O‘zbekistonda savdo sohasida korxonalar soni ortib bormoqda
O‘zbekiston iqtisodiyotida savdo va xizmat ko‘rsatish tarmoqlaridagi korxonalar soni yildan yilga ortib bormoqda.
Milliy statistika qo‘mitasi e’lon qilgan xisobotda 2026-yil 1-mart holatiga ko‘ra respublikada jami 576,8 mingta korxona va tashkilot ro‘yxatdan o‘tgan bo‘lib, ularning 156 ming 796 tasi savdo yo‘nalishida ish olib bormoqda.
Shu bilan birga, qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligi (127 071 ta korxona) hamda sanoat tarmog‘i (61 062 ta) ham iqtisodiyotning muhim ustunlari bo‘lib qolmoqda.
Qurilish va servis xizmatlari sohasida ham barqarorlik kuzatilmoqda — har ikki yo‘nalishda 31 mingdan ortiq korxona band. Transport va logistika, sog‘liqni saqlash hamda raqamli texnologiyalar (axborot va aloqa) sohalari ham zamonaviy iqtisodiyotning ajralmas qismi sifatida o‘z o‘rnini mustahkamlamoqda.
Hamroz Bayonov, O‘zA