O‘zbekistonda oltin quymalari narxi jahon bozoridagi kotirovkalarning keskin pasayishi ortidan arzonlashdi. Bu haqda Markaziy bank ma’lum qildi.

Markaziy bankning 22 oktyabr kuni e’lon qilgan ma’lumotiga ko‘ra, 1 gramm oltin narxi 1 million 666 ming 523 so‘mni tashkil etmoqda. Bu bir kun ichida 73 ming so‘mdan ziyod pasayishni anglatadi.

Shu bilan birga, 5 grammli oltin quymasi narxi 8,32 million so‘mgacha tushib, bir kunda taxminan 367 ming so‘mga arzonlashdi.

Ma’lumot o‘rnida aytish joiz, 21 oktyabr kuni Nyu-York tovar birjasida (SOMEX) oltinning bir troya unsiyasi narxi 4 ming dollargacha pasaydi — bu 2020 yildan buyon kuzatilgan eng katta bir kunlik pasayish bo‘ldi. Bir kun oldin unsiya narxi 4,38 ming dollarga yetgan edi.

22 oktyabr soat 10:00 holatiga ko‘ra, SOMEX birjasida bir troya unsiyasi 4,16 ming dollar, ya’ni 1 gramm oltin 133,76 dollardan baholanmoqda.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Markaziy banki 2020 yildan buyon oltin quymalarini aholiga sotishni amalga oshirib kelmoqda. Quymalar 999,9 probali sof oltindan tayyorlanib, 5, 10, 20, 50 va 100 grammlik formatlarda sotuvga chiqariladi.

Sh.Mamaturopova,

O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
O‘zbekistonda oltin quymalari narxi pasaydi