13-15 may kunlari "SAEx Uzbekistan" Xalqaro ko‘rgazma markazida “O‘zbekiston Energetika haftasi – UEW 2025” respublika yoqilg‘i-energetika kompleksining eng katta konferensiya-ko‘rgazmasiga start berildi. Aytish kerakki bunday yirik namoyishlar neft-gaz konlarining katta zaxirasiga ega bo‘lgan O‘zbekiston uchun sohaga yangi texnologiyalar, uskunalar, investitsiyalar, bilim va innovatsiyalar kirib kelishi uchun qulay platformani yuzaga keltiradi.

Xalqaro ko‘rgazma kompaniyasi “Iteca Exhibitions” va uning hamkorlari ko‘magida tashkil etilib, tashkilotchilar haftalik doirasida O‘zbekiston Respublikasi energetika tarmog‘ining rivojlanishi va mintaqaviy dialog uchun barcha shart-sharoitlarni yaratib berdi.  

Haftalikning ish dasturida xalqaro forum, neft-gaz konferensiyalari tashkil etiladi. Bu yilgi forum “Barqaror energetika uchun mintaqaviy hamkorlik” shiori ostida o‘tkazilmoqda. Alohida e’tibor “yashil energetika” masalalariga qaratilgan bo‘lib, bu davlatimiz rahbari tashabbusi bilan e’lon qilingan “Atrof-muhitni muhofaza qilish va “yashil” iqtisodiyot yili”da belgilab berilgan ustuvor yo‘nalishlarga hamohangdir.  

Forumning uch kunlik dasturida vazirlik va ekspertlar dialoglari, plenar sessiya, panel va texnik sessiyalar, xalqaro mutaxassislar ishtirokida taqdimotlar ko‘zda tutilgan.  

Bu yerda yoqilg‘i-energetika kompleksining ikki asosiy yo‘nalishi – uglevodorodlar qazib olish va elektr energetika sohasini o‘z ichiga oladi. Ko‘rgazmalarda taqdim etilayotgan jihoz va texnologiyalarning amaliy qo‘llanilishi, konferensiyalarning mavzulari – tadbirning ilmiy-amaliy komponenti bilan zich bog‘liqdir.  

Energetika haftasining birlashgan ekspozitsiyasiga 465 ta kompaniya va brend, 90 nafar spiker va 1420 nafar delegat qatnashishi kutilmoqda.  Tadbir ishtirokchilari 34 mamlakatdan: jumladan, Avstriya, Ozarboyjon, Afg‘oniston, Belarus Respublikasi, Buyuk Britaniya, Germaniya, Gruziya, Daniya, Hindiston, Eron, Italiya, Fransiya va Yaponiya kabi davlatlardan eng ilg‘or va bugungi kunda soha uchun dolzarb bo‘lgan texnologiya va uskunalarni namoyish etilmoqda.

Aytish kerakki, O‘zbekistonning neft-gaz sanoati iqtisodiy o‘sishning strategik drayveri bo‘lib, ishlab chiqarishning barqarorligini ta’minlash, ayniksa, qo‘shimcha qiymatli yuqori mahsulot yaratishga qaratilgandir. Bir vaqtning o‘zida, soha korxonalarining modernizatsiyasi va texnologik yangilanishi, energiya samaradorligini oshirish va atmosferaga zararli chiqindilarni kamaytirish bo‘yicha keng ko‘lamli ishlar olib borilmoqda.

Ko‘rgazmada mahalliy ishlab chiqaruvchilar “O‘zbekneftgaz” AJ va  27 ta kompaniya neft-gaz, kontrol-o‘lchov jihozlari va xizmat ko‘rsatish sohasida o‘z mahsulotlari bilan ishtirok etmoqda. Shundan 10 tasi ilk bor qatnashyapti.  

Haftalik doirasida G2B va B2B formatidagi uchrashuvlar, ikki tomonlama hujjatlarni imzolash marosimlari, energetika sohasidagi texnologiyalar va startaplar tanlovi, biznes-viktorina, energiya tejamkorlik mavzusidagi rasmlar ko‘rgazmalari bo‘lib o‘tadi.  

Shu bilan birga joriy yilda barcha tadbirlar yagona maydonda o‘tkaziladi, bu esa samarali muloqot, tajriba almashinuviga, innovatsiya va biznes muhitni birlashtirishga xizmat qiladi.  

<iframe width="640" height="480" src="https://www.youtube.com/embed/6hAc8CcflWg?si=ljC57eEFZ34mFbFJ" title="YouTube video player" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>

Sanjar Toshpo‘latov, Abror Sodiqov, Ulug‘bek To‘xtayev, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
O‘zbekistonda energetika haftaligi boshlandi (+video)