Vengriya O‘zbekistonning Markaziy Yevropadagi eng muhim sheriklaridan biri hisoblanadi. 10 million nafardan ortiq aholiga ega Vengriya iqtisodiy jihatdan ancha jadal rivojlanayotgan agrar sanoat mamlakatidir.

Qishloq xo‘jaligi vaziri Ibrohim Abdurahmonov va Vengriya tashqi ishlar va savdo vaziri Pyotr Siyarto o‘rtasida agrar sohadagi hamkorlik aloqalarini yanada mustahkamlashga qaratilgan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.  

Uchrashuvda O‘zbekiston-Vengriya o‘rtasidagi hamkorlik munosabatlari tobora mustahkamlanib borayotgani, bunda ikki davlat rahbarlari o‘rtasidagi yaqin do‘stona aloqalar ikki tomon uchun ham hamkorlik munosabatlarini yanada rivojlantirishda muhim ahamiyat kasb etmoqda. 

O‘z navbatida, ikki mamlakat o‘rtasida fitosanitariya, bog‘dorchilik, uzumchilik, kartoshkachilik va agrar ta’lim sohasida uzviy hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, parranda go‘shti va go‘sht mahsulotlarini ishlab chiqarish, qayta ishlash, qadoqlash, laboratoriya tashkil etish masalalari muhokama markazida bo‘ldi.  

Ibrohim Abdurahmonov O‘zbekiston qishloq xo‘jaligining bugungi holati haqida so‘z yuritar ekan, ayni paytda keng ko‘lamli islohotlar amalga oshirilib, qulay sarmoyaviy muhit yaratilayotgani yirik xorijiy korxonalar bilan ishlashda yangi istiqbollar ochayotganini ta’kidlab o‘tdi. Shuningdek, O‘zbekistondan Vengriyaga loviya, mayiz, olxo‘ri eksportini kengaytirish, Vengriyadan makkajo‘xori va kartoshka urug‘larini yetkazib berishni ko‘paytirish ikki tomon uchun manfaatli yo‘nalish ekani e’tirof etildi.  

Muloqot jarayonida ikki mamlakat o‘rtasidagi manfaatli hamkorlik aloqalarini yanada mustahkamlash, bunda eng asosiysi oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash hamda kelgusida amalga oshirilishi ko‘zda tutilgan ishlar ko‘lami belgilab olindi.  

Muhayyo Toshqorayeva,  

O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
O‘zbekistondan Vengriyaga loviya, mayiz, olxo‘ri eksporti kengaytiriladi