BMT Taraqqiyot dasturining «Gender tenglik belgisi» xalqaro innovatsion dasturi davlat tashkilotlari, xususiy kompaniya xodimlari va boshqa hamkorlarbni o‘z faoliyatida gender jihatlarni hisobga olishga undaydi.

Shuningdek, bu gender tenglikning global maqsadlariga erishish uchun zarur bo‘lgan o‘zgarishlarni tezlashtirishga yordam berishi mumkin.

Gender tenglikni sertifikatlash 2009 yildan buyon muvaffaqiyatli joriy etilmoqda. 2021 yil iyul oyidan boshlab davlat muassasalari uchun sertifikatlashtirishning rasmiy ishga tushirilishi hisobiga hozirda «Gender tenglik belgisi» kengaymoqda.

O‘zbekistonda ham «Gender tenglik belgisi» sertifikati keng joriy etiladi. Sertifikat taqdimoti Davlat bojxona qo‘mitasi binosida o‘tkazildi.  

Oliy Majlis Senati Xotin-qizlarning jamiyatdagi rolini oshirish, gender tenglik va oila masalalari bo‘yicha komissiyasi va BMT Taraqqiyot dasturining O‘zbekistondagi vakolatxonasi bilan birgalikda tashkil etilgan tadbirda Senatning Oila va xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash hamda gender tenglik masalalari bo‘limi, Davlat bojxona qo‘mitasi va BMT Taraqqiyot dasturining O‘zbekistondagi vakolatxonasining tegishli masalalar bo‘yicha vakillari ishtirok etdi.

O‘zbekistonda tajriba tariqasida amalga oshirilayotgan ushbu tashabbus O‘zbekiston Respublikasida 2030 yilgacha gender tenglikka erishish strategiyasini amalga oshirish doirasida xotin-qizlar va erkaklar o‘rtasida haqiqiy tenglikka erishish bo‘yicha davlat muassasalarining sa’y-harakatlarini qo‘llab-quvvatlash hamda e’tirof etishga qaratilgan.

Mazkur tadbirdan ko‘zlangan maqsad Davlat bojxona qo‘mitasining viloyatlardagi boshqarmalari rahbarlari, xodimlari va vakillarini 2022-2023 yillarda Qo‘mita ishtirok etadigan «Gender tenglik belgisi» xalqaro sertifikatlashdan o‘tish jarayonlari bilan tanishtirishdan iborat. Xalqaro sertifikat olish va gender bo‘yicha ishlar rejasini muvaffaqiyatli amalga oshirish uchun xalqaro ekspertlar ham jalb etiladi.

O‘zbekiston Respublikasida Gender tenglikka erishish strategiyasining qabul qilinishi xotin-qizlar va erkaklar uchun teng imkoniyatlar yaratish yo‘lidagi katta qadamdir.

Shu bilan birga, qarorlar qabul qilishda ijtimoiy-iqtisodiy va boshqa sohalarda, ayniqsa, hududlarda xotin-qizlarning faolligini oshirishga jiddiy e’tibor qaratishni talab qiladigan masalalar ham bor.

Shu munosabat bilan «Gender tenglik belgisi» dasturi davlat siyosati hamda dasturlarining gender tenglik va xotin-qizlar huquqlarini kengaytirishga ta’sirini kuchaytirish va natijalarini oshirish uchun davlat muassasalarida gender muammosi hisobga olinishiga ko‘maklashadi.

Tadbir so‘nggida Davlat bojxona qo‘mitasida Xotin-qizlarning jamiyatdagi rolini oshirish, gender tenglik va oila masalalari bo‘yicha komissiya boshchiligida BMT Taraqqiyot dasturining «Gender tenglik belgisi» xalqaro dasturini ishga tushirishga qaror qilindi.

Eslatib o‘tamiz, Prezidentimizning joriy yil 27 apreldagi «Bojxona ma’muriyatchiligini yanada takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi farmonida 2022-2024 yillarda bojxona organlari tizimida ayol xodimlar ulushini kamida ikki baravar oshirish nazarda tutilgan.

                                                                          N.Abduraimova, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
O‘zbekistonda «Gender tenglik belgisi» sertifikati joriy etildi