Ma’lumki, mamlakatimizda olib borilayotgan ma’muriy islohotlar doirasida Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi va uning huzuridagi Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish agentligi faoliyati optimallashtirilgan holda alohida maqomga ega bo‘lgan yagona organ – Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi sifatida qayta tashkil etildi.

Bunda iste’molchilar huquq va manfaatlarini himoya qilish, aholining huquqiy va iste’mol madaniyatini yuksaltirish, ichki bozorlarda sifatsiz tovarlar sotilishini oldini olish qo‘mitaning asosiy faoliyat yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi.  

Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi “Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi qonun ijrosini ta’minlash borasida qanday ishlarni amalga oshiryapti?  

Mavzu yuzasidan Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi boshqarma boshlig‘i Dilmurod Botirov kuyidagilarni so‘zlab berdi.  

— Qo‘mitaga joriy yilning birinchi choragi davomida iste’molchilardan jami 5 ming 277 ta murojaat kelib tushgan. Murojaatlarning 36 foizi uy-joy kommunal, transport xizmatlari, 43 foizi savdo va umumiy ovqatlanish, 16 foizi aloqa, moliya va ijtimoiy xizmatlar hamda 5 foizi reklama munosabatlari va boshqa masalalarga to‘g‘ri keladi. Mazkur murojaatlarning 87 foizi (4 590 ta)ijobiy hal etilgan va xuquqiy tushuntirishlar berilgan. Murojaatlar bo‘yicha o‘tkazilgan o‘rganishlarda 6 ming 271 nafar iste’molchiga 3 milliard so‘mdan ortiq miqdorda zarar yetkazilgani aniqlangan. 

Shundan, 2,1 milliard so‘m (98,9 foiz) mablag‘ iste’molchilarga qayta hisob-kitob qilinishiga erishildi va qolgan mablag‘larni iste’molchilarga qaytarish choralari ko‘rilmoqda. Shu bilan birga, iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish bo‘yicha o‘tkazilgan tizimli o‘rganishlar, ijtimoiy tarmoqlarda joylashtirilgan ma’lumotlar asosida turli yo‘nalishlarda 39 ta o‘rganish va tahlillar o‘tkazilgan.  

Mazkur o‘rganishlar va tahlillar natijasida 259 ming 499 nafar iste’molchiga jami 23 milliard so‘m miqdorida ortiqcha mablag‘lar hisoblangani aniqlangan hamda mazkur mablag‘larni iste’molchilarga qaytarish choralari ko‘rilgan.  

Shuningdek, tovarlar (ishlar, xizmatlar) xavfsizligi va ularning sifatini nazorat qilish maqsadida tasdiqlangan reja-grafik asosida muntazam ravishda chakana savdoda tovarlar nazorat xaridini ekspertizadan o‘tkazish ishlari yo‘lga qo‘yilgan.  

Shunga ko‘ra, jami 85 nomdagi mahsulotlarning nazorat xaridi amalga oshirilgan. Ularni ekspertizadan o‘tkazish natijalariga ko‘ra, 13 nomdagi mahsulotlar normativ-texnik hujjatlar talablariga javob bermasligi aniqlangan. Misol uchun, oziq-ovqat mahsulotlaridan 4 ta holatda osh tuzlari – “Yagona”, “Adina”, “O‘zbegim”, “Farxod” nomli tuzlar. Maishiy texnika mahsulotlaridan 3 nomdagisi, 6 ta dori vositalari amaldagi texnik jihatdan tartibga solish hujjatlariga nomuvofiqligi aniqlanib, belgilangan tartibda chora ko‘rish uchun vakolatli organlarga yuborilgan.  

Har yili qo‘mita tomonidan 15 mart — Butunjahon iste’molchilar huquqlarini himoya qilish kuniga bag‘ishlangan keng qamrovli chora-tadbirlar tashkil etib kelinmoqda.  

 Xususan, yoshlar o‘rtasida huquqiy bilimdonlikni kuchaytirish, moliyaviy savodxonligini yanada oshirish hamda sinovdan o‘tkazish maqsadida oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘rtasida birinchi marta “Moliyaviy savodxon yosh iste’molchi” onlayn olimpiadasi o‘tkazildi va olimpiada g‘oliblari tantanali ravishda esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.  

Shuningdek, iste’molchilar huquqlarini himoya qilish sohasidagi ayrim dolzarb masalalarni xorijiy ekspertlar hamda jamoatchilik nazorati sub’ektlari bilan muhokama qilish, mavjud muammolarning yechimi bo‘yicha taklif va tavsiyalarni ilmiy va amaliy jihatdan ko‘rib chiqish maqsadida “Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish: muammo va yechimlar” mavzusida xalqaro konferensiya tashkil qilindi va tadbir tafsilotlari ommaviy axborot vositalarida keng yoritildi.  

Respublikamizdagi dori vositalari va tibbiy buyumlar savdosi bilan shug‘ullanuvchi sub’ektlar quyidagi muhim masalaga alohida e’tibor qaratishlarini so‘rardim.  

Dori-darmon vositalari va tibbiyot buyumlarini ulgurji vchakana sotish ularni yetkazib berishda ishtirok etuvchi vositachilar sonidan qat’i nazar, ulgurji savdo uchun sotib olingan qiymatidan 15 foizdan, chakana savdo uchun ulgurji narxidan 20 foizdan ortiq bo‘lmagan miqdorlarda belgilanadigan cheklangan savdo ustamalari qo‘llanilgan holda amalga oshirilishi belgilangan.  

Prezidentimizning 2022 yilning 26 oktyabrdagi “Aholini sifatli dori vositalari va tibbiy buyumlar bilan ta’minlash yuzasidan qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq, joriy yil 1 maydan boshlab jismoniy shaxslar tomonidan sotib olingan dori vositalari uchun dorixonalar tomonidan taqdim etiladigan xarid cheki soliq organlarining maxsus mobil ilovasida ro‘yxatdan o‘tkazilganda dori vositalariga ustamalar yuqori qo‘llanilgani aniqlangan taqdirda qo‘mitaga xabar yuborilishi mumkin. Ushbu ma’lumot asosida huquqbuzardan belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 164-moddasiga muvofiq jarima undirish belgilangan.  

Shu sababli dori vositalari va tibbiy buyumlar savdosida  qonunchilikda belgilangan cheklangan savdo ustamalariga rioya etishlarini so‘raymiz.  

O‘zA muxbiri  

Shahnoza Mamaturopova yozib oldi.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
O‘zbekistonda iste’molchilar huquqlari qay darajada himoya qilinmoqda?