Avtomobil yo‘llari qo‘mitasida Saudiya Arabistonining “AL BAWAN” yirik qurilish kompaniyasi hamda “SAJCO” kompaniyasi mutasaddilaridan iborat delegatsiya a’zolari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvda O‘zbekiston bilan hamkorlik qilish istagida bo‘lgan xorijiy kompaniya vakillari o‘z faoliyat yo‘nalishi haqida ma’lumot berdi. 

Qayd etish lozimki, yo‘l qurilishi sohasida faoliyat olib boruvchi har ikkala kompaniya moliya, yo‘l qurilishini loyihalashtirish, asbob-uskunalar ishlab chiqarish, suv to‘g‘onlari, kasalxona va aeroport qurilishi kabi bir qancha yo‘nalishlar bo‘yicha xalqaro loyihalarni amalga oshirib kelmoqda. 

Xususan, Saudiya Arabistonining “AL BAWAN” yirik qurilish kompaniyasi o‘z faoliyatini 1991 yildan boshlagan. 250 dan ortiq katta loyihalarni amalga oshirgan, 10 mingdan ortiq ishchiga ega kompaniya hisoblanadi. 

Avtomobil yo‘llari qo‘mitasiga tashrifning asosiy maqsadi “Toshkent — Termiz” yo‘nalishidagi M39 avtomobil yo‘lining umumiy uzunligi 38 km bo‘lgan “Sirdaryo — Baxt” aylanma yo‘lini qurish bo‘yicha muzokaralar olib borishdan iborat bo‘lib, har ikki tomon ushbu loyihani amalga oshirish bo‘yicha o‘z taklif va fikrlarini o‘rtaga tashladi. 

Muloqot jarayonida ushbu loyihani amalga oshirish uchun mahalliy infratuzilmani o‘rganish hamda yo‘lning necha tasmali bo‘lishi va tezlik miqdorini belgilash muhim ekani ta’kidlandi. 

Saudiya Arabistonining “AL BAWAN” yirik qurilish kompaniyasi hamda “SAJCO” kompaniyasi mutasaddilari Sirdaryo viloyatiga jo‘nab ketdi. Sirdaryoga tashrif davomida “Toshkent — Termiz” yo‘nalishidagi M39 avtomobil yo‘lining umumiy uzunligi 38 km bo‘lgan “Sirdaryo — Baxt” aylanma yo‘lini qurish uchun mahalliy infratuzilma o‘rganildi. Mahalliy mutaxassislar tomonidan yo‘l infratuzilmasi bo‘yicha batafsil ma’lumot berildi. 

Muhayyo Toshqorayeva, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
O‘zbekistonda yirik xorijiy kompaniya bilan hamkorlikda “Sirdaryo —Baxt” aylanma yo‘li barpo etiladi