O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi, Davlat siyosati va boshqaruvi akademiyasi, Xanns Zaydel jamg‘armasi hamda Bavariya davlat boshqaruvi maktabi hamkorligi yo‘lga qo‘yilgan.

O‘zbekistonda ilk bora ushbu xorijiy hamkorlar bilan “Hokimlikka tayyorlash maktabi” qo‘shma ta’lim dasturi amalga oshirildi. 

Mazkur dastur, eng avvalo, zamonaviy sharoitlarda boshqaruv kadrlarining kasbiy bilim va saviyasiga qo‘yilayotgan talablarni hisobga olgan holda davlat va jamiyat boshqaruvi sohasidagi rahbar kadrlarning zaxirasini yaratishni maqsad qilgan.

Dasturga tuman (shahar) hokimlari lavozimiga zaxiraga olingan kadrlar orasidan 56 nafar nomzod (KPI ko‘rsatkichlariga muvofiq) tanlab olingan edi. Mazkur qo‘shma ta’lim dasturi nihoyasiga yetdi. 

Shu munosabat bilan Davlat siyosati va boshqaruvi akademiyasida dasturning barcha modullarida ishtirok etgan tinglovchilarga Sertifikat topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi. Unda mas’ul idoralar, hamkor tashkilotlar rahbariyati va vakillari, tinglovchilar ishtirok etdi. 

Dastur doirasida tinglovchilar 6 hafta davomida Akademiyada auditoriya mashg‘ulotlarida ishtirok etdi, 8 hafta o‘z ish joylarida mustaqil ta’lim oldi, 2 hafta vazirliklarda va 2 hafta hokimliklarda stajirovka o‘tadi. 

O‘quvlar yakunida tinglovchilar o‘z tuman (shahar)ini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish masalalari bo‘yicha loyiha ishini tayyorlab, komissiya oldida himoya qildi.

Ta’lim dasturini muvaffaqiyatli yakunlagan kadrlar hududlarni rivojlantirish, aholi farovonligini ta’minlashda yangi bilim, tajriba va kuch bilan faoliyat olib boradi. 

N.Abduraimova, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
O‘zbekistonda xorijiy hamkorlar bilan tashkil etilgan qo‘shma ta’lim dasturi yakunlandi