Mamlakatimiz “Islomiy bank tizimini joriy etish: Barqaror moliyaviy tizim sari yuksalish” mavzusida XX Xalqaro islomiy moliya olimlari forumiga mezbonlik qilmoqda.

Forum ikki kunlik muhokamalari davomida islom moliyasi sohasidagi nufuzli olimlar va mutaxassislarni Toshkentda jamladi. 

Forumning asosiy mavzusi islomiy moliyani rivojlantirish, ilg‘or amaliyotlarni moliya tizimiga joriy etish, olimlar, regulyatorlar, standartlarni belgilovchi tashkilotlar va soha mutaxassislari o‘rtasida hamkorlikni mustahkamlash hamda islomiy huquqqa oid masalalar yuzasidan fikr almashish maydonini yaratishga qaratildi.

Forum doirasida islomiy bank tizimiga o‘tish jarayoni, bank konversiyasida korporativ boshqaruv, moliyaviy mahsulotlar, huquqiy va me’yoriy qiyinchiliklar, amaliyotdagi muammolar va ularning yechimlari masalalari muhokama qilindi.

Forumning ikkinchi kunida Xalqaro musulmon ulamolari ittifoqi prezidenti Shayx Ali Muhyiddin Qoradog‘iy ma’ruza qildi. U islom bankchiligining barqaror moliya va global iqtisodiyotdagi ahamiyati haqida fikr bildirdi.

Shuningdek, ma’ruzalarda an’anaviy mahsulotlarni islomiy alternativi bilan almashtirish jarayonida qonunchilik uyg‘unligi va global standartlarga moslashish zarurligi qayd etildi. Ma’ruzalardan so‘ng yangi shartnomalarga o‘tish, man qilingan elementlarni bartaraf etish va xalqaro tajribalarni integratsiya qilish yo‘llari muhokama etildi.

Zakot, vaqf va sadaqa kabi ijtimoiy vositalarni bank mahsulotlari bilan uyg‘unlashtirish orqali moliyaviy inklyuziyani kuchaytirish va jamoatchilikni qo‘llab-quvvatlash imkoniyatlari ko‘rsatildi.

–Islom moliyasi aholining turli qatlamlari moliyaviy ehtiyojlarini qondirish va mavjud moliyaviy tizim yukini kamaytirishda muhim ahamiyatga ega, – deydi xalqaro ekspert Madzlan Hussayn. – Islom moliyasi aktivlar va xizmatlarga asoslangan bo‘lib, ichki va tashqi bozordagi moliyaviy resurslarni davlat va jamiyat manfaati yo‘lida samarali yo‘naltirish imkonini beradi. So‘nggi yillarda islom moliyasiga bo‘lgan talab ortmoqda. Shu o‘rinda ayta olaman, O‘zbekiston islom moliyasini rivojlantirish potensiali yuqori. O‘tkazilgan tadqiqot natijalariga ko‘ra, aholining ma’lum qismi an’anaviy bank xizmatlaridan diniy e’tiqod nuqtai nazaridan foydalanmaydi. Bu, o‘z navbatida aholi qo‘lidagi bo‘sh pul mablag‘lari, jamg‘armalarining iqtisodiyotda faol harakatsiz, qo‘shilgan qiymat yaratmasdan turganini bildiradi. Islom moliyasi bu mablag‘larning aktiv harakatini ta’minlash evaziga faol iqtisodiy investitsiyalarning paydo bo‘lishiga xizmat qiladi.

Forum yakunida rezolyutsiya e’lon qilindi. Forum O‘zbekiston uchun inson kapitalini rivojlantirish, huquqiy asoslarni takomillashtirish va islomiy bankchilikni joriy etishda muhim bosqich bo‘ldi.

<iframe width="650" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/rrLZmV_jrFk" title="O‘zbekistonda islom moliyasi joriy etilsa, sog‘lom iqtisodiyotga yo‘l ochiladi" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>

Shahnoza Mamaturopova, Doniyor Yakubov (video), O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
O‘zbekistonda islom moliyasi joriy etilsa, sog‘lom iqtisodiyotga yo‘l ochiladi (+video)