Özbekistonda bulutli texnologiyalar infratuzilmasi rivojlantiriladi
Raqamli texnologiyalar vaziri Şerzod Şermatov Oracle kompaniyasi vakillari bilan uçraşuv ötkazdi.
Unda Oracle kompaniyasining Yevropa, Yaqin Şarq va Afrika mintaqasi böyiça Mid-Market yönalişi katta vitse-prezidenti Çerian Vargeze onlayn iştirok etdi.
Uçraşuvda Özbekistonda bulutli texnologiyalar infratuzilmasini rivojlantiriş, maʼlumotlar markazlari imkoniyatlarini kengaytiriş hamda Oracle’ning ilğor texnologik yeçimlarini mamlakatimizda joriy etiş istiqbollari muhokama qilindi.
Xususan, Oracle kompaniyasi vakillari tomonidan OCI platformasining imkoniyatlari, bulutli infratuzilma yeçimlari taqdim etildi. Muzokaralarda maʼlumotlar suverenitetini taʼminlaş, axborot xavfsizligini kuçaytiriş masalalariga alohida eʼtibor qaratildi.
Şuningdek, sunʼiy intellekt sohasidagi ilğor texnologiyalardan foydalaniş, mamlakatda zarur infratuzilmani şakllantiriş va uşbu yönalişda xalqaro hamkorlikni kengaytiriş istiqbollari körib çiqildi.
Tomonlar hamkorlikning bir neçta modelini, jumladan, faqat davlat ehtiyojlari uçun möljallangan hamda telekommunikatsiya operatorlari va boşqa tijorat taşkilotlariga ham xizmat körsatiş imkonini beruvçi modellarni körib çiqdi.
N.Rahmonova,
ÖzA