So‘nggi yillarda mamlakatimizda qimmatli qog‘ozlar bozorini rivojlantirish bo‘yicha bir qator chora-tadbirlar amalga oshirilayotganiga qaramasdan, haligacha sohada ko‘plab muammolar saqlanib qolayotganiga guvoh bo‘lyapmiz.

Bu borada Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti dotsenti Samariddin Mahmudov bilan suhbatlashamiz. 

– O‘zbekistonda qimmatli qog‘ozlar bozori rivojlanishiga to‘sqinlik qilayotgan jiddiy muammo va bo‘shliqlar nimada deb o‘ylaysiz? Bu kabi muammolarga yechim bormi? 

– Darhaqiqat, bugungi kunda ilg‘or xorij tajribalari asosida kompaniyalarni moliyalashtirishda fond bozorlari orqali moliyalashtirish amaliyoti jadal rivojlanib bormoqda. Mamlakatimizda ham so‘nggi yillarda fond bozorini rivojlantirish bo‘yicha keng qamrovli ishlar olib borilmoqda. Lekin, shu bilan birga O‘zbekistonda qimmatli qog‘ozlar bozorini rivojlantirishga to‘siq bo‘layotgan bir qancha muammolar ham mavjud. 

Birinchidan, likvidlik instrumentlarning fond bozorida salmog‘i, ya’ni likvid qimmatli qog‘ozlarning ulushi kamligi. Ikkinchidan, mamlakatimizdagi aholining ko‘plab qismida moliyaviy savodxonlikning yetishmasligi. Uchinchidan, aksariyat fond bozorida ishtirok etuvchi aksiyadorlik jamiyatlarida kapitalning katta qismini davlat ulushi tashkil etishi. To‘rtinchidan, aholi jamg‘armalarining kamligi, ya’ni aholi daromadlarining iste’mol bilan cheklangani. Beshinchidan, makroiqtisodiy ko‘rsatkichlardagi o‘zgarishlar, xususan inflyatsiya darajasining o‘sishi. Oltinchidan, tijorat banklarida omonat va kredit stavkalarining balandligi, bu o‘z navbatida obligatsiyalar bozorining rivojlanishiga to‘sqinlik qilishidadir. 

Albatta, tijorat banklarida omonat va kredit stavkalarining balandligi boshqa makroiqtisodiy ko‘rsatkichlardagi dinamik tebranishlar natijasida vujudga keladi. 

– Mamlakatimizda qimmatli qog‘ozlar bozori savdo tizimlarining qanday turlari mavjud, qanday tasniflanadi? 

–Yurtimizda qimmatli qog‘ozlar bozori uyushgan va uyushmagan savdo tizimlaridan iborat. Uyushgan savdo tizimi tarkibiga “Toshkent” RFB, Respublika valyuta birjasining fond bo‘limi hamda “Elsis-savdo” elektron savdo tizimlari kiradi. Uyushmagan savdo tizimi tarkibidan notariuclar va investitsiya vositachilari tomonidan ro‘yxatga olinuvchi savdo bitimlari, markaziy depozitariy tomonidan ro‘yxatga olinuvchi savdo bitimlari hamda Emitentning ichki savdo bitimlari, kreditor bilan qimmatli qog‘ozlar paketi bo‘yicha savdo bitimlari o‘rin olgan. 

Qimmatli qog‘ozlar bozorini rivojlantirish bo‘yicha bir qancha me’yoriy-huquqiy asoslar ishlab chiqilgan va vazifalar qo‘yilgan. Jumladan, “Qimmatli qog‘ozlar bozori to‘g‘risida”gi, “Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi hamda “Birjalar va birja faoliyati to‘g‘risida”gi qonunlar shular jumlasidan. 

Shuningdek, Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasida fond bozori va qimmatli qog‘ozlar bozorini yanada rivojlantirish bo‘yicha keng qamrovli maqsadlar va vazifalar belgilab berilgan. Unga ko‘ra, iqtisodiyotda moliyaviy resurslarni ko‘paytirish maqsadida kelgusi 5 yilda fond bozori aylanmasini 200 million AQSH dollaridan 7 milliard AQSH dollariga yetkazish belgilangan. 

Shuningdek, mamlakatimizda kapital harakatini bosqichma-bosqich erkinlashtirish hamda yirik korxonalar va ulardagi ulushlarni (aksiyalarni), fond birjasi orqali xususiylashtirish, davlat ulushiga ega tijorat banklarida transformatsiya jarayonlarini yakunlab, 2026 yil yakuniga qadar bank aktivlarida xususiy sektor ulushini 60 foizgacha yetkazish belgilangan. 

Qolaversa, korporativ qimmatli qog‘ozlar bozorida likvidlikni oshirish, davlat ulushi mavjud korxonalarda xususiylashtirish jarayonlariga xorijiy investorlar va xalqaro moliya institutlarini jalb qilish, davlat qimmatli qog‘ozlari bozorini rivojlantirish, “Asakabank”ni xorijiy ekspertlarni jalb qilgan holda transformatsiya qilish va xususiylashtirish dasturini ishlab chiqish va tasdiqlash hamda “Xalq banki”, “Qishloq qurilish bank”, “Mikrokreditbank”, “Agro bank”, “O‘zmilliybank”ning aksiyalarini fond birjasi orqali ommaviy joylashtirish «yo‘l xarita»larini ishlab chiqish va tasdiqlash kabi bir qancha vazifalar belgilangan. Ushbu belgilangan vazifalarning bajarilishi qimmatli qog‘ozlar bozorining salmog‘ini va rivojlanish imkoniyatlarini oshiradi. 

<iframe width="650" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/0Ujs6kwdt6I" title="MUTAXASSIS FIKRI: O‘zbekistonda qimmatli qog‘ozlar bozoridagi jiddiy muammo va bo‘shliqlar" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" allowfullscreen></iframe>

Shahnoza Mamaturopova, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
O‘zbekistonda qimmatli qog‘ozlar bozoridagi jiddiy muammo va bo‘shliqlar nimalardan iborat? – Mutaxassis bilan suhbat (+video) 