yopiq edi. Na savdo, na tranzit, na biznes, hech qanday gumanitar almashuvlar yo‘q edi. Munosabatlar shunchaki muzlatib qo‘yilgandi. O‘shanda hech kim yaqin kelajakda biz Yevropa yetakchilari bilan muzokaralarda mintaqamizni birgalikda namoyon etishimizni tasavvur ham qila olmas edi.”

Bugun Barqaror Markaziy Osiyo Konsepsiyasi to‘la ma’noda ishlamoqda. Bu konsepsiya asrlar davomida shakllangan juda ko‘p soxta qarashlarga batamom barham berdi. Markaziy Osiyo uchun yangi koridor ochilishiga imkoniyat yaratdi. Mustabid tuzumdan meros bo‘lib qolgan, allaqachon o‘z umrini yashab bo‘lgan iqtisodiy qaramlik botqog‘idan chiqib olishimizga yordam berdi.

Butun dunyoda iqtisodiyotdan ko‘ra xavfsizlik birinchi o‘ringa chiqqan bir davrda yashayapmiz. Prezident Shavkat Mirziyoyev alohida urg‘u berganidek: “Markaziy Osiyoning ochiqligi va barcha sheriklar bilan o‘zaro manfaatli hamkorlikka tayyor ekani mintaqada xavfsizlik va farovonlikni ta’minlashning eng muhim shartiga aylandi.”

“Markaziy Osiyo – Yevropa Ittifoqi” sammiti yakunlari bo‘yicha Markaziy Osiyo va Yevropa Ittifoqi o‘rtasida strategik sheriklik o‘rnatish haqida tarixiy qaror qabul qilindi.

Bu barqaror Markaziy Osiyo diplomatiyasining 21- asrdagi eng katta yutuqlaridan biri sifatida qaralmoqda.

Men bir samarqandlik olim sifatida qadimiy Samarqandimiz bunday tarixiy jarayonlarga mezbonlik qilayotganidan faxrlanaman. 

Bir paytlar butun jahonning boshkenti, poytaxti maqomiga ega bo‘lgan Samarqandga tarixiy shon-shavkat qaytdi. Samarqand ruhi qaytdi. 

Tarix takrorlanadimi? 

Prezident Shavkat Mirziyoyevning “Markaziy Osiyo – Yevropa Ittifoqi” birinchi sammitdagi nutqida ilgari surilgan mana bu fikrga e’tiboringizni qaratmoqchiman: “Amir Temur bundan olti asrdan ziyoda vaqt oldin aynan shu zaminda turib erkin va xavfsiz savdoni ta’minlash maqsadida Yevropa hukmdorlari bilan faol muloqotlarni yo‘lga qo‘ygan... Muhammad Xorazmiy, Ahmad Farg‘oniy, Abu Rayhon Beruniy, Ibn Sino, Mirzo Ulug‘bek va boshqa buyuk alloma va mutafakkirlarimiz jahon, jumladan, Yevropa ilm-fani va falsafasi rivojiga beqiyos hissa qo‘shganini albatta qayd etmasdan o‘tolmaymiz.”

Italiya Respublikasi Bosh vaziri Jorja Meloni rasmiy tashrifi doirasida Samarqandda “Rim” ko‘chasi ochildi. Imonim komil Samarqandda “Budapesht”, “Berlin”, “Parij”, “Bryussel”, “Madrid”...kabi ko‘chalar ochiladi. 

O‘zbekiston uchun yer yuzida yopiq eshiklar qolmaydi...

Rustam XOLMURODOV,

Samarqand davlat universiteti rektori,

O‘zbekiston Respublikasi fan arbobi,

Oliy Majlis Senati a’zosi.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
O‘zbekistonga ochilayotgan Yevropa darvozalari...