Özbekistonda Koreya granti bilan "Aqlli qişloq xöjaligi" markazi oçildi
Qişloq xöjaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazida “Aqlli qişloq xöjaligi” texnologiyalari markazi oçildi. Koreya granti asosidagi uşbu loyiha Özbekiston agrar sohasini yangi bosqiçga olib çiqişga qaratilgan.
Qişloq xöjaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi hududida Koreya Respublikasi hukumati granti asosida barpo etilgan “Aqlli qişloq xöjaligi” sanoat texnologiyalari innovatsion markazining tantanali oçiliş marosimi bölib ötdi. Mazkur loyiha Özbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 14-iyuldagi qaroriga asosan amalga oşirildi. Qarorda uşbu innovatsion markazni taşkil etiş uçun 2022–2026-yillarda Koreya Respublikasi hukumatidan 14 million AQŞ dollari miqdoridagi grant mablağlarini jalb etiş belgilangan edi.

Oçiliş marosimida qişloq xöjaligi sohasi olimlari, tarmoq mutaxassislari, Koreya Respublikasidan taşrif buyurgan hamkorlar hamda ommaviy axborot vositalari vakillari iştirok etdi. Tadbirni oçib bergan qişloq xöjaligi vaziri örinbosari Alişer Şukurov markazning ahamiyatini alohida taʼkidladi. Uning sözlariga köra, bu markaz mamlakatda aqlli qişloq xöjaligini rivojlantiriş, xorijiy texnologiyalarni mahalliy şaroitga moslaştiriş va amaliyotga joriy etişda muhim örin tutadi. Şuningdek, ilmiy tadqiqotlar, innovatsion işlanmalar va zamonaviy agrotexnologiyalarni işlab çiqarişga tatbiq etiş uçun keng imkoniyatlar yaratadi.

Loyiha Koreya Respublikasi Savdo, sanoat va energetika vazirligi, Koreya Maşinasozlik sanoati assotsiatsiyasi, Koreya Texnologiyalarni rivojlantiriş instituti, CAMTIC ilğor mexatronika texnologiyalari instituti hamda “Agro Solution Korea” kompaniyasi hamkorligida amalga oşirildi. Markazda 2024–2025-yillarda 1,8 million AQŞ dollarlik aqlli issiqxona tizimlari, işlab çiqariş liniyalari va 1,9 million dollarlik zamonaviy laboratoriya uskunalari örnatildi.

Şu bilan birga, 2024-yilda Toşkent va Samarqandda, 2025-yilda esa Xorazm, Farğona va Buxoro viloyatlarida zamonaviy aqlli issiqxonalar qurilib, foydalanişga topşirildi. Yangi innovatsion markaz tarkibida gidroponika, suv sifatini tahlil qiliş, maʼlumotlarni qayta işlaş, uruğlik va ösimliklarni sinovdan ötkaziş laboratoriyalari, ilmiy-tadqiqot hamda tajriba-işlab çiqariş korpuslari faoliyat yuritadi. Mutaxassislarning bilim va könikmalarini oşiriş maqsadida öquv-amaliyot yönalişlari ham yölga qöyilgan.

Oçiliş marosimi doirasida loyihaning yakuniy hisobot seminari ham ötkazildi. Unda amalga oşirilgan işlar va erişilgan natijalar sarhisob qilinib, yaratilgan infratuzilmadan samarali foydalaniş, Koreya tajribasini mahalliy şaroitga moslaştiriş hamda ilğor texnologiyalarni Özbekiston qişloq xöjaligiga keng joriy etiş istiqbollari muhokama qilindi.

Marosim yakunida iştirokçilar markazning yangi laboratoriyalari, zamonaviy issiqxona tizimlari va moddiy-texnik bazasi bilan yaqindan tanişdi. Bu markaz Özbekiston va Koreya Respublikasi örtasidagi agrar sohadagi ilmiy-texnik hamkorlikning amaliy samarasidir.

Bu hamkorlik mamlakatimiz qişloq xöjaligida ilm-fan va işlab çiqariş integratsiyasini mustahkamlab, suv va energiya resurslaridan samarali foydalaniş, raqamli boşqaruv tizimlarini rivojlantiriş, zamonaviy agrotexnologiyalarni ommalaştiriş hamda mahalliy mutaxassislarning salohiyatini oşirişga xizmat qiladi.
Sanjar Toşpölatov,
ÖzA