So‘nggi yillarda mamlakatimizda qurilish ishlari ortib, shahar va qishloqlar bunyodkorlik maydoniga aylanib bormoqda. Birgina misol, joriy yilning o‘tgan davrida qurilish ishlari hajmi salkam 60 trillion so‘mga yetib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 107 foizga ortdi.

Yana bir jihat. Bugungi kunda 31 mingdan ortiq qurilish-pudrat tashkiloti ro‘yxatga olingan bo‘lib, ular tomonidan hududlarda zamonaviy bino-inshootlar barpo etish borasida muayyan ishlar qilinmoqda. Shunga monand ravishda qurilish pudrat tashkilotlariga qulaylik yaratish ham birlamchi vazifaga aylangan.    

Avvallari qurilish ishlari bo‘yicha buyurtmachi va pudratchi tashkilotlar tomonidan imzolangan shartnomaga ko‘ra bajarilgan ishlar to‘g‘risidagi hisobot yoki hisobvaraq-fakturalar qog‘oz ko‘rinishida, ya’ni turli byurokratik to‘siqlarga duch kelingan holda rasmiylashtirilar edi.  

– Bu esa pudrat tashkilotlari tomonidan bajarilgan qurilish ishlarini o‘z vaqtida rasmiylashtirish va mablag‘ ajratilishida sun’iy to‘siqlarga sabab bo‘lardi, – dedi Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi axborot xizmati rahbari Saidnosir Usmonov. –  Joriy yil 29 yanvar kuni kengaytirilgan tarzda o‘tkazilgan yig‘ilishda Prezidentimiz tomonidan sohada raqamlashtirish jarayonlarini kengaytirish, byurokratik to‘siqlarni yanada qisqartirish, bu boradagi ish yuritish munosabatlarida shaffoflikni oshirish va moliyalashtirish tizimini takomillashtirish bo‘yicha bir qator vazifalar belgilab berildi.  

Shundan kelib chiqqan holda qurilish-pudrat tashkilotlari va buyurtmachilar o‘rtasida hujjatlarni zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va ilg‘or innovatsion dasturiy ta’minotlarni keng joriy etgan holda rasmiylashtirish, qurilish ob’ektlarida bajarilgan ishlarni hisobga olish, ularga o‘z muddatlarida mablag‘lar ajratilishini ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qarori qabul qilindi.  

Mazkur hujjatga asosan, Hukumatning tegishli qarori bilan tasdiqlangan “Hisobvaraq-fakturalarning shakllari hamda ularni to‘ldirish, taqdim etish va qabul qilish tartibi to‘g‘risida”gi nizomga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi.  

Xususan, joriy yilning 1 oktyabridan e’tiboran byudjet tizimi byudjetlari hisobidan moliyalashtiriladigan ob’ektlarda bajarilgan qurilish-montaj ishlari topshirilganda yangi shakldagi hisobvaraq-faktura orqali taqdim etilishi belgilandi.

Shu bilan birga, markazlashtirilgan manbalar hisobiga bajarilgan qurilish ishlari bo‘yicha pudrat tashkilotlari hisobotlarini raqamlashtirish hamda amalga oshirilgan xarajatlarni moliyalashtirish takomillashtirildi.    

Kelgusi yil Ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturi doirasida amalga oshiriladigan loyihalar bo‘yicha loyiha-qidiruv ishlari, loyiha-smeta hujjatlarini ko‘rib chiqish va davlat ekspertizasidan o‘tkazish bilan bog‘liq xarajatlarni joriy yilda moliyalashtirish belgilab qo‘yildi.  

Mazkur elektron hisobvaraq-faktura pudrat va buyurtmachi tashkilotlar tomonidan ob’ektlarda bajarilgan ishlar va ular uchun markazlashgan holda ajratilgan mablag‘larning o‘zlashtirilishida shaffoflikni ta’minlashga xizmat qilib, soha rivojiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.  

Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasining ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturlari hamda byudjet tizimi byudjetlari hisobidan moliyalashtiriladigan dasturlarni o‘z vaqtida, to‘liq va sifatli amalga oshirish, sohada samarali nazorat mexanizmlari va zamonaviy axborot texnologiyalarini joriy etish, loyihalar ishtirokchilari va nazorat qiluvchi idoralarning mas’uliyatini oshirishga olib keladi.    

Sh.Mamaturopova,  

O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
O‘zbekistonda joriy yilning o‘tgan davrida qurilish ishlari hajmi 60 trillion so‘mga yetdi