Malakali kadrlarning salohiyati jamiyat taraqqiyotining tayanchi hisoblanadi. Kadrlarni boshqarish va inson resurslarini rivojlantirishning innovatsion usullarini joriy etish, ularni davlat fuqarolik xizmatiga tanlov asosida qabul qilishni tashkillashtirish, qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlar amalga oshirishda Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi muhim vazifalarni bajaradi.

So‘nggi yillarda yurtimizda bilimli, iste’dodli va har tomonlama yetuk yoshlarni shakllantirish, munosib o‘rinlarda  faoliyatini tashkil etish borasida qanday ishlar amalga oshirildi? Umuman, malakali kadr tushunchasi qanday asoslarga tayanib aytiladi? Shu kabi savollar yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi Toshkent shahar filiali mas’ul xodimi Maryam Abdukarimova bilan suhbatlashdik.

– O‘zbekiston Respublikasining “Davlat fuqarolik xizmati to‘g‘risida”gi qonunining 8-moddasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi davlat fuqarolik xizmati sohasidagi maxsus vakolatli davlat organi sifatida belgilab qo‘yilgan, – deydi Maryam Abdukarimova. – Shuningdek, qonunning 25-moddasida Milliy kadrlar zaxirasi davlat fuqarolik xizmatchilarining rahbarlik lavozimlarini malakali kadrlar bilan to‘ldirish maqsadida davlat fuqarolik xizmatchilarini markazlashtirilgan holda saralab olish, tayyorlash, qayta tayyorlash va uzluksiz malakasini oshirish tizimini yaratish qayd etilgan.

Bugungi kunda Davlat xizmatini rivojlantirish va uning hududiy filiallari tomonidan mahalliy ijroiya hokimiyati organlari (hokimliklar) tegishli vazirlik va idoralar, ularning hududiy boshqarmalari bilan kelishilgan holda kadrlar milliy zaxirasi shakllantirilmoqda. 

Davlatimiz rahbari bir necha bor davlat idoralarida “Mahalladan – respublikagacha” tamoyili asosida kadrlarni o‘stirish tizimi joriy qilinishini ta’kidlaganlar. Aynan mahalla fuqarolar yig‘inlarida faoliyat olib borayotgan hokim yordamchilari, xotin-qizlar faollari hamda yoshlar yetakchilari orasidan yuqori natijalarga erishgan 1000 nafarini salohiyatli kadrlar zaxirasiga kiritish to‘g‘risida ko‘rsatma berganlar. Shunga asosan bugun har bir hududda Salohiyatli kadrlar zaxirasi shakllantirilmoqda. Bu raqam Toshkent shahri misolida olsak, 60 nafardan ortiqni tashkil etadi. 

– Salohiyatli kadrlar zaxirasi qanday shakllanadi?

– Salohiyatli kadrlar zaxirasi mahalla fuqarolar yig‘inlarida faoliyat olib borayotgan eng munosib nomzodlardan, hokim yordamchilari, yoshlar yetakchilari hamda xotin-qizlar faollaridan Sektor rahbarlarining xulosasi asosida shakllanadi. Bunda nomzodlar ish faoliyatida erishgan yutuqlari, hudud aholisi o‘rtasida yetarlicha obro‘-e’tiborga ega ekanligi, mahalla aholisidan kelib tushgan murojaatlarni qay darajada hal etganligi kabi mezonlar orqali tanlab olinadi. Sektor rahbarining xulosalari o‘rganib chiqiladi.

Nomzodlar belgilangan tartibda test va suhbat bosqichlaridan o‘tadi. Maqsad, zaxiraga olinayotgan har bir nomzod davlat tili, AKT, mantiq, iqtisodiyot, siyosiy-huquqiy savodxonlik darajasini aniqlashdan iborat. Suhbat hududiy suhbat komissiyasi a’zolari ishtirokida har bir nomzod bilan individual tarzda tashkil etiladi. Unda nomzodning bilim saviyasi, odamlar bilan ishlashi, kommunikativlik qobiliyati, ish jarayonlarini boshqarishi, faoliyatini qay tarzda rejalashtirishi hamda rahbarlik qobiliyati aniqlanadi. 

Yuqorida keltirgan qonunning 12-moddasida davlat xizmatchisi o‘zining kasbiy kompetensiyasini muntazam ravishda oshirib borishi nazarda tutilgan. Zaxiraga olingan nomzodlar ham o‘zining kasbiy kompetensiyasini doimiy ravishda oshirib borishlari uchun har o‘zining 6 oyga mo‘ljallangan “Shaxsiy rivojlanish rejasi”ni ishlab chiqadi. Maqsad – ma’naviy, ijtimoiy intellekti, yetakchilik darajasi, tashkilotchilik faoliyati, boshqaruv usullari va vositalarini qo‘llash bo‘yicha ko‘nikmalarni yanada rivojlantirishdan iborat. Jumladan, masofaviy malaka oshirishi, amaliyot (stajirovka) o‘tashi, Davlat boshqaruvi akademiyasida bir haftalik malaka oshirish va o‘zi tanlagan kurslarda ishtirok etishi, dublyorlik (tegishli vazirlik va idoralarning hududiy boshqarmalarida), ilmiy-ijodiy faoliyat bilan shug‘ullanishi (ixtiyoriy) lozim. Shuningdek, OAVlarda maqolalar chop qilishi, konferensiyalarda ma’ruza qilishi, treninglarda ishtirok etishi, faoliyati doirasida turli tadbirlar tashkil etishi hamda kitob mutolaasi, asosan liderlik va menejmentga oid kitoblar mutolaa qilishi, shuningdek, faoliyati doirasidagi boshqa ishlari muhim sanaladi.

Shaxsiy rivojlanish rejasini ishlab chiqishda har bir reja bo‘yicha muddatlar belgilanib, doimiy monitoring qilib boriladi. Bu orqali zaxiraga olingan nomzodlarning bilim va kasbiy kompetensiyasi oshishiga erishiladi.

Shuningdek, “Rahbar ayollar” maktabi doirasida ham zaxira shakllantiriladi. Agentlik Davlat boshqaruvi akademiyasi bilan hamkorlikda turli idoralarda faoliyat olib borayotgan eng iqtidorli xotin-qizlar orasidan rahbarlik lavozimlariga tayyorlab borish maqsadida 2 oylik o‘quvlar tashkil etadi. Bunda eng tajribali professor o‘qituvchilar, vazirlik va idoralarning rahbarlari, yuqori malakali mutaxassislar tomonidan tashkil etiladigan treninglar, ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar orqali malaka oshiriladi. Tinglovchilar islohotlarni jadallashtirishga qaratilgan mavzularda, asosan menejment, zamonaviy rahbar qiyofasi, zamonaviy boshqaruv va xorijiy tajriba asosida o‘qitiladi. Mazkur o‘quvni muvaffaqiyatli tamomlaganlar tanlab olinib, xorijiy stajirovka tashkil etiladi.

– Malakali kadr salohiyati nima asosida baholanadi?

– Malakali kadrlar salohiyatini baholash bir qator mezonlarga asoslanadi, jumladan, kasbiy ko‘nikma va bilim, ish tajribasi, ta’lim, muloqot qobiliyatlari, erishgan yutuqlari, til bilish darajasi, xorijda ta’lim olganligi, xalqaro sertifikatlarga egaligi, ilmiy unvon va darajasi, shuningdek, mehnat faoliyatida erishgan yutuqlari ham asos bo‘ladi. 

Bundan tashqari, hozir ko‘pgina vazirlik va idoralarda, hatto aksiyadorlik jamiyatlarida, qo‘shma korxonalarda ham kadrlarni faoliyat samaradorligini baholashda KPI (Key Performance Indicators) eng muhim samaradorlik ko‘rsatkichlari tizimi yo‘lga qo‘yilgan. Ma’lumki, har bir tashkilot, idora samaradorlikka erishishda inson resurslaridan yetarli darajada foydalanishni maqsad qiladi. 

– Kadrlarni shakllantirishda xorijiy tajribalarni o‘rganish qanday imkoniyatlarni beradi?

– Xorijiy tajribalarni o‘rganishdan maqsad, kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash, malakasini oshirish, rotatsiya, xizmat pog‘onasida o‘stirishda zamonaviy yondashuvlar va innovatsion g‘oyalarni o‘rganish imkonini beradi. Bu orqali mehnat bozoriga yetuk kadrlarni tayyorlash, mamlakatda islohotlarni jadal rivojlanishiga, shuningdek, ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish sohalarida ham samaradorlikni oshirishga va bozor talablariga mos kadrlar tayyorlashdir. 

Ma’lumki, rivojlanayotgan har qanday mamlakat islohotlar davrida xorij tajribasiga suyanadi. Aynan kadrlar masalasida, masalan, Buyuk Britaniyada davlat xizmatiga kirish uchun nomzodlarni tanlash Davlat xizmati komissiyasi tomonidan, shuningdek, bevosita vazirlik va muassasalar tomonidan amalga oshiriladi. Tanlovda yordamchi rolni Davlat xizmatiga nomzodlarni baholash va tanlash agentligi bajaradi. Davlat xizmatiga kirishda nomzodlar uchun tanlov Davlat xizmatlari komissiyasining to‘rtta bo‘limi tomonidan amalga oshiriladi. Har bir bo‘lim ma’lum guruhlar uchun tanlovga ixtisoslashgan. Bular ma’muriy, ilmiy, texnologik lavozimlar bo‘limi hamda umumiy bo‘lim (axborot va boshqa ixtisoslashtirilgan lavozimlarga yuridik nomzodlarni tanlash). 

Janubiy Koreyada Global liderlar dasturi (Global Leadership Programme) faoliyat yuritadi. Ushbu dasturning maqsadi mahalliy hukumatlar va muassasalarning rahbariyati hamda yuqori mansabdor shaxslarga ta’lim berish va o‘qitishdan iborat. Xususan, tashkilotning bosh direktor darajasidagi mansabdor shaxslar va davlat muassasalarining ijro etuvchi darajasidagi mansabdor shaxslar. Nomzodlarni saralab olish o‘quv jarayonida amalga oshiriladi. Yangi bilimlarni egallash va ko‘nikmalarni shakllantirish bo‘yicha xorijiy mamlakatlarda, shu jumladan, AQSH mahalliy organlarida stajirovka o‘tash dasturni amalga oshirish mexanizmi hisoblanadi.

Birlashgan Arab Amirliklarida hukumat liderlari dasturi joriy etilgan. Bunda ijrochi liderlar (davlat organlarida tashkilot yoki tarmoqning strategik rivoji uchun mas’ul bo‘lgan rahbar kadrlar) uchun hamda “Kelajak liderlari” (bo‘lim boshlig‘i o‘rinbosarlari, sho‘’ba mudirlari, loyiha menejerlari) uchun o‘quvlar davomiyligi 8 oyni tashkil etadi.

Singapurda Davlat xizmati liderlik dasturi ikki bosqichdan iborat bo‘lib, “Umumiy bosqich” (General Phase) (davlat xizmatchisi faoliyatining birinchi 8 yili davomida 2-3 ta yo‘nalishda rotatsiya asosida faoliyat yuritadi) va “Sohaviy bosqich” (Sectoral Phase)dan iborat.

Xorijiy tajribalardan ayrimlari amaldagi qonunchiligimiz asosida respublikada kadrlar siyosatini yuritish, rahbarlikka tayyorlash va qayta tayyorlash hamda malaka oshirishda qo‘llanilmoqda. Bundan tashqari, agentlik rahbariyati va mas’ullari AQSH, Janubiy Koreya, Singapur, Malayziya, Turkiya davlatlarining nufuzli xalqaro anjumanlarida ishtirok etib, tajriba orttirmoqda.

– Davlat fuqarolik xizmatiga kirmoqchi bo‘lgan yoshlarga qanday imkoniyatlar yaratilmoqda?

– Agentlikning ochiq tanlovlar tashkil etishdagi tahliliy ma’lumotlariga nazar solsak, joriy yilda respublikaning vazirlik va idoralari  hamda tuman (shahar) hokimliklaridagi mavjud 19 407 ta vakant lavozimlar bo‘yicha tanlovlar e’lon qilingan. Ushbu vakant lavozimlarga jami 555 mingga yaqin nomzod tanlovda ishtirok etish uchun hujjat topshirgan.

Vazirlik va idoralar kesimida eng ko‘p tanlovlar mahallalardagi hokim yordamchilari yo‘nalishida – 2765 ta, Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi – 2592 ta, Prezident huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi –1974 ta hamda Yoshlar ishlari agentligi tizimlarida – 1950 ta o‘tkazilgan.

Tanlov g‘oliblarining 2664 nafarini 30 yoshgacha bo‘lgan yoshlar tashkil etishini inobatga olsak, endilikda vacancy.argos.uz portalidagi vakansiyalarning 85 tasiga ish staji talab etilmaydi. 

Bu – davlat fuqarolik xizmatiga kirmoqchi bo‘lgan yoshlarga yaxshi imkoniyat, degani. Bundan tashqari, joriy yilning 23-30 noyabr kunlari agentlikning barcha hududiy filiallarida "Ochiq eshiklar kuni" tashkil etildi. Bunda davlat fuqarolik xizmatiga ishga kirishni xohlovchi har qanday fuqaro testlar yo‘nalishlari va tarkibi bilan tanishib, o‘z bilimlarini sinab ko‘rishlariga imkoniyat yaratildi.

Davlat fuqarolik xizmatidagi bo‘sh ish o‘rinlari portali vacancy.argos.uz ish beruvchi uchun ham, ishga kirmoqchi bo‘lgan nomzod uchun ham qulay platformaga aylanib bormoqda.

Agentligimiz Bilim va malakalarni baholash agentligi bilan hamkorlikda tajribali ekspertlarni jalb qilgan holda ochiq tanlovlar jarayonida nomzodlarning bilimini sinovdan o‘tkazish bo‘yicha davlat organlari va tashkilotlari uchun mo‘ljallangan yagona “Davlat fuqarolik xizmatchisi” test savollari to‘plami ishlab chiqildi. Bu joriy yilning 1 dekabrdan amalga oshirilmoqda. Test savollari asosan milliy qonunchilik, davlat tili, axborot kommunikatsiya texnologiyalari hamda mantiq (IQ) bo‘yicha.

Test sinovi davomida nomzodga har bir yo‘nalish bo‘yicha 10 tadan, jami 40 ta savol havola etiladi hamda javoblarni belgilash uchun 60 daqiqa vaqt beriladi. Yetarli ball to‘plagan har bir nomzod o‘z bilim darajasini yo‘nalishlar kesimida tahlil qilishi mumkin. 

Bundan tashqari, ish beruvchilar tomonidan tashkil etiladigan suhbat komissiyasi orqali nomzodni bilim va kompetensiyasini chuqurroq baholashga imkoniyat yaratiladi va eng munosib nomzod davlat fuqarolik xizmatiga ishga qabul qilinadi. 

Abdulaziz RUSTAMOV, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
O‘zbekistonda malakali kadrlar zaxirasini shakllantirish qanday mezonlar asosida amalga oshiriladi?