Vatanimiz tarixidagi 1 oktyabr sanasi bilan bog‘liq ayrim voqealar bayoni.

1 oktyabr – O‘qituvchi va murabbiylar kuni. Boshqa kasb kunlaridan farqli o‘laroq ushbu kun umumxalq bayrami (dam olish) kuni hisoblanadi. Bu kunni belgilash to‘g‘risidagi qonun 1996 yil 27 dekabrda qabul qilingan. 1994–1996 yillarda o‘qituvchi va murabbiylar oktyabr oyining birinchi yakshanbasini Xalq ta’limi xodimlari kuni sifatida nishonlagan bo‘lsalar, 1997 yildan boshlab 1 oktyabrni bayram qilib kelmoqdalar.

1864 yil (bundan 161 yil oldin) – tarixchi olim Hamid Ziyoyevning qayd etishicha, Mixail Chernyayev boshchiligidagi Rossiya imperiyasi qo‘shinlari Toshkent shahrining sharqiy tomonidagi Darvishak qopqa degan joyga yetib keldi. Rus harbiylari bu yerda Anhor suvidan o‘tib, Oqqo‘rg‘on orqali shaharga yaqinlashib, Qo‘qon yo‘liga joylashdilar. Bu paytda Toshkent shahri to‘rtta katta dahaga bo‘lingan bo‘lib, 25 chaqirim qalin devor bilan o‘rab olingan edi. 

Dushman kelayotganidan xabardor bo‘lgan shahar aholisi devor ustida jangga tayyor turgan. Ko‘shfarmonchi qipchoq boshchiligidagi askarlar Shayxontahur dahasining sharqiy qismidagi Qo‘qon darvozasi, Mirza Ahmad qushbegi sarbozlari Qashqar darvozasi himoyasiga otlanganlar. To‘pchilar esa bu ikki darvoza orasidagi devor ustiga o‘rnashdilar.

1875 yil (bundan 150 yil oldin) – tarixchi olim Haydarbek Bobobekovning ma’lumot berishicha, general-mayor Troitskiy qo‘mondonligidagi Rossiya imperiyasi ko‘shinlari Andijonga yetib keldilar va jang bilan uni egalladilar. Jang soat 7 da boshlanadi. 9 dan 30 daqiqa o‘tganda rus do‘shinlari shahar markazida joylashgan O‘rdani egallaydilar. O‘rda zabt etilgandan so‘ng shaharliklar unga hujum qilishadi. Ammo barcha hujum qaytariladi. Kunduz soat 2 da rus qo‘shinlari orkaga chekinib shahardan chiqib ketishadi. Soat 4 da Troitskiy shahardagi yong‘in o‘chirilmasligi uchun Skobelevga shaharga to‘plar bilan otishga buyruq beradi. To‘plar bilan otish 2 soat davom etadi.

1918 yil (bundan 107 yil oldin) – Xiva xoni Asfandiyorxon Nurullaboy saroyining mehmonxonasida foiali halok bo‘ldi. Hokimiyatni Jo‘naidxon o‘z qo‘liga oldi. 

1931 yil (bundan 94 yil oldin) – Qashqadaryo viloyatidagi Qarshi tumani tashkil etildi. 

1938 yil (bundan 87 yil oldin) – agrokimyogar, tuproqshunos olim, O‘zbekiston Fanlar akademiyasi akademigi Jo‘raqul Sattorov tavallud topdi. U sulfat tuzlari bilan sho‘rlangan yerlarni kuz-qish oylarida yuvishning ilmiy asosini yaratdi, g‘o‘za va uning naviga qarab o‘g‘it berish sistemasini ishlab chiqdi, nav agrokimyosiga asos soldi.

1957 yil (bundan 68 yil oldin) – O‘zbekiston SSR Oliy Soveti “O‘zbekiston SSRda majburiy yetti yillik ta’limni to‘liq amalga oshirish to‘g‘risida”gi qonunni qabul qildi. Yangi qonunga ko‘ra umumta’lim maktabi hamma uchun majburiy bo‘ldi. Biroq bu bilan respublika maktablarida mavjud bo‘lgan kamchiliklar barham topmadi. Aksincha, maktab haqiqiy hayotdan ajralib qoldi, o‘quvchilarga berilayotgan bilimlar fan-texnika taraqqiyoti darajasiga to‘g‘ri kelmasdi. 

1961 yil (bundan 64 yil oldin) – 26 yoshli Ahmadali Asqarov (bo‘lajak akademik) yakshanbadagi dam olish kunini Buxoro viloyati Qoraqo‘l tumanidagi Zamonbobo ko‘li atrofida o‘tkazish maqsadida Darboza qirdan ko‘lga keladi va undan 500 metrlar chamasi sharqda Gurdush daryosi irmog‘ining o‘ng sohilida favqulodda qadimiy makonga duch keladi.

Bu joy qir ostidagi keng maydon bo‘lib, uni 4 metrlar chamasi qalinlikdagi ko‘chma qum bosib qolgan edi. Maydonning sohilga yaqin bir qismida ko‘chma qum uchib, taqir yuzasi ochilib qolibdi. Ochilgan taqir yuzasida yumron qoziq qazib chiqargan tuproq uyumi orasidan bitta sopol parchasi va olovga tushib chiqqan tosh pichoq topildi. Bu uzoq yillar davomida topilmay yurgan Zamonbobo makonidan belgi edi. 

Shundan so‘ng darhol makonda arxeologik qazish ishlari boshlannb ketdi. 1961–1964 yillarda o‘tkazilgan arxeologik qazishmalar vaqtida Zamonbobo makonidan taqirni bir metrgacha o‘yib ishlangan, kattaligi 170 metr kvadrat bo‘lgan yerto‘la tipidagi bir kulba xarobasi, ikkita chayla qoldiqlari, kulolchilik xumdoni xarobasi ochildi. Ular qalin tuproq va ko‘chma qum ostida qolib ketgan edi.

1992 yil (bundan 33 yil oldin) – O‘zbekiston Respublikasi bilan Tojikiston Respublikasi o‘rtasida diplomatik munosabatlar o‘rnatildi.

1997 yil (bundan 28 yil oldin) – O‘zbekistonda “O‘qituvchilar va murabbiylar kuni” birinchi marta nishonlandi. Shu yildan boshlab har yili 1 oktyabrda ushbu kun umumxalq bayrami sifatida nishonlanadi.

2014 yil (bundan 11 yil oldin) – Qurbon hayiti kuni Toshkentdagi Minor masjidi ochildi. Masjid binosi an’anaviy sharq me’morchiligi uslubida qurilgan. Uning ikki minorasi va osmon rang gumbazi bor. Masjid 2400 dan ortiq namozxonga mo‘ljallangan.

2017 yil (bundan 8 yil oldin) – Turkiston saroyida Toshkent yeparxiyasining 145 yilligi munosabati bilan tadbir bo‘lib o‘tdi. Tadbirda davlat va jamoat tashkilotlari, diplomatik korpus vakillari, xorijlik mehmonlar ishtirok etdi.

Alisher EGAMBERDIEV tayyorladi

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
O‘zbekistonda nav agrokimyosiga asos solgan olimni bilasizmi?