Mustaqillikning dastlabki yillarida O‘zbekiston ekstremistik va terroristik tahdidlarni o‘z “tana”sida his etdi. Mazkur davrda bir guruh ekstremistlar tomonidan mamlakatda siyosiy tuzumni o‘zgarishtirish, islom xalifaligi tuzish, davlatni shariat me’yorlari asosida boshqarish kabi talablar qo‘yildi.

Ushbu reja va intilishlarning asosiy qismi dinlararo bag‘rikenglik va millatlararo totuvlikning poydevoriga putur yetkazish hamda ko‘p millatli jamiyatimizning barqaror va tinch rivojlanishiga tahdid solishga qaratildi. Shu bilan birga ekstremistlar tomonidan hokimiyatni qurol bilan egallash kabi holatlar kuzatildi.

Terroristik xurujlarning kuchayishi va mamlakatning barqaror rivojlanishiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri tahdidlarning ortishi sharoitida radikal guruhlarni zararsizlantirish, shuningdek, terroristik harakatlar ishtirokchilariga nisbatan qat’iy qonuniy choralar ko‘rildi. Shubhasiz, hukumat tomonidan ko‘rilgan qat’iy choralar aholining xavfsizligini ta’minlash va mamlakat taraqqiyoti uchun barqaror ijtimoiy-siyosiy sharoitlarni yaratishga qaratilgan edi.

bugungi kundaxalqaro terrorizm va ekstremizm o‘zida siyosiy, iqtisodiy, hududiy, ma’naviy, axloqiy va diniy xarakterdagi muammolarni mujassamlashtirgan tobora murakkab ijtimoiy-siyosiy hodisaga aylanmoqda. Bu ekstremizmni faqat kuch vositalari, ya’ni ma’lum bir guruh faoliyatini tugatish yoki ularning “yetakchi”larinijavobgarlikka tortishning o‘zi yetarli emasligini ko‘rsatadi. Zamonaviy sharoitda ekstremizmni bartaraf etish, birinchi navbatda, uning mafkurasiga qarshi kurashni anglatadi. Chunki ekstremistik g‘oyalar vamafkuraning tarqalishi oqibatida bunday guruhlar safi kengayib bormoqda.

Bunga so‘nggi 10 yil ichida O‘zbekistonda bironta ham terroristik harakat amalga oshirilmaganiga qaramay, mamlakat fuqarolarining Suriya, Iroq va Afg‘onistondagi jangovar harakatlardagi ishtiroki misol bo‘la oladi.Shu bilan birga, kelib chiqishi o‘zbekistonlik bo‘lgan shaxslarning AQSH, Shvetsiya va Turkiyada terroristik harakatlarni sodir etishi ham bu muammo yechimiga nisbatan yondashuvni qayta ko‘rib chiqish, aholi orasida diniy mutaassiblikka qarshi kurashish va profilaktik choralar samaradorligini oshirishga katta e’tibor qaratish zarurligini ko‘rsatdi.

Shu munosabat bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev o‘zining yangi siyosiy yo‘nalishida inson huquq va erkinliklarini himoya qilish, xavfsizlik, dinlararo totuvlik va bag‘rikenglikni ta’minlashga katta e’tibor bermoqda. Ushbu yo‘nalishdagi vazifalar 2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasida aniq aks ettirildi.

Xususan, ekstremizmga qarshi kurashish borasidagi yondashuvlar konseptual jihatdan o‘zgardi. Bunda asosiy e’tibor ekstremizmning oqibatlari bilan emas, uning sabab va omillarini bartaraf etishga qaratildi. Mazkur jihatlar quyidagilarda o‘z aksini topdi.

Birinchidan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti “Jaholatga qarshi ma’rifat” g‘oyasi asosida zo‘ravonlik mafkurasi “virusi” tarqalishining oldini olishvazifasini qo‘ydi. Xususan, yoshlarda diniy-axloqiy ongni shakllantirish va ma’rifat asosida ularni mafkuraviy tarbiyalash bu yo‘nalishning asosiy bo‘g‘iniga aylandi.

Mamlakatda diniy ta’limning besh bosqichli tizimi shakllantirildi. Toshkent islom universiteti negizida O‘zbekiston Xalqaro Islom Akademiyasi hamda Kalom, Hadis, Aqida, Islom huquqi, Tasavvuf ilmiy maktablarining diniy-ma’rifiy ta’lim muassasalari sifatida faoliyati yo‘lga qo‘yildi. Islom sivilizatsiyasi markazi, Imom Buxoriy, Imom Termiziy va Imom Motrudiy nomidagi xalqaro tadqiqot markazlari tashkil etildi. Ushbu muassasalarningasosiy vazifasi sifatidaislom dini merosini o‘rganish hamdaunga xos bo‘lgan tinchlik, rahm-shafqat va bag‘rikenglik kabi haqiqiy qadriyatlarni keng targ‘ib qilish belgilab qo‘yildi. 

Shuningdek mazkur sohada o‘qitishning ilmiy-uslubiy asoslari takomillashtirildi. Unda O‘zbekiston hududida yashab ijod qilgan, islom dinining insonparvarlik qadriyatlarini targ‘ib etgan buyuk ilohiyotchilarning diniy va falsafiy asarlarini chuqur fundamental tadqiqotlar asosida o‘rganishga katta e’tibor berildi.

E’tiborli jihati, mazkur jarayonda diniy bag‘rikenglikni ta’minlash masalalarini o‘rganish natijalari asosida ilmiy-tadqiqot ishlarini qo‘llab-quvvatlash, targ‘ibot va tashviqot tadbirlarini o‘tkazish choralari amalga oshirilmoqda. Bunda islom ma’rifati va diniy bag‘rikenglik an’analarini mustahkamlashga qaratilgan ishlarni kuchaytirish kun tartibiga chiqmoqda.

Shu bilan bir qatorda aholining, ayniqsa, yoshlarning bilim saviyasini oshirish bo‘yicha ishlar olib borilmoqda.Ularning ta’lim olish imkoniyatlari kengaymoqda va ta’lim sifati yaxshilanmoqda. Bu ham keng bilim va yuksak tafakkurga ega bo‘lgan yoshlar tarkibini shakllantirishga xizmat qiladi.

Ikkinchidan, so‘nggi yillarda xalqimizga xos insonparvarlik va kechirimlilik siyosatini ekstremistik g‘oyalarga qarshi yo‘naltirishga qaratilgan ishlar ko‘lamini kengaytirish borasida bir qator tashabbuslar ilgari surildi. Xususan, mamlakatimizda ekstremistik guruhlarga aloqador deb hisoblangan 20 mingdan ziyod fuqaro maxsus hisobdan chiqarildi vabunday ro‘yxatlarni yuritish amaliyotidan butunlay voz kechildi. 2017 yildan to bugungi kungacha ekstremizm uchun hukm qilingan 4 mingnafardan ortiq shaxs afv etildi.

O‘tgan davr mobaynida insonparvarlik tamoyilining huquqiy asoslari mustahkamlandi. Jumladan, 2018 yilning 19 sentyabrida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Terroristik, ekstremistik yoki boshqa taqiqlangan tashkilot va guruhlar tarkibiga adashib kirib qolgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarini jinoiy javobgarlikdan ozod etish tartibini takomillashtirish to‘g‘risida”gi Farmoni e’lon qilindi. Mazkur Farmon ekstremistik guruhlar tarkibiga adashib kirib qolgan, shu jumladan, O‘zbekiston Respublikasi hududidan tashqarida bo‘lgan, o‘z qilmishining qonunga xilofligini anglab yetgan va tuzalish yo‘liga o‘tgan fuqarolarga Vataniga, oilasi bag‘riga, tinch hayotga qaytish imkonini beradi.

Farmonga muvofiq tuzilgan komissiya birgina o‘tgan yilning o‘zida taqiqlangan tashkilotlar tarkibiga adashib kirib qolgan 40 nafar fuqarolarni jinoiy javobgarlikdan ozod etish haqida taqdim etilgan murojaatlarni ko‘rib chiqdi.

Bundan ko‘zlangan asosiy maqsad – mazkur toifadagi insonlar o‘zlarini davlat himoyasi va g‘amxo‘rligi ostida, to‘laqonli fuqarolar sifatida his qilishlari uchun shart-sharoitlar yaratishdan iboratdir. Boisi, davlat va jamiyat uchun xavflilik darajasi uncha yuqori bo‘lmagan fuqarolarni ma’muriy va jinoiy javobgarlikka tortish usulidan keng foydalanish o‘zining aks ta’sirini berib, ularni yanada g‘azablantirishga hamda davlatga qarshi harakat qilishga olib kelishi mumkin.

Shuningdek, 2018 yilda “Ekstremizmga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni qabul qilindi. Unda mazkur sohadagi davlat siyosatining asosiy yo‘nalishlari sifatidaekstremizmning oldini olishga doir chora-tadbirlarni amalga oshirish, shu jumladan aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirish, jamiyatda ekstremizmga nisbatan murosasizlik munosabatini shakllantirish, shuningdek uning yuzaga kelishiga imkon beruvchi sabablar va shart-sharoitlarni bartaraf etish belgilangan.

Uchinchidan, mamlakatda ekstremizmni keltirib chiqaruvchi omil va shart-sharoitlarni bartaraf etishga qaratilgan ishlarga katta e’tibor berilmoqda. Bu borada ikki xil yo‘nalishda, ya’ni mafkuraviy va amaliy sa’y-harakatlarni o‘z ichiga olgan kompleks chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Jumladan, mafkuraviy yo‘nalishda amalga oshirilayotgan ishlarga davlat va huquqni muhofaza qilish organlari bilan bir qatorda fuqarolik jamiyati institutlari ham jalb etilmoqda. Xususan, Din ishlari bo‘yicha qo‘mita, Ichki ishlarvazirligi hamda Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi, O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi bilan birgalikda jamiyatda vijdon erkinligi kafolatlari va diniy-ma’rifiy muhit barqarorligini ta’minlash bo‘yicha doimiy hamkorlikni nazarda tutuvchi yangi tizim asosida tegishli ishlar tashkil etilgan.

Yangi tizim doirasidagi hamkorlikning ustuvor yo‘nalishlari etib: 1) din sohasidagi davlat siyosatining asosiy maqsadi, vazifalari va prinsiplarini keng jamoatchilikka, davlat va jamoat tashkilotlari rahbar va xodimlariga tushuntirish, ularning faolligi, tashabbuskorligini oshirish; 2) aholining, ayniqsa yosh avlodning diniy va dunyoviy qarashlarini rivojlantirish; 3) ommaviy axborot vositalari, Internet saytlari va ijtimoiy tarmoqlarda tarqatilayotgan radikal g‘oyalarga qarshi milliy an’ana va qadriyatlarimizning keng targ‘ib etilishini ta’minlash belgilangan.

Bunga asosiy sabab esa yurtimizda kechayotgan ijtimoiy-siyosiy jarayonlarga diniy tus berish, soxta g‘oyalarni asl diniy qadriyatlar sifatida talqin qilish va aholi orasida nosog‘lom aqidani singdirish holatlari kuzatilayotganidir.

Amaliy yo‘nalishda esa sodir etgan qilmishiga pushaymon bo‘lgan hamda tinch turmush tarziga qaytgan fuqarolar, shuningdek, ekstremistik yoki boshqa taqiqlangan tashkilot va guruhlar faoliyatida ishtirok etishga moyil bo‘lgan shaxslarni ish bilan ta’minlash, ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash va tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yishda amaliy yordam ko‘rsatib kelinmoqda.

Shu bilan birga ekstremistik g‘oyalar ta’siriga eng ko‘p tushuvchi toifa vakillari, ya’ni ayollar va yoshlar bilan ishlashga alohida e’tibor qaratildi. Bunda ijtimoiy-iqtisodiy holatni yaxshilash, jinsi, millati va kelib chiqishidan qat’iy nazar teng imkoniyatlar yaratish, kamsitishga yo‘l qo‘ymaslik kabi yo‘nalishlarda ishlar olib borilmoqda.

Asosiy maqsad ekstremistik g‘oyalar ta’siriga qayta tushishga moyil bo‘lgan shaxslarni ham mafkuraviy, ham amaliy qo‘llab-quvvatlash hamda ekstremistlarning ijtimoiy bazasini qisqartirishdir. Eng muhimi, fuqarolarni ushbu buzg‘unchi mafkuraga moyil qiladigan sabab va sharoitlarga, shu jumladan, ijtimoiy tengsizlik, kamsitish, inson huquq va erkinliklarini buzishga qarshi kurashishdir.

To‘rtinchidan, ekstremistik g‘oyalarga qarshi profilaktik choralar nafaqat mamlakat ichkarisida, balki tashqarisida ham faol amalga oshirilmoqda. 2019 yilda boshlangan hamda Yaqin Sharq va Afg‘oniston hududidan O‘zbekiston fuqarolarini olib chiqishga qaratilgan “Mehr” insonparvarlik operatsiyasi bunga yaqqol misol bo‘la oladi. Xususan, 
2019-2020 yillar davomida 318 nafar O‘zbekiston fuqarosi, asosan ayollar va bolalar o‘z Vataniga qaytarildi. Mazkur shaxslarni O‘zbekistonga qaytarish oldidan ular bilan suhbatlar o‘tkazildi va sodir etgan qilmishiga pushaymon bo‘lgan hamda tinch turmush tarziga qaytish niyatida bo‘lgan fuqarolar saralab olindi. Ayni paytda repatriatsiya qilingan shaxslarni reabilitatsiya qilish va ularni jamiyatga ijtimoiy moslashuvi uchun doimiy ravishda individual va maqsadli ishlar olib borilmoqda.

Shuningdek, profilaktik tadbirlar doirasida ekstremistlar domiga tushish ehtimoli katta bo‘lgan shaxslar guruhi, shu jumladan, mehnat muhojirlariga katta e’tibor qaratilmoqda. Ichki ishlar vazirligi, Din ishlari bo‘yicha qo‘mita, O‘zbekiston musulmonlari idorasi, Yoshlar ittifoqi va boshqa jamoat tashkilot vakillaridan tashkil topgan guruhlar muntazam ravishda Rossiya va Qozog‘istondagi o‘zbek mehnat muhojirlari va talabalari o‘rtasida profilaktik tadbirlarni o‘tkazib kelmoqda. Unda ekstremistik g‘oyalar ta’siriga tushib qolmaslik borasida suhbatlar, og‘ir ijtimoiy ahvoldagi fuqarolarga huquqiy va ijtimoiy yordam ko‘rsatish masalalariga alohida urg‘u berilayotgani e’tiborga molik. 

Beshinchidan, ekstremizmga qarshi kurash borasidagi qarashlarning o‘zgarishi jahon hamjamiyati tomonidan ham yuqori baholanmoqda. Boisi, mazkur yo‘nalishdagi ustuvor vazifalar qatoriga mamlakatda diniy bag‘rikenglik va vijdon erkinligini ta’minlash, jamiyatda ijtimoiy-ma’naviy muhitni sog‘lomlashtirish kiritilganidir. 

So‘nggi yillarda O‘zbekistonda din sohasida ham yangicha yondashuv va tamoyillarni o‘zida aks ettirgan keng ko‘lamli islohotlar amalga oshirildi. Diniy tashkilotlar faoliyati erkinligining huquqiy kafolati sezilarli darajada kuchaytirildi. Jumladan, diniy tashkilot faoliyatini tugatish bo‘yicha qaror chiqarish vakolati ro‘yxatga oluvchi organdan sudlarga o‘tkazildi.

Bundan tashqari, yurtimizda jamiyat hamjihatligini ta’minlaydigan muhim omil sifatida konfessiyalararo muloqotni mustahkamlash mexanizmlari takomillashtirildi. 2018 yilda Din ishlari bo‘yicha qo‘mita huzurida jamoatchilik-maslahat organi sifatida faoliyat olib boruvchi Konfessiyalar bo‘yicha kengashning yangi tarkibi tasdiqlandi. Unga O‘zbekistonda ro‘yxatdan o‘tgan turli konfessiyalarga mansub barcha diniy tashkilotlar kiritildi.

Eng muhimi, O‘zbekistonda ekstremizmga qarshi kurashda olib borilayotgan sa’y-harakatlarni xalqaro tashkilotlar nafaqat e’tirof etishmoqda, balki o‘rtaga tashlanayotgan tashabbuslarni ham qo‘llab-quvvatlamoqda. Xususan, 2018 yil 12 dekabrda BMT Bosh assambleyasi tomonidan O‘zbekiston tashabbusi asosida “Ma’rifat va diniy bag‘rikenglik” rezolyutsiyasi qabul qilindi. Mazkur rezolyutsiyani BMTga a’zo barcha davlatlar bir ovozdan ma’qulladi. Aytish joizki, dunyoda dinlararo qarama-qarshiliklar kuchayayotgan, ekstremizdan kelib chiqayotgan tahdidlar ortayotgan bir davrda “Ma’rifat va diniy bag‘rikenglik” rezolyutsiyasi ushbu zamonaviy chaqiriqlarga o‘ziga xos javob bo‘ldi, desak mubolag‘a bo‘lmaydi.

2020 yilning dekabr oyida AQSH Davlat departamenti O‘zbekistonni diniy erkinlik sohasidagi Maxsus kuzatuv ro‘yxatidan chiqardi. Mazkur jarayonni baholar ekan, AQSH Davlat departamenti sobiq kotibiM.Pompeo“O‘zbekistonni boshqa davlatlar uchun o‘rnak bo‘lishi mumkin”ligini qayd etdi.

2020 yil 13 oktyabrda O‘zbekiston tarixda birinchi marta BMTning Inson huquqlari bo‘yicha Kengashiga saylandi. Ushbu saylovlarda O‘zbekiston eng ko‘p ovoz olgan davlat qatorida zikr etildi. Bu ham inson huquq va erkinliklarini ta’minlashga asoslangan ekstremizm va terrorizmga qarshi kurashning dolzarb muammolarini hal qilishda O‘zbekistonning yondashuvlari xalqaro hamjamiyat tomonidan tan olinganini ko‘rsatadi.

Umuman olganda, ekstremizmga qarshi kurash sohasidagi qarashlarning o‘zgarishi bir tomondan, xavfsizlik nuqtai-nazaridan o‘z samarasini berayotgan bo‘lsa, ikkinchidan, islohotlar natijasida fuqarolarning hukumatga bo‘lgan ishonchi ortib, aholining diniy erkinliklari kafolatlari uchun sharoit yaratishga asoslangan davlat va aholi o‘rtasidagi munosabatlarning yangi modeli barpo etilmoqda. Ushbu modelning asosini esa islom ma’rifati va diniy bag‘rikenglik an’analarini mustahkamlash tashkil etmoqda. Bunday yondashuv shubhasiz yaqin istiqbolda o‘z natijasini beradi.

Temur Ahmedov,

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik va 

mintaqalararo tadqiqotlar instituti bo‘lim rahbari

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
O‘zbekistonda ekstremizmga qarshi kurash borasidagi yondashuvlar konseptual jihatdan o‘zgarmoqda