Davlat xizmatlari markazlari – O‘zbekistonda barcha xizmatlarni bir joyda ko‘rsatishga mo‘ljallangan, barcha qulayliklar yaratilgan tizim. Ushbu sohada aholiga ko‘rsatiladigan xizmatlar soni yildan yilga ko‘paytirilmoqda va qulaylashtirilmoqda.

Toshkent shahar Shayxontohur tumani davlat xizmatlari markazida himoyaga muhtoj aholiga davlat xizmatlarini qulay shaklda  ko‘rsatish ko‘lamini oshirish hamda amalda ularga qo‘shimcha qulayliklar yaratishga qaratilgan “O‘zbekistonda davlat  xizmatlari ko‘rsatishni yanada takomillashtirish” loyihasiga start berilgani bu boradagi yana bir muhim qadam bo‘ldi. 

Shu munosabat bilan tashkil etilgan tadbirda adliya vaziri Akbar Toshqulov, Yevropa Ittifoqining  O‘zbekistondagi vakolatxonasi hamkorlik bo‘limi rahbari Vim Riyempa, BMT Taraqqiyot dasturining O‘zbekistondagi doimiy vakili Akiko Fujii, shuningdek, xorijiy davlatlar va xalqaro tashkilotlar, milliy hamkor tashkilotlar vakillari ishtirok etdi. 

Loyihada inklyuziv va  foydalanuvchilarga yo‘naltirilgan davlat xizmatlaridan foydalanish imkoniyatini yaratish, raqamlashtirish orqali ilg‘or texnologiyalar va amaliyotlarni integratsiyalash kabi maqsadlar qo‘yilgan. 

Davlat xizmatlarini ko‘rsatishda inson omilini kamaytirish orqali xizmatlarni avtomat shaklga o‘tkazish, proaktiv xizmatlarni kengaytirish, sun’iy intellektni joriy qilish hamda  aholining o‘ziga o‘zi xizmat ko‘rsatish imkoniyatlarini oshirishga doir tadbirlar amalga oshiriladi. 

Ushbu maqsadlarni amalga oshirish orqali davlat  xizmatlarini ko‘rsatish jozibadorligi oshadi. Imkoniyati cheklangan va nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun yanada qulay muhit yaratiladi.

Aytib o‘tish kerakki, Adliya vazirligi, Yevropa Ittifoqining O‘zbekistondagi vakolatxonasi hamda BMT Taraqqiyot dasturi bilan birgalikda amalga oshirilgan 2019-2024 yillarga mo‘ljallangan “O‘zbekistonning qishloq hududlarida davlat xizmatlarini taqdim etishni takomillashtirish va boshqaruv darajasini oshirish” qo‘shma loyihasining birinchi fazasi muvaffaqiyatli yakunlandi. Loyiha doirasida FHDYO dalolatnoma yozuvlari raqamlashtirildi, xizmatlarni real vaqt rejimida monitoring qilish bo‘yicha Situatsion markaz ishga tushirildi, hududlarda xodimlarning salohiyatini oshirish bo‘yicha bir qancha treninglar o‘tkazildi. Davlat xizmatlari markazlarida inklyuziv muhit yaratilgani imkoniyati cheklangan shaxslar uchun davlat  xizmatlaridan foydalanishda teng imkoniyatlarni ta’minladi. 

N.Abduraimova,

O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
O‘zbekistonda davlat xizmatlari ko‘rsatishni yanada takomillashtirishga oid yangi loyihaga start berildi