AOKAda Soliq qo‘mitasi axborot xizmati rahbari Dildora Hoshimova ishtirokida brifing tashkil etildi.

Qayd etilishicha, noqonuniy ish o‘rinlari legallashtirilgani hisobiga daromad solig‘i to‘lovchilar 263,2 ming nafarga ko‘payib, 5,3 milliontaga yetdi. Shuningdek, ish haqining oshirilishi jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i bo‘yicha qo‘shimcha 1,9 trillion so‘m tushirish imkoniyatini berdi.    

O‘tgan yil davomida 90 mingga yaqin yuridik shaxs ro‘yxatga olinib, jami faoliyat yuritayotgan korxonalar soni 570,4 mingga va 97 mingdan ortiq fuqaro yakka tartibdagi tadbirkor cafiga qo‘shilib, jami faoliyat yuritayotgan YATTlar soni 240,7 ming nafarga yetdi.    

Soliq tushumlari bo‘yicha 2023 yil uchun 163,8 trillion so‘m yillik prognoz amalda 165,9 trillion so‘m (101,3%), ya’ni 2,1 trillion so‘m ortig‘i bilan bajarildi. 2023 yil yakuniga ko‘ra o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar soni 2,5 million nafarni tashkil etdi.  

Soliq xizmatining mahalla darajasiga tushib ishlash tizimining yo‘lga qo‘yilishi natijasida yer va mol-mulk soliqlaridan belgilangan prognozga nisbatan qo‘shimcha 2 trillion so‘m mablag‘ mahalliy byudjetlarga tushirildi. Soliq to‘lovchining shaxsiy kabineti, onlayn-nazorat kassa texnikalari, elektron hisobvaraq-faktura (EHF), Ye-ijara, Ye-imtiyoz, Avtokameral, “Soliq” mobil ilovasi kabi elektron tizim va xizmatlardan foydalanish soliq organlari hamda soliq to‘lovchilar o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarni yanada soddalashtirib, ortiqcha ovoragarchiliklarning oldini olishga xizmat qilmoqda.    

Bugungi kunda jismoniy shaxslar soliq majburiyatlarini uydan chiqmagan holda, internet tarmog‘i orqali maxsus platformalar yoki tobora ommalashib borayotgan “Soliq” mobil ilovasi orqali masofadan turib bajarishlari, soliq sohasiga oid o‘zlariga kerakli ma’lumotlarni olishlari mumkin. O‘tgan 2023 yilda “Soliq” mobil ilovasida qariyb 3 million foydalanuvchi ro‘yxatdan o‘tib, ularning jami soni 5,4 million tadan oshdi.  

Raqamli transformatsiya tufayli soliqlarni to‘lash jarayoni shaffoflashib, barcha uchun oson va qulay bo‘lib bormoqda. Buni o‘tgan 2023 yilda respublika bo‘yicha yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan soliqlarni ixtiyoriy to‘lash darajasi 97 foizni tashkil etgani ham isbotlab turibdi.    

Soliq ma’murchiligini takomillashtirish borasida yuqoridagi kabi sanab o‘tilgan omillar o‘z navbatida davlat byudjetiga undiriladigan tushumlar sezilarli oshishiga xizmat qildi.  

Respublikamizning barcha hududlarida belgilangan yillik prognoz ko‘rsatkichlari to‘liq bajarildi va ularning qo‘shimcha tushumlari 3,4 trillion so‘mdan oshdi. Shuningdek, tadbirkorlik sub’ektlariga nisbatan 1,3 trillion so‘m moliyaviy jarimalar qo‘llanilishining oldi olindi.  

Qo‘shilgan qiymat solig‘i stavkasining 15 foizdan 12 foizgacha pasaytirilishi tadbirkorlik sub’ektlari va iste’molchilar ixtiyorida 9 trillion so‘m mablag‘ qolishiga imkon berdi. Ma’murchilikning to‘g‘ri yo‘lga qo‘yilishi natijasida stavka tushirilishiga qaramasdan mazkur soliq turi bo‘yicha byudjetga 34 trillion so‘m mablag‘ to‘lanib, tushumlar o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 1,2 trillion so‘mga yoki 4 foiz o‘sdi.    

Yoshlar va biznesni qo‘llab-quvvatlash yilida tadbirkorlikni rivojlantirish, ularga ko‘maklashish ustuvor vazifa bo‘ladi.  

Sohani raqamlashtirishni izchil davom ettirish, jumladan, tovar-transport yuk xatlarini elektron rasmiylashtirish, soliqlarni hisoblash, majburiy undirishga qaratish, xizmatlar ko‘rsatishni avtomatlashtirish darajasini kamida 75 foizga yetkazish kabi vazifalar belgilangan. Tadbirkorlar tomonidan “Soliq” mobil ilovasida soliq xodimlari faoliyatini baholash tizimini ishga tushirish rejalashtirilgan.  

Soliq ma’murchiligining strukturasi va dinamikasini ko‘rish, ularning ijobiy va salbiy tendensiyalarini kuzatib borish imkonini beruvchi fiskal tahlil ma’lumotlari sonini ko‘paytirish va bu bilan jamoatchilik oldida hisobdorlikni oshirish belgilangan.  

Shahnoza Mamaturopova, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
O‘zbekistonda o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar soni 2,5 million nafarni tashkil etdi