Ayni kunlarda ijtimoiy tarmoqlarda o‘zboshimchalik bilan egallab olingan yerlarni qonuniylashtirishga ruxsat berilgani haqida xabarlar tarqaldi.

Bunga aniqlik kiritish maqsadida Kadastr agentligiga murojaat qildik.

Kadastr agentligi matbuot xizmati rahbari Ne’mat Otamurodov so‘nggi vaqtlarda ijtimoiy tarmoqlarda uy-joylar uchun kadastr hujjatlarini tayyorlashda aksiya bo‘lishi kutilayotgani to‘g‘risida tarqalgan xabarlarga izoh berdi.

Otamurodovning aytishicha, bu mavzudagi xabarlar ham juda ommalashib boryapti. Bu xabarlarga biroz tuzatish kiritish kerak. Sababi, xabarlarda kadastr hujjatlarini tayyorlash jarayoni aksiya deb nomlanyapti.  

– Aslida aksiya emas, – deydi N.Otamurodov. – Qolaversa, har xil ijtimoiy tarmoqlarda «O‘zboshimchalik bilan egallangan yer uchastkalari hamda ularda qurilgan bino va inshootlarga bo‘lgan huquqlarni e’tirof etish to‘g‘risida»gi qonun qabul qilingani to‘g‘risida yolg‘on xabarlar tarqalmoqda.

Ushbu qonun qabul qilingani yo‘q. Agar qabul qilinsa, birinchi navbatda, rasmiy saytlarda va ommaviy axborot vositalarida e’lon qilinadi. Har qanday yolg‘on axborotni tarqatganlik uchun qonuniy javobgarlik bor.

Sh.Mamaturopova, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
O‘zbekistonda o‘zboshimchalik bilan egallab olingan yerlarni qonuniylashtirishga ruxsat berildimi?