O‘zbekistonda nechta ayol sudya bor?
bugungi kunda sud tizimida jami 165 nafar ayol sudya faoliyat ko‘rsatib kelmoqda. Ularning 83 nafari besh yil, 73 nafari o‘n yil muddatga, 9 nafari muddatsiz davrga tayinlangan sudyalardir.
Bu tizimdagi rahbar ayollar 37 nafar, ayol sudyalarning 3 nafari yuridik fanlari nomzodi hisoblanadi. Umumiy olganda O‘zbekistondagi sudyalarning 13 foizini ayollar tashkil etadi. Bu haqida “Sudyalar klubi – Ayol sudyalar hamjamiyatining maqsad va vazifalari” mavzudagi konferensiya shaklida o‘tgan tadbirda ma’lum qilindi.

Ushbu tadbir Sudyalar oliy kengashi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi, AQSH Xalqaro taraqqiyot agentligi (USAID) hamda BMT Taraqqiyot dasturining “O‘zbekistonda qonun ustuvorligi yo‘lida hamkorlik” qo‘shma loyihasi bilan hamkorlikda tashkil etilgan bo‘lib, unda sud-huquq tizimida gender tengligi, ayol-sudyalar hamjamiyatining asosiy konsepsiyasiga oid masalalar ko‘rildi.