Ma’lumotlarga ko‘ra, yer sayyorasi vujudga kelganiga qariyb to‘rt yarim milliard yil bo‘lgan. Uning 29 foizdan ortiqrog‘i quruqlikka, qolgan qismi esa dengiz va okeanlarga to‘g‘ri keladi.

Yerning ishlov beriladigan maydonlari bor-yo‘g‘i 11 foizni tashkil qilishiga qaramasdan, insonlar uchun zarur bo‘lgan oziq-ovqat mahsulotlarining 88 foizini yetishtirib beradi. Lekin zaminimizda kechayotgan ziddiyatli jarayonlar yer tuzilmasini tobora o‘zgartirib yubormoqda.

Yer muammolariga insoniyatning e’tiborini qaratish maqsadida 1970 yildan boshlab har yili 22 aprel kuni jahondagi barcha mamlakatlarda turli tadbirlar va aksiyalar o‘tkaziladi. Shu bois BMT Bosh Assambleyasi 22 aprel sanasini Butunjahon yer kuni deb e’lon qilib, uni nishonlashga qaror qildi. Har yili mazkur sana mamlakatimizda ham keng nishonlanadi.

Milliy matbuot markazida O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Kadastr agentligi tomonidan o‘tkazilgan matbuot anjumani ham shu sanaga bag‘ishlandi.

O‘zbekiston Respublikasining ma’muriy chegarasidagi umumiy maydoni 2022 yil 1 yanvar holatiga ko‘ra jami 44 million 892 ming 400 gektarni, shundan sug‘oriladigan yerlar esa 4 million 331 ming 700 gektarni tashkil qiladi.

Raqamlarga e’tibor qaratadigan bo‘lsak, respublikamizdagi jami yerlardan bor-yo‘g‘i 9,7 foiz sug‘oriladigan maydonlar hissasiga to‘g‘ri keladi. Bu raqamlarda qishloq xo‘jaligi, oziq-ovqat xavfsizligi, sanoat, ishlab chiqarish, to‘qimachilik, meva-sabzavotchilik va yana turna qator yo‘nalishlarni sanashimiz mumkin.

Shu sababli, O‘zbekistonda yer munosabatlarini tartibga solish, undan maqsadli va samarali foydalanish, yer bilan uzviy masalalarni qonun doirasida hal etish uchun O‘zbekiston Respublikasida «Yer kodeksi» qabul qilingan. Ushbu kodeks 14 bob, 91 ta moddadan iborat.

O‘zbekiston Respublikasi yer fondi yerlardan foydalanish maqsadi va tartibiga ko‘ra, o‘ziga xos xususiyatlarga ega bo‘lib, ular «Yer kodeksi»ning 8-moddasiga asosan 8 ta toifaga bo‘linadi.

Matbuot anjumanida bugungi kunda Kadastr agentligi davlat kadastrlari palatasi tomonidan joriy etilgan “Uzkad” dasturi orqali yuqoridagi 8 ta yer fondi toifalari bo‘yicha yer maydonlari, chizmasi va chegarasi (Gis xaritasi) axborot tizimiga kiritilib, davlat ro‘yxatidan o‘tkazilib kelinayotgani qayd etildi. Shu kunga qadar elektron tizim orqali 24 million gektar qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlar to‘liq hisobga olingan. Shundan 23 million gektari (93,6) davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi.

Shuningdek, matbuot anjumanida qayd etilishicha, ro‘yxatdan o‘tkazilgan yerlar respublikamizning jami yerining asosiy qismi bo‘lmish ыishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlar bo‘lib, 54 foizni tashkil etadi. Buning bo‘g‘inida kichik toifalar shakllangan bo‘lib, ular fermer xo‘jaliklari, klaster, MCHJ, korxona va tashkilotlar, yordamchi xo‘jaliklar, dehqon xo‘jaliklari, Ipakchilik va jun sanoatini rivojlantirish qo‘mitasiga qarashli yerlar va boshqa qishloq xo‘jaligi maqsadlarida foydalaniladiganlar jumlasiga kiradi.

Shahnoza Mamaturopova, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
O‘zbekistondagi jami hududning 9,7 foizi sug‘oriladigan yerlar hissasiga to‘g‘ri keladi