“Dual” so‘zi lotin tilidan olingan bo‘lib, biror narsaning ikki qismga taalluqliligi, ikkita narsani ifodalovchi, ikki qismdan iborat, degan ma’noni anglatadi. Dual ta’lim – o‘quvchi/talabaga ta’limni o‘z yo‘nalishiga mos tashkilotda mehnat qilish bilan birga olib borish imkoniyatini beruvchi tizimdir. Bunda yoshlar 2-3 kun ta’lim muassasasida nazariy bilimlarni va 3-4 kun korxona va tashkilotlarda haqiqiy ish jarayonlarida amaliy ko‘nikmalarni egallaydi.

Vazirlar Mahkamasining joriy yil 16 yanvardagi “Oliy ta’lim tizimida dual ta’limni tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga ko‘ra, 2025/2026-o‘quv yilidan boshlab oliy ta’lim tizimida bosqichma-bosqich dual ta’lim asosida o‘qitish yo‘lga qo‘yilib, “Kasb egasi” dual ta’lim tizimi tashkil etiladi. “Kasb egasi” dual ta’lim tizimi birinchi bosqichda Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat institutining 3 va 4-kurs talabalari uchun joriy qilinadi.

Shuningdek, talabalarning amaliy mashg‘ulotlari korxonalar bilan hamkorlikda o‘tkazilib, ushbu jarayon oliy ta’lim tashkiloti hamda amaliyot rahbari tomonidan muvofiqlashtiriladi, dual ta’lim asosida talabalarning korxonalarda faoliyat yuritgan davri uchun ish haqining 2 million so‘mgacha bo‘lgan qismi Bandlikka ko‘maklashish davlat jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan qoplab beriladi.

Har yili 1 iyunga qadar dual ta’lim shaklida talabalarni qabul qiladigan korxonalar imkoniyatlari o‘rganiladi va dual ta’lim tashkil qilinadigan korxonalar ro‘yxati e’lon qilinadi. Shu bilan birga, har yili 1 sentyabrga qadar dual ta’lim shaklida o‘qishga qabul qilingan talabalarning korxonalarga biriktirilishi bo‘yicha korxona, talaba va oliy ta’lim tashkiloti o‘rtasida shartnoma tuziladi. Dual ta’lim tashkil qilingan korxonalarda talabalarga yaratilgan shart-sharoitlar doimiy monitoring qilinadi.

Shuningdek, ushbu qaror bilan Oliy ta’lim tizimida dual ta’limni tashkil etish tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi. Mazkur nizom dual ta’lim jarayonini tashkil etish, nazariy va amaliy mashg‘ulotlarni muvofiqlashtirish, oliy ta’lim muassasalari hamda ishlab chiqarish korxonalari o‘rtasidagi hamkorlik mexanizmlarini belgilaydi.

Ma’lumot o‘rnida ta’kidlash lozimki, respublikamizda dual ta’limni tatbiq etishdan ko‘zlangan maqsad, eng avvalo iqtisodiyotning barcha sohalarida malakali va zamonaviy kasbiy ko‘nikmalarga ega o‘rta bo‘g‘in kadrlarini tayyorlash hamda yoshlarning kasblar va mutaxassisliklarni egallashga bo‘lgan qiziqishlarini qo‘llab-quvvatlash uchun keng imkoniyatlar yaratishdan iborat. 

Muhayyo Toshqorayeva, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
O‘zbekistonda dual ta’limni qo‘llash qanday natija beradi?