O‘zbekistonda un mahsulotlari yetarlimi? (+Video)
Ayni kunda ijtimoiy tarmoqlarda un mahsulotlarining narxi ko‘tarilib ketayotganligi haqida turli xabarlar joylanmoqda.
Un mahsulotlarini O‘zbekistonda ishlab chiqarish jarayonlari qanday, bug‘doy zahirasi qancha, aholining xavotirlanishiga arziydimi?

Shu kabi savollarga aniqlik kiritish maqsadida “O‘zdonmahsulot” aksionerlik kompaniyasi tomonidan “Toshkentdonmahsulotlari” AJ korxonasiga OAV ishtirokida press-tur tashkil etildi. Press-tur davomida jurnalistlar un ishlab chiqarish jarayoni va omborlardagi un zaxiralarini ko‘rishdi.

Shuningdek, jurnalistlar mutaxassislardan o‘zlarini qiziqtirgan savollarga ham batafsil javoblar oldilar.
<iframe width="1280" height="720" src="https://www.youtube.com/embed/n7oQqaIPAOE" title="YouTube video player" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture" allowfullscreen></iframe>Sh.Otaboyev, Yo.Meliboyev (video), O‘zA