Ma’lumotlarga qaraganda, O‘zbekistonda 1000 litr ichimlik suvi narxi 1 ming 384 so‘m. Qo‘shni Qozog‘istonda esa 2 ming so‘mdan 7000 so‘mgacha. Yevropa davlatlari, xususan, Norvegiyada esa 72 ming so‘mni tashkil qiladi.

Hech kimga sir emas, dunyoning ko‘plab davlatlarida bo‘lgani kabi O‘zbekistonda ham ichimlik suvi tanqisligi dolzarb muammolardan biri hisoblanadi. Jahon banki tahlillariga ko‘ra, 2050 yilga borib O‘zbekistonda joriy suv tanqisligi besh barobarga oshadi. Mutaxassislarning ta’kidlashicha, so‘nggi 15 yil ichida aholi jon boshiga yillik suv hajmi 3 048 m3 dan 1 589 m3 gacha kamaygan. Shuningdek, 2050 yilga borib Sirdaryo havzasida suv resurslari 5 foizgacha, Amudaryoda 15 foizgacha kamayishi prognoz qilingan.

Hisob-kitoblarga qaraganda, 2050 yilda Markaziy Osiyoda chuchuk suv taqchilligi yalpi ichki mahsulotning 11 foizga pasayishiga olib kelishi mumkin. Umuman olganda, dunyoda ichimlik (chuchuk) suv tanqisligi uzoq emas, yaqin 7 yildan so‘ng, ya’ni 2030 yilga kelib 40 foizga ortishi prognoz qilinmoqda.

O‘zbekistonning uchta viloyatida ichimlik suvi narxlari birdaniga ikki barobarga oshirildi. Buning asosiy sababi nima? O‘zbekistonda ichimlik suvining narxi nega oshiriladi? 

Mavzu yuzasidan O‘zA muxbiri “O‘zsuvta’minot” AJ boshqarma boshlig‘i Bekzod Shoyimov bilan suhbatlashdi.

– Yaqinda yurtimizning 3 ta viloyatida ichimlik suvining narxi oshdi. Xususan, Qashqadaryoda aholi uchun 1 m3 ichimlik suvining narxi amaldagi 1 000 so‘mdan 2 000 so‘mga, Surxondaryoda 1 150 so‘mdan 2 140 so‘mga, Toshkent viloyatida 950 so‘mdan 1 700 so‘mga qimmatlashmoqda.

–Ayni vaqtda mamlakatimiz aholisi ichimlik suvi uchun qancha to‘laydi?

– Mamlakatimizda 1 m³ ichimlik suvi narxi 500 so‘mdan 3050 so‘mgacha o‘zgarib turadi. Eng arzon narx Toshkentda, eng qimmati Navoiy viloyatida. Bir kubometr, ya’ni 1000 litr ichimlik suvining o‘rtacha narxi Qoraqalpog‘istonda 1900 so‘m, Xorazm viloyatida 1550 so‘m, Buxoro viloyatida 2450 so‘mni tashkil qiladi. Ma’lumot uchun, ichimlik suvi tariflari hududning geografik joylashuvi, suv manbasidan aholi punktigacha bo‘lgan masofa, elektr energiyasi xarajatlari va boshqa tannarxga ta’sir etuvchi omillardan kelib chiqib belgilanadi. Ushbu nuqtai nazardan suv yetkazib berishda Toshkent shahri eng arzon hudud hisoblanadi.

–O‘zbekistonda ichimlik suvining narxi nega oshirilyapti?

–Ichimlik va oqova suv xizmatlari uchun tariflar amaldagi me’yoriy hujjatlarga asosan ta’minotchi korxona tomonidan ishlab chiqiladi. Bugungi kunda belgilangan tartibda aholi munosabatini bilish uchun taklif etiladigan tariflar muhokamalar portaliga joylashtiriladi. Bundan keyingi tariflar monopoliya va moliya organlari xulosalari asosida Xalq deputatlari kengashi tomonidan tasdiqlanadi. Ayni vaqtda ichimlik suvi narxining oshishiga asosiy sabab ichimlik suvi va kanalizatsiya tarmoqlari, suv hamda kanalizatsiya inshootlari barpo etilishi zarurligidadir. Bundan tashqari, ish haqi, elektr energiya, soliq to‘lovlari, xorijiy kreditlar to‘lovi amalga oshirilgan bo‘lib, joriy va kapital ta’mirlash, tizimni modernizatsiya qilish ishlarida ham sarf-xarajatlar talab etiladi. Shundan kelib chiqib, ichimlik suvi ta’minoti va oqova suv xizmatlari uchun yangi tariflar tasdiqlanmoqda.

–Ichimlik suvining narxi qanchaga oshirilishi ko‘zda tutilmoqda?

– Buni misollar bilan aytadigan bo‘lsak, bugungi kunda Toshkent shahrida ichimlik suvining narxi 1 litr suv – 40 tiyin. 1 so‘m ham emas. Endilikda bir litr suvning narxini 40 tiyindan 1 so‘mga ko‘tarmoqchimiz. Respublika bo‘yicha bugungi kunda o‘rtacha tariflar uchun bir kubometr suv tarifi 1 ming 384 so‘mni tashkil qiladi. Eng yuqori tarifimiz bu Navoiy viloyatida 3000 so‘mdan oshadi. Eng arzon tarifimiz Toshkent shahrida 400 so‘mni tashkil qiladi.

Bugungi kunda Surxondaryo, Qashqadaryo va Toshkent viloyatidagi tariflar qayta ko‘rib chiqildi. Shuni ham aytish joiz, tariflarimizning shakllanishi xarajatlarga bog‘liq. Bunda elektr energiya narxlarining o‘zgarishi va boshqa xarajatlar inobatga olinadi.

– Jahon aholisi suv uchun qancha haq to‘laydi?

Markaziy Osiyoda ichimlik suvi uchun to‘lov narxi eng yuqori mamlakat Qozog‘iston hisoblanadi. Mamlakatda hududlariga qarab aholi har kub suv uchun 73 tengedan (1 905 so‘m) 304 tengegacha (7 934 so‘m) to‘lov qiladi. Tojikiston aholisi 1 kub metr suv iste’moli uchun 1 somonidan (1 061 so‘m) 1,73 somonigacha to‘laydi. Mamlakat poytaxti Dushanbeda suv hisoblagichi bor yoki yo‘qligiga qarab narxlar belgilanadi. Masalan, hisoblagichi borlar 1 kubometr suvga 1,73 somoni, hisoblagichsizlar (1-12- qavatlarda yashasa) 6,24 somoni, 12-qavatdan yuqorida istiqomat qiluvchilar 8,33 somoni to‘laydi. Qirg‘izistonda aholi har kubometr suvga 6,84 som (904 so‘m) to‘laydi. Turkmanistonda esa belgilangan limitdan ko‘p iste’mol qilingan suvning 1 kubometri 0,5 manat (1 662 so‘m) turadi.

O‘zbekistonda bir kubometr suv tarifi 1 ming 384 so‘mni tashkil qiladi. Eng qimmat tariflarni Yevropa davlatlarida kuzatish mumkin. Misol uchun, Norvegiyada bir kubometr ichimlik suv tarifining narxi 72 ming so‘mdan sotiladi. Yevropa davlatlarida tariflarning bozor narxiga olib chiqishdan asosiy maqsad bu suvdan tejamkor va maqsadli foydalanishdir.

<iframe width="560" height="315" src="https://www.youtube.com/embed/xq3-mv7W2eU?si=CNGXl5Nx2xCotnN5" title="YouTube video player" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" allowfullscreen></iframe>

Shahnoza Mamaturopova,

O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
O‘zbekistonda ichimlik suvining narxi nega oshirilyapti?