Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlari (MHXS)ning tatbiq etilishi hisobning yagona usullarini qo‘llash orqali kompaniyalarni ichki boshqaruv tizimini takomillashtirish, manfaatdor tomonlarga korxonaning moliyaviy holati to‘g‘risida ma’lumot berish va kompaniyaning raqobatbardoshligini oshirish imkonini beradi.

Kompaniyalarning xalqaro bozorlarga chiqishi, shuningdek, salohiyatli investorlarni jalb qilishda MHXSga muvofiq moliyaviy hisobot tayyorlash muhim ahamiyat kasb etadi va u hayotiy zaruratga aylanib bormoqda.

MHXSni qabul qilish va unga muvofiq hisobot taqdim etish global bozorda yagona moliyaviy axborot almashish muhitini yaratadi. Bu jarayon o‘z navbatida, axborot shaffofligi, hisobdorlik va iqtisodiy samaradorlikning oshishiga xizmat qiladi. Shuningdek, MHXS qo‘llanishi bozor likvidligi yaxshilanishi, kapital bozorlarining rivojlanishi, qimmatli qog‘ozlar bozorlarida savdolar ko‘lamining kengayishi, xorijiy investitsiyalarning milliy bozorga kirib kelishi va investorlarni himoya qilishning takomillashishiga olib keladi. Shuni ta’kidlab o‘tish joizki, ushbu ijobiy natijalarga erishish uchun MHXSni milliy bozorda samarali tatbiq etish chora-tadbirlarni amalga oshirish lozim bo‘ladi.

MHXSni tatbiq etish bo‘yicha Yevropa davlatlarining tajribasini o‘rganish va ushbu jarayondagi muammolar va istiqbollarni adolatli baholash O‘zbekistondagi kompaniyalarning MHXSga muvofiq buxgalteriya hisobini yuritish va moliyaviy hisobot tuzish jarayoniga o‘tish davrida katta imkoniyat hisoblanadi.

MHXSga o‘tishda dastlabki qadamlar

MHXSga o‘tish bo‘yicha islohotlarning boshlanishiga O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2010 yil 26 noyabrdagi “2011-2015 yillarda respublika moliya-bank tizimini yanada isloh qilish va barqarorligini oshirish hamda yuqori xalqaro reyting ko‘rsatkichlariga erishishning ustuvor yo‘nalishlari to‘g‘risida”gi qarorining qabul qilinishi katta turtki bo‘ldi. Mazkur qaror bilan banklar tomonidan MHXS asosida hisobotlar tayyorlashga o‘tish va xalqaro kredit reytinglarini olishi bo‘yicha ustuvor yo‘nalishlar belgilab berildi.

Respublikamizda ilk bor 2013 yilda O‘zbekiston buxgalterlari va auditorlari milliy assotsiatsiyasi (O‘zBAMA) tegishli davlat organlari va xalqaro moliya institutlari bilan hamkorlikda MHXS standartlarini o‘zbek tiliga tarjima qildi. O‘zbekiston auditorlar palatasi, Moliya vazirligi, Markaziy bank va yirik auditorlik tashkilotlari “Ko‘rib chiqish komissiyasi” a’zolari sifatida tarjima jarayonida qatnashdi. 2013 yildagi MHXS xujjatlari tarjimasi yakunlangan bo‘lsa-da, keyinchalik ular MHXS fondi tomonidan kiritilgan doimiy o‘zgarishlar bo‘yicha yangilab borilmadi. Bunga asosiy sabab sifatida ularga talab va ehtiyojning pastligi hamda MHXS hujjatlarining qonun hujjatlari bilan tan olinmaganligini ko‘rsatish mumkin.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2015 yil 24 apreldagi “Aksiyadorlik jamiyatlarida zamonaviy korporativ boshqaruv uslublarini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoniga asosan 2015-2018 yillarda barcha aksiyadorlik jamiyatlari yillik moliyaviy hisobotni nashr etishi va audit hamda moliyaviy hisobotning xalqaro standartlariga muvofiq tashqi auditni o‘tkazishi belgilangan edi. Shu o‘rinda ta’kidlash joizki, o‘sha davrda mamlakatimizda faoliyat olib borayotgan hisobchi, soliq va moliya mutaxassislarining ko‘pchilik qismi MHXS bo‘yicha yetarli bilimga ega emas edi. Buning ustiga MHXS xujjatlari o‘zbek tilida qo‘llash uchun doimiy yangilangan versiyasi taqdim etilmadi. Natijada, ko‘pchilik kompaniyalar MHXS asosida moliyaviy hisobotni tayyorlash uchun auditorlar va boshqa tashqi ekspertlarni yollashga majbur bo‘ldi. Buning oqibatida o‘tgan 2015-2018 yillarda mamlakatimizda MHXSlarni amaliy qo‘llash tajribasi paydo bo‘lmadi.

MHXSga o‘tishning yangi bosqichi

Prezidentimizning 2020 yil 24 fevraldagi “Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlariga o‘tish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori MHXSga o‘tishning yangi bosqichini boshlab berdi. Mazkur qaror bilan 2021 yildan boshlab MHXSga o‘tishi kerak bo‘lgan tashkilotlar ro‘yxati tasdiqlandi va shu ro‘yxatda belgilangan tashkilotlarning buxgalteriya xizmati bo‘limida MHXS ko‘nikmasiga ega bo‘lgan kamida uchta sertifikatlangan mutaxassis bo‘lishi lozimligi ko‘rsatib o‘tildi.

Ushbu qarorning ahamiyatli jihatlaridan biri shuki, bu MHXS hujjatlarini O‘zbekiston Respublikasida tan olinish masalasini hal qilib berdi. MHXS hujjatlarining tan olinishi va uni qo‘llaydigan kompaniyalarning belgilab berilishi, ushbu kompaniya hisobchi va moliya mutaxassislaridan o‘z malakasi ustida doimiy ishlashi va mas’uliyatni jiddiy his etishini talab etadi.

MHXSga o‘tish bo‘yicha ijobiy jihatlar va qiyinchiliklar

Shuni unutmaslik kerakki, moliyaviy hisobotning xalqaro standartlariga o‘tishda qiyinchiliklar bo‘lishi tabiiy holat. Eng muhimi, ushbu qiyinchiliklar ortidan erishiladigan foydali jihatlarni tasavvur qilish muhim sanaladi.

MHXSga o‘tishning so‘nggi 15 yilida Yevropa, qolaversa, jahon tajribasiga asoslanib, quyidagi ijobiy jihatlarni kuzatish mumkin:

Birinchidan, axborot shaffofligini oshirish – shaffoflik xususiyati sifatli moliyaviy axborot va xalqaro darajada qiyoslanuvchanlikni ta’minlaydi. Buning natijasida investorlar va boshqa bozor qatnashchilari asoslangan iqtisodiy qarorlar qabul qilish imkoniyatiga ega bo‘ladi.

Ikkinchidan, hisobdorlik oshishi – bu xususiyat investorlar va kompaniya boshqaruvchilari o‘rtasidagi moliyaviy axborot yetishmovchiligini kamaytiradi. Natijada investorlar o‘z sarmoyalarining samarali boshqaruvi bo‘yicha to‘laqonli axborotga ega bo‘ladi.

Uchinchidan, iqtisodiy samaradorlik oshishi – yagona moliyaviy tildagi hisobotlarni tahlil qilish asosida, investorlar kapitalni xalqaro miqyosda yo‘naltirish va risklarni kamaytirish imkoniyatlariga ega bo‘ladi.

To‘rtinchidan, bozor likvidligi yaxshilanishi va kapital sarfining pasayishi – moliyaviy axborotlarning batafsil yoritilishi va xalqaro darajada qiyoslanuvchanlik bozor likvidligini oshiradi va kompaniyalar uchun milliy va xorijiy kapital jalb etish sarflarini kamaytiradi.

Beshinchidan, kapital bozorlarining rivojlanishi va qimmatli qog‘ozlar bozorlarida savdolar ko‘lamining kengayishi – bo‘sh kapital mablag‘laridan samarali foydalanish va iqtisodiyotning turli sohalari zarur kapital bilan ta’minlanishi, kapital bozorlarining rivojlanishida muhim ahamiyat kasb etadi. Qolaversa, qimmatli qog‘ozlar bozorining muayyan mamlakat ichida shakllanishi va savdolar ko‘payishi iqtisodiy rivojlanishning jadallashtirish omili hisoblanadi. Bunda MHXS asosidagi hisobot ma’lumotlari kapital bozor ishtirokchilari uchun asosiy va ishonchli axborot manbasi bo‘lib xizmat qiladi.

Oltinchidan, xorijiy investitsiyalarning milliy bozorga kirib kelishi va investorlarni himoya qilishning takomillashishi – milliy iqtisodiyotning rivojlanishi va raqobatbardoshligi, avvalambor, xorijiy investitsiyalarni jalb etish zaruriyatini yuzaga keltiradi. Buning uchun milliy bozorda xorijiy investorlarga ijobiy investitsiya muhiti yaratilishi hamda investorlar huquqlari himoyalangan bo‘lishi lozim. MHXSning kapital bozor qatnashchilari tomonidan qabul qilinishi va unga muvofiq tuzilgan moliyaviy hisobotlar ochiq e’lon qilinishi ushbu jarayonlarni tezroq amalga oshirish imkoniyatini beradi.

Yettinchidan, moliyaviy tahlilchilar prognozlaridagi aniqlik – moliyaviy axborotning sifati va qiyosiyligini ta’minlaydigan muhit moliyaviy tahlilchilar faoliyatiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi va prognozlash tahlillari sifatini oshiradi. Ushbu tahlillar kapitalning samarali boshqaruvi va kelgusida kapital jalb etilishi yoki taqsimlanishi bo‘yicha to‘g‘ri iqtisodiy qarorlar qabul qilinishiga xizmat qiladi.

MHXSga o‘tish natijasida erishiladigan amaliy afzalliklar

MHXSga o‘tish natijasida erishiladigan amaliy afzalliklar quyidagilardan iborat:

– Aktivlarni baholashning bozor mexanizmlari – amalda aktivlar va majburiyatlarning dastlabki qiymati va uning joriy bozor qiymatidan foydalanish investor uchun ham tashkilotning o‘zi uchun ham samarali qarorlar qabul qilishga yordam beradi;

– moliyaviy instrumentlarni qo‘llash qulayligi – MHXS hujjatlari zamonaviy biznes yo‘nalishlari va operatsiyalarni aks ettirish usullarini yetarli darajada tez-tez qayta ko‘rib chiqilishi mamlakatda moliyaviy instrumentlardan foydalanish imkoniyatlarini oshiradi;

– Aktivlar qadrsizlanishini o‘z vaqtida aks ettirish – amaldagi hisob standartlari aktivlar qadrsizlanishi riski bo‘yicha choralar ko‘rishni talab etmaydi. Natijada yirik kompaniyalarda aktivlar summasining oshirib ko‘rsatilish riskini yuzaga keltiradi. MHXS standartlari bunday risklarning oldi olinishi uchun zaruriy talablarni qo‘yadi;

–Shartli aktiv va baholangan majburiyatlar bo‘yicha aniq ko‘rsatmalar – foydalanuvchilar to‘g‘ri qaror qabul qilishlari uchun nafaqat hujjatlarga asoslangan operatsiyalar to‘g‘risidagi axborot, balki kelajakda sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan hodisalar oqibatini joriy hisobotlarda aks ettirish ham muhim ahamiyat kasb etadi;

– Konsolidatsiyalashgan moliyaviy hisobotlar tuzish – ko‘pchilik yirik kompaniyalar o‘zining tarkibiga kiruvchi korxonalarni hisobga olgan holda jamlama hisobotlarni tuzmoqda, lekin ularni tuzishda zamonaviy konsolidatsiyalash mexanizmlarini hisobga olmasligi, ushbu kompaniyalar guruhining haqiqiy ahvoli ko‘rinmay qolishiga sabab bo‘lmoqda. MHXS bo‘yicha konsolidatsiyalashgan hisobot moliyaviy hisobotning alohida maxsus tarkibiy qismi hisoblanadi va unga nisbatan maxsus talablar mavjud.

Muxtasar aytganda, MHXSga o‘tish va MHXSni belgilangan tashkilotlar tomonidan muvaffaqiyatli tatbiq etish nafaqat kompaniya istiqbolini ta’minlaydi, balki butun iqtisodiyot tarmoqlari rivojlanishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Buni amalga oshirish uchun oldimizda turgan vazifalar va qiyinchiliklarni samarali va belgilangan muddatlarda hal etilishi lozim.

Hamid IRGASHEV,ACA, ACCA, Buyuk Britaniyadagi Hult xalqaro 

 biznes maktabi dotsenti, Toshkent davlat iqtisodiyot

 universiteti xorijiy maslahatchisi va eksperti,

Ibrohim AXMADXONOV,Moliya vazirligi buxgalteriya 

hisobi va audit uslubiyoti departamenti

 direktor o‘rinbosari. O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
O‘zbekistonda moliyaviy hisobotning xalqaro standartlariga o‘tishi: yangicha yondashuv va imkoniyatlar