Ma’lumotlarga ko‘ra, har yili insoniyatning yashash tarzi sababli 2 milliard tonnadan ortiq maishiy, qattiq chiqindilar chiqadi. 2050 yilga kelib bu ko‘rsatkich 3,4 milliard tonnaga ko‘tarilishi mumkinligi qayd etilgan. Dunyo davlatlari bugungi kunda bu muammoga turlicha yechimlar izlamoqda. Masalan, Yaponiyada aholi chiqindini mustaqil ravishda o‘nlab toifalarga ajratadi.

Yurtimizda yiliga 14 million tonna chiqindi hosil bo‘ladi. Lekin ularning atigi 4-5 foizi qayta ishlanadi. Chiqindi poligonlaridan 7 million tonnadan ziyod issiqxona gazlari atmosferaga chiqadi, 43 ming tonna zaharli filtratlar yer ostiga singadi.  

Chiqindilarni qayta ishlash orqali ham uning tabiatga ta’sirini kamaytirish, ham foyda olish mumkin. Shu maqsadda Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi tomonidan xorijiy investorlar bilan hamkorlikda qator loyihalar ishlab chiqilgan. Qariyb 1 milliard 300 million dollarlik investitsiyalarni jalb etgan holda, 8 ta chiqindi yoqish zavodi qurish hamda Ohangaron poligonida chiqindi gazini qayta ishlash rejalashtirilgan.  

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi, Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi, Energetika vazirligi hamda Xitoy Xalq Respublikasi va Birlashgan Arab Amirliklarining jami 6 ta yirik kompaniyasi o‘rtasida qo‘shma rivojlantirish shartnomalari imzolandi.  

Unga ko‘ra, umumiy qiymati 1,28 milliard AQSH dollari miqdoridagi loyihalar natijasida qattiq maishiy chiqindilardan oqilona foydalanish ta’minlanadi. Yiliga 4,7 million tonnadan ortiq chiqindini yoqish orqali 2,1 milliard kVt/soat elektr energiyasi ishlab chiqarilib, poligonlar soni besh barobarga qisqarishiga erishiladi. 97 million AQSH dollari qiymatidagi elektr energiyasi sotiladi. Shuningdek, bular orqali 152 million metr kub tabiiy gaz iqtisod qilinadi hamda 2,4 million tonna issiqxona gazlari kamayadi. 1 ming 200 ta yangi ish o‘rni yaratiladi. Loyihalar 2025-2027 yillarda Andijon, Buxoro, Jizzax, Qashqadaryo, Navoiy, Namangan, Samarqand, Sirdaryo, Farg‘ona, Toshkent viloyatlari va Toshkent shahrida amalga oshirilishi rejalashtirilgan.  

Xitoy Xalq Respublikasining “China CAMC Engineering” kompaniyasi loyihasiga ko‘ra, Toshkent va Andijon viloyatlarida har biriga bittadan qiymati 350 million AQSH dollari bo‘lgan, 12 gektardan yer maydonida 2 ta chiqindi yoqish zavodi quriladi. Qurilish jarayonlari 2025 yil yanvardan boshlanib, 2026 yil dekabrda qattiq maishiy chiqindilarni yoqish orqali elektr energiya ishlab chiqarishga mo‘ljallangan zavodlar ishga tushishi rejalashtirilgan. Mazkur loyiha orqali yiliga 1,38 million tonna chiqindi termik usulda utilizatsiya qilinib, atrof-muhitga ta’siri kamayadi va 630 million kVt/soat elektr energiya ishlab chiqariladi. Chiqindi poligonlari 50 foizga qisqaradi, 36 ming xonadon elektr energiya bilan ta’minlanadi. Shuningdek, 300 ta qo‘shimcha ish o‘rni yaratiladi.  

Sanitar tozalash ishlarini tashkil etish respublika markazi matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, Xitoy Xalq Respublikasining “Shanghai SUS Environment” kompaniyasi loyihasiga ko‘ra, Samarqand va Qashqadaryoda har bir viloyatda 1 tadan qiymati 310 million AQSH dollari bo‘lgan 2 ta chiqindi yoqish zavodi quriladi.  

Bundan tashqari, Xitoy Xalq Respublikasining “Chengdu Environmental Group” kompaniyasi loyihasiga ko‘ra, Jizzax viloyatida qiymati 135 million AQSH dollari bo‘lgan, 12 gektar yer maydonida chiqindi yoqish zavodi quriladi. Qurilish jarayonlari 2025 yil yanvardan boshlanib, 2026 yil dekabrda Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida qattiq maishiy chiqindilarni yoqish orqali qurilish materiallari hamda elektr energiya ishlab chiqarishga mo‘ljallangan zavod ishga tushishi rejalashtirilgan. Mazkur loyiha orqali yiliga 547,5 ming tonna chiqindi termik usulda utilizatsiya qilinib, atrof-muhitga ta’siri kamayadi va 230 million kVt/soat elektr energiya ishlab chiqariladi, chiqindi poligonlari 50 foizga qisqaradi, 13 ming xonadon elektr energiya bilan ta’minlanadi. 150 ta qo‘shimcha ish o‘rni yaratiladi.  

Birlashgan Arab Amirliklarining “Tadweer Group” kompaniyasi loyihasiga ko‘ra, Buxoro viloyatida qiymati 200 million AQSH dollari bo‘lgan, 12 gektar yer maydonida chiqindi yoqish zavodi quriladi. Qurilish jarayonlari 2025 yil yanvardan boshlanadi. 2026 yil dekabrda Buxoro va Navoiy viloyatlarida qattiq maishiy chiqindilarni yoqish orqali elektr energiya ishlab chiqarishga mo‘ljallangan zavod ishga tushishi rejalashtirilgan. Mazkur loyiha orqali yiliga 547,5 ming tonna chiqindi termik usulda utilizatsiya qilinib, atrof-muhitga ta’siri kamayadi va 363 million kVt/soat elektr energiya ishlab chiqariladi, chiqindi poligonlari 50 foizga qisqaradi. 21 ming xonadon elektr energiya bilan ta’minlanadi. 150 ta qo‘shimcha ish o‘rni yaratiladi va yiliga 350 nafar malakali mutaxassis tayyorlanishiga erishiladi.  

Janubiy Koreya Respublikasining “Sejin” kompaniyasi loyihasiga ko‘ra, Toshkent viloyatida qiymati 55 million AQSH dollari bo‘lgan, 59 gektar yer maydonida 1 ta chiqindilarni qayta ishlash orqali muqobil energiya ishlab chiqarishga moslashgan zavod quriladi. Loyiha 2025 yil avgustda ishga tushishi rejalashtirilgan. Mazkur loyiha orqali chiqindilar termik usulda utilizatsiya qilinib, 53 ming tonna issiqxona gazlari, 2 tonna zararlangan sizot suvlari kamayadi, 59 gektar poligon rekultivatsiya qilinadi va 16 million kVt/soat elektr energiya ishlab chiqariladi. 40 ta qo‘shimcha ish o‘rni yaratiladi.  

Ta’kidlash joizki, bu kabi yetakchi xorijiy kompaniyalar bilan hamkorlik aloqalari o‘rnatilishi mamlakatimizda chiqindilarni boshqarish sohasida sirkulyar iqtisodiyotni rivojlantirish hisobiga ekologik vaziyat barqarorlashishi, sanitar holat yaxshilanishi, aholiga xavfli kasalliklar yuqishi kamayishi bilan ahamiyatli. Qolaversa, chiqindilarning qayta ishlanishi muqobil energiya, xomashyo va organik o‘g‘it olinishi, mavjud chiqindi poligonlari hududida ekosanoat zonalari tashkil etilishiga xizmat qiladi.  

Muhayyo Toshqorayeva,  

O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
O‘zbekistonda chiqindi muammosi qay tarzda hal etiladi?