Bu esa mamlakatdagi biznes muhitining ijobiy holatidan dalolat beradi. Umumiy dinamika aksariyat tarmoqlarda tiklanishni, sanoat va xizmatlar kuchli o‘sishni ko‘rsatmoqda, qishloq xo‘jaligi barqarorligicha qolmoqda, qurilish esa to‘xtab qolgan.

Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi respublika bo‘yicha tadbirkorlar o‘rtasida o‘tkazilgan so‘rovlar asosida 2025 yilning aprel oyi uchun biznes muhiti tahlili natijalarini taqdim etdi. Olingan ma’lumotlarga asoslanib, biznesning holati va ularning kutilmalarini joriy baholashni tavsiflovchi konsolidatsiyalangan biznes muhiti ko‘rsatkichi shakllantirildi.

Biznes muhiti indeksi

Aprel oyida biznes muhiti indeksi o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 8 bandga oshdi va 57 bandni (-100 dan +100 shkalada) tashkil etdi. Bu esa uzoq muddatli istiqbolda biznesning ishonchi mustahkamlanganidan dalolat beradi.

O‘zbekiston biznes muhiti dinamikasi

Biznes muhitining joriy holati indeksi o‘tgan yilning aprel oyiga nisbatan 11 bandga o‘sib, 41 bandni tashkil etdi. 

Joriy biznes holati indeksi tadbirkorlarning mamlakatdagi savdo, bandlik, talab, resurslardan foydalanish, faoliyat muhitining barqarorligi kabi real vaziyat va biznes yuritish shartlari haqidagi tasavvurlarini aks ettiradi.

So‘rovnomaga ko‘ra, respondentlarning 38 foizi so‘nggi uch oyda o‘z bizneslari holati yaxshilanganini qayd etdi, bu o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 6 foiz bandga yuqori.

Bundan tashqari, respondentlarning 26 foizi so‘nggi oylarda o‘z ishchilari sonini ko‘paytirdi. Bu nafaqat biznesga bo‘lgan ishonchning ortishi, balki kompaniyalarning operatsion faoliyatining kengayganidan dalolat beradi.

Shu bilan birga, biznesning istiqboldagi kutilmalari indeksi yil davomida 5 bandga oshib, 74 bandga yetdi. Tadbirkorlarning barqarorlikka ishonchi tobora ortib bormoqda.

Tadbirkorlarning aksariyati (78 foizi) kelgusida o‘z biznesining holati yaxshilanishiga ishonishadi, bu o‘tgan yilga nisbatan 5 foiz bandga yuqori. Bandlikning kutilayotgan o‘sishi ancha yuqori darajada qolmoqda (61 foiz), bu biznes kengayishi barqarorligini tasdiqlaydi.

Shu bilan birga, narxlar tushishini kutayotganlarning ulushi unchalik katta emas va atigi 7 foizni tashkil etadi. Bu esa joriy narxlar darajasini saqlab qolish umidlarini yoki o‘rtacha inflyatsiya kutishlarini aks ettirishi mumkin.

Sektor tahlili

Sanoat sektori barqarorlik va mo‘’tadil optimizmni ko‘rsatmoqda. Sanoatdagi tadbirkorlarning 41 foizi biznesning joriy holatini yaxshi deb baholaydi, bu o‘rtacha ko‘rsatkichdan yuqori. Ijobiy umidlar sezilarli darajada oshdi: tadbirkorlarning 83 foizi o‘tgan yilgi 76 foizga nisbatan kelgusida biznesning holati yanada yaxshilanishini bildirdi. Bu barcha tarmoqlar orasida optimizmning eng yuqori darajasidir. So‘nggi uch oyda ijobiy dinamikaning o‘sishi ham tasdiqlandi: 38 foizi biznesdagi vaziyat yaxshilangani haqida xabar berdi.

Qishloq xo‘jaligi barqaror o‘sish sur’atlarini ko‘rsatmoqda. Tadbirkorlarning deyarli yarmi (46 foiz) biznesning joriy holatini qoniqarli deb baholaydi. Bandlikning o‘sishi qayd etildi, respondentlarning 27 foizi esa ishchilar soni o‘sganligini bildirdi. Bu esa operatsiyalarning kengayishining belgisidir. Kelgusida biznes holati yanada yaxshilanishni kutayotganlarning ulushi ham ortib, 79 foizni tashkil etdi (+5 f.b.), bu qishloq xo‘jaligi sohasida ijobiy kayfiyatni aks ettiradi.

Xizmatlar sohasi qisqa muddatda eng katta faollikni ko‘rsatadi. Shunday qilib, respondentlarning 43 foizi so‘nggi oyda talabning o‘sganligini qayd etdi, bu boshqa tarmoqlarga qaraganda yuqori. Ishtirokchilarning 42 foizi biznesning hozirgi holatini yaxshi deb baholasa, 76 foizi kelgusida biznes yanada yaxshilanishini kutmoqda. Bu esa iste’mol talabining tiklanishi va sektorning iqtisodiy sharoitlarga moslashuvchanligini ko‘rsatishi mumkin.  

Qurilish sektori aksincha, turg‘unlikni ko‘rsatmoqda.

Respondentlarning yarmidan ko‘pi (51 foizi) biznes holati o‘zgarmaganini va faqat 19 foizi yaxshilanishni kutayotganini aytdi, bu barcha sektorlar bo‘yicha eng past ko‘rsatkichdir.

Umuman olganda, tarmoqlararo tahlil shuni ko‘rsatadiki, sanoat va xizmatlar tiklanish bosqichida, qishloq xo‘jaligi o‘rtacha ijobiy trayektoriyani saqlab turibdi, qurilish esa biznesning ishonchi va faolligining asosiy ko‘rsatkichlari bo‘yicha orqada qolishda davom etmoqda.  

Biznesning dolzarb muammolari

So‘rov turli iqtisodiyot tarmoqlarida biznes muhitidagi asosiy to‘siqlar va o‘zgarishlarni aniqladi.

Qishloq xo‘jaligida 10 foizdan 12 foizgacha moliyalashtirishdagi muammolar, shuningdek, 4 foizdan 6 foizga yer olishdagi muammolar ko‘paydi. Past talab va korrupsiya bilan bog‘liq qiyinchiliklarning ortishi qayd etildi, garchi bu muammolar nisbatan past darajada qolmoqda.

Sanoatda, aksincha, to‘siqlar sonining qisqarishi kuzatilmoqda. Elektr ta’minoti bilan bog‘liq muammolar 7 foizdan 2 foizga, soliq ma’murchiligi – 10 foizdan 7 foizga, gaz ta’minoti bilan bog‘liq muammolar 4 foizdan 1 foizga, xomashyo narxlari va ularning yetishmasligi bilan bog‘liq muammolar 3 foizdan 1 foizga kamaydi.

Qurilish sohasida past talab bilan bog‘liq muammolar 6 foizdan 1 foizga, soliq ma’murchiligi esa 6 foizdan 4 foizga kamaydi. Shu bilan birga, moliyalashtirish bilan bog‘liq muammolar 8 foizdan 11 foizga, elektr ta’minotida esa 2 foizdan 4 foizga ko‘paygan.  

Xizmatlar sohasida ham ijobiy o‘zgarishlar kuzatilmoqda. 

Moliyalashtirish bilan bog‘liq muammolar 16 foizdan 9 foizga, past talab 8 foizdan 3 foizga, yuqori soliq stavkalari 12 foizdan 8 foizga, gaz ta’minotidagi muammolar 4 foizdan 1 foizga kamaydi.  

Umuman olganda, O‘zbekistondagi biznes muhiti ijobiy dinamikani namoyon etmoqda. Moliyalashtirish va infratuzilma muammolari bilan bog‘liq ayrim qiyinchiliklarga qaramasdan, aksariyat tarmoqlarda ishbilarmonlik faolligining barqaror o‘sishi kuzatilmoqda. Sanoat va xizmat ko‘rsatish sohasi eng katta optimizmni ko‘rsatmoqda, qishloq xo‘jaligi o‘rtacha o‘sishni ta’minlamoqda, qurilishda talabning pastligi va moliyalashtirishning cheklanganligi bilan bog‘liq qiyinchiliklar mavjud.

Ma’lumot uchun, O‘zbekiston biznes muhiti indeksi Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi tomonidan sanoatning turli tarmoqlaridagi 1000 dan ortiq korxonalarda o‘tkazilgan so‘rovlar asosida hisoblab chiqiladi. Biznes muhitining o‘zgarishi indikatori IFO instituti (Germaniya) metodologiyasiga asoslangan. So‘rovlar davomida korxona rahbarlari ishlab chiqarish dinamikasi, talab, narxlar va boshqa ko‘rsatkichlar asosida tadbirkorlik faoliyatidagi joriy va kutilayotgan o‘zgarishlarni baholaydi.  

O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
O‘zbekistonda biznes muhiti indeksi ijobiy saqlanib qolmoqda