Bugungi kunda “El-yurt umidi” jamg‘armasi orqali AQSH ning nufuzli universitetlarida 240 dan ortiq stipendiat yoshlar ta’lim olmoqda.

Toshkentda “El-yurt umidi” jamg‘armasi ijrochi direktor o‘rinbosari v.b. Javoxir Ahmedov hamda AQSH ning  Viskonsin Madison  (University of Wisconsin–Madison) universiteti huquq maktabi vakili Jeyson Smit o‘rtasida Jamg‘armada uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Uchrashuvda Javohir Ahmedov Jamg‘armaning faoliyati hamda navbatdagi tanlov jarayonlari haqida  to‘xtalib o‘tdi. Shuningdek,    Viskonsin Madison   huquq maktabi vakili Jeyson Smit universitetdagi ustuvor sohalar, jumladan, jinoyat huquqi, atrof-muhit huquqi, Sog‘liqni saqlash qonunchiligi, Intelektual mulk huquqi, Halqaro huquq, Soliq qonunchiligi, Sinov advokatligi kabi fanlar to‘g‘risida tegishli ma’lumotlarni taqdim etdi.  

Ma’lumot  o‘rnida ta’kidlash lozimki, Viskonsin shtatining Madison shahrida joylashgan Viskonsin huquq maktabi 1868 yilda tashkil etilgan. Viskonsin iqtisodiga katta hissa qo‘shuvchi universitet Qo‘shma Shtatlardagi eng yirik ish beruvchi bo‘lib, 24,232 dan ortik professor-o‘qituvchilar va xodimlarni o‘z ichiga oladi. Universitet 8 ta fakultetdan iborat. Universitet QS reytingida 102, US News-40 (Best Law School) o‘rinda turadi. Universitet 70 ming nafardan ortiq talaba, shu jumladan, 16 ming nafar  xalqaro talaba ta’lim oladi. Mazkur universitet  ko‘pgina  tashkilotlar bilan bir nechta innovatsion xalqaro tadqiqot loyihalarida ishtirok etib keladi.  

Uchrashuv davomida O‘zbekistondan  Viskonsin Madison   universitetida o‘qish istagida bo‘lgan talabalar, o‘quvchilar, vazirlik va idora mutaxassislari, tadqiqotchilar va yoshlar uchun kelgusida onlayn vebinar va seminarlar o‘tkazishga kelishildi. Vazirlik va idoralarning maqsadli buyurtmasi asosida davlat xizmatchilarini   Viskonsin Madison   huquq maktabida qisqa muddatli malaka oshirish va amaliyot o‘tash dasturini tashkil bo‘yicha takliflar muhokama qilindi. Jamg‘arma va  Viskonsin Madison   universiteti huquq maktabi vakillari bilan bo‘lib o‘tgan muzokaralar so‘ngida, Viskonsin Madison    universiteti huquq maktabi tomonidan Jamg‘armaning bakalavriat va magistratura ta’lim dasturlarida ta’lim oladigan stipendiatlar uchun o‘qish xarajatlaridan 50 foiz miqdorda chegirma ajratish qayd etildi.  

Muloqot jarayonida yil oxiriga qadar  “El-yurt umidi” jamg‘armasi hamda AQSH ning nufuzli   Viskonsin Madison   huquq maktabi o‘rtasida hamkorlik aloqalarini istiqbollarini belgilovchi, yuqoridagi takliflarni o‘z ichiga olgan ikki tomonlama o‘zaro anglashuv memorandumi imzolanishiga kelishildi.  

Muhayyo Toshqorayeva, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
O‘zbekistondagi vazirlik va idora vakillari AQSHda qisqa muddatli malaka oshirishi va amaliyot o‘tashi mumkin