Özbekistonda JSTga aʼzo böliş jarayoni doirasida amalga oşirilayotgan işlar yuqori baholandi
Özbekiston Respublikasi Adliya vazirligiga Jahon savdo taşkiloti (JST)ga Özbekistonning aʼzo bölişi böyiça işçi guruh raisi S.Çoy hamda JST kotibiyatining aʼzolik bölimi direktori M.Oşikava boşçiligidagi delegatsiya taşrif buyurdi.
Adliya vazirining birinçi örinbosari M.Istamov bilan uçraşuvda Özbekistonning JSTga aʼzo bölişi jarayonida milliy qonunçilikni taşkilot bitimlariga uyğunlaştiriş borasida amalga oşirilayotgan islohotlar, erişilgan natijalar hamda hamkorlikning istiqbolli yönalişlari muhokama qilindi.
M.Istamov Özbekistonning JSTga aʼzo bölişi mamlakatda amalga oşirilayotgan iqtisodiy islohotlarning ustuvor yönalişlaridan biri ekanini taʼkidladi.
Uşbu jarayonda Adliya vazirligi tomonidan milliy qonunçilikni xalqaro savdo qoidalariga muvofiqlaştiriş, normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini huquqiy ekspertizadan ötkaziş hamda qonunçilikni uyğunlaştiriş böyiça çora-tadbirlar rejasining ijrosini taʼminlaşga alohida eʼtibor qaratilmoqda.

Xususan, 2023-yildan buyon 200 dan ortiq normativ-huquqiy hujjat JST bitimlari talablariga muvofiqlaştirildi. Xorijiy investitsiyalar iştirokidagi va mahalliy korxonalarni davlat röyxatidan ötkaziş uçun belgilangan davlat bojlari, şuningdek, rezident va norezidentlar uçun patent bojlari birxillaştirildi.
S.Çoy Özbekistonda JSTga aʼzo böliş jarayoni doirasida amalga oşirilayotgan keng kölamli islohotlarni yuqori baholab, milliy qonunçilikni xalqaro savdo qoidalariga uyğunlaştiriş borasidagi izçil saʼy-harakatlarni eʼtirof etdi.

Uçraşuv yakunida Özbekistonning JSTga aʼzo böliş jarayonini muvaffaqiyatli yakunlaş, milliy qonunçilikni xalqaro standartlarga uyğunlaştiriş hamda tadbirkorlar va investorlar uçun şaffof, barqaror va oldindan aniq huquqiy muhitni şakllantiriş yölida özaro muloqot va amaliy hamkorlikni izçil davom ettiriş muhimligi taʼkidlandi.
N.Abduraimova,
ÖzA