O‘zbekistonda xususiy korxonalar soni 48 mingdan oshdi
Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2025 yil 1 mart holatiga respublikada 48 256 ta xususiy korxona faoliyat yuritmoqda.
Hududlar bo‘yicha xususiy korxonalar soni:
Toshkent shahri – 6 739 ta;
Qashqadaryo – 5 931 ta;
Farg‘ona – 5 181 ta;
Surxondaryo – 4 443 ta;
Samarqand – 4 068 ta;
Xorazm – 3 859 ta;
Namangan – 3 001 ta;
Navoiy – 3 273 ta;
Toshkent viloyati – 3 205 ta;
Buxoro – 2 204 ta;
Jizzax – 1 978 ta;
Andijon – 1 793 ta;
Qoraqalpog‘iston R. – 1 700 ta;
Sirdaryo – 881 ta.
Eslatib o‘tamiz, yaqinda davlatimiz rahbari kichik va o‘rta biznes vakillari bilan uchrashuvida 2025 yilda kichik va o‘rta biznesning iqtisodiyotdagi ulushini 55 foizga ko‘tarish maqsad qilinganini ma’lum qildi. Shuningdek, bu yil kichik va o‘rta biznesga 120 trillion so‘m resurs berilishini ta’kidladi.
O‘zA