Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi tashabbusi bilan endi yurtimizda chiqindi tashishda elektr tokida yurishga mo‘ljallangan texnika vositasidan foydalaniladi. Elektromobil “Eko House” chiqindi klasteri tomonidan Xitoydan keltirildi.

- Bugungi kunda ekologiya, xususan, chiqindilarni olib chiqish va utilizatsiya qilish sohasida yangi texnologiyalar joriy qilinmoqda, — deydi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vaziri Aziz Abduhakimov. — Xitoyning “Chengdu Shiny Technology Co Ltd” kompaniyasi bilan hamkorlikda olib kelingan elektrotexnika vositasi, avvalo, atmosferaga zaharli tashlamalar chiqarmasligi bilan ahamiyatli. Ya’ni, bu mashina ekologiyaga zarar yetkazmaydi.

Xitoy kompaniyasi mutaxassisi Vey Go xonim ushbu elektromobil atmosferaga zararsiz ekanligini, O‘zbekiston ham aynan shu jihatga e’tibor qaratganini e’tirof etdi. - Elektromobil Xitoyning Chenju shahrida ishlab chiqarilgan. Ekologik jihatdan zararsiz. O‘zbekiston bilan o‘zaro hamkorlikdan mamnunmiz va kelajakda chiqindi tashiydigan elektromobillarni O‘zbekistonda ishlab chiqarishni rejalashtirganmiz”, — dedi Vey Go xonim.  

Elektromobil dastlab Jizzax viloyatida sinovdan o‘tkaziladi. E’tiborli tomoni, u tor ko‘chalarda ham yurishga mo‘ljallangan. Mashina to‘liq quvvatda 300 kilometr masofani bosib o‘tadi. Bu esa kun davomida aholi yashash punktlaridan chiqindilarni olib chiqib, maxsus poligonlarga tashish imkonini beradi. Shuningdek, 3 tonnagacha yukni bemalol ko‘tara oladi.  

Ma’lumot uchun, 2023-yilda Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi tashabbusi bilan aholi yashash punktlaridan chiqindilarni olib ketishning signal usuli o‘rniga musiqali usul joriy qilingan edi. Bu aholining chiqindi yig‘adigan maxsus texnika vositalarining baland signalidan norozi bo‘lganini inobatga olib amalga oshirilgan.Ushbu yangi tashabbus ham ekologik musaffolikni saqlab qolishda katta ahamiyat kasb etadi.

<iframe width="640" height="360" src="https://www.youtube.com/embed/eNcu5OUFatg" title="Oʻzbekistonga ilk bor chiqindi tashiydigan elektromobil olib kelindi" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" allowfullscreen></iframe>

Sanjar Toshpo‘latov,

Anvar Ahmedov,  

O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
O‘zbekistonga ilk bor chiqindi tashiydigan elektromobil olib kelindi (+video)