Baliqchilik biznesini esa eng serdaromad sohalardan biri deyish mumkin. So‘nggi yillarda baliqchilik sohasini takomillashtirish va bu jarayonda soha vakillarini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan bir qator qaror va farmonlar qabul qilindi. Bularning ijrosini ta’minlash asosida sohaga ko‘plab imtiyoz va yengilliklar berildi, yangi innovatsion va intensiv texnologiyalar kirib kela boshladi.

AOKA da “O‘zbekbaliqsanoat” uyushmasi rahbariyati ishtirokida o‘tkazilgan matbuot anjumunida baliqchilikni rivojlantirishda intensivlashtirishning ahamiyati hamda sohada amalga oshirilayotgan ishlar, istiqboldagi rejalar haqida ma’lumot berildi.

Qayd etilishicha, baliqchilik sohasi rivojlangan xorijiy davlatlar, xususan, Janubiy Koreya, Yaponiya, Xitoy, Eron va Vengriya kabi davlatlar bilan yaqindan hamkorlik aloqalari o‘rnatilib, respublikamizda baliqchilik sohasini rivojlantirish bo‘yicha loyihalar amalga oshirish yuzasidan kelishuvlarga erishildi. Jumladan,  Janubiy Koreya davlati bilan O‘zbekistonda ilk bor krevetkani sanoat usulida yetishtirish loyihasi, Vengriya bilan mavjud baliqlar naslini yangilash va yangi baliq turlarini iqlimlashtirishga ixtisoslashgan “Naslchilik markazi”ni tashkil etish va Xitoy davlati bilan “Qizil kitob”ga kiritilgan baliq turlarining populyatsiyasini tiklash kabi vazifalar amalga oshirildi.  

Baliqlar uchun yem ishlab chiqarish yo‘nalishi bo‘yicha jahondagi yetakchi yem ishlab chiqarish kompaniyalarining filiallarini respublikamizda barpo etish masalasi yuzasidan Niderlandiya hamda Eron davlatlari bilan hamkorliklar yo‘lga qo‘yildi.

Bugungi kunda  baliq yetishtirishning zamonaviy hamda samarali usullari keng ravishda joriy etib kelinmoqda. Xususan, aholini noyob baliq go‘shti mahsulotlariga bo‘lgan talabini qondirish maqsadida tog‘ va tog‘ oldi hududlarida sovuq suv baliqlarini (forel, osyotr, losos) yetishtirishga ixtisoslashgan baliqchilik xo‘jaliklarining mavjud quvvatlarini kengaytirish hamda yangi loyihalarni tashkil etish orqali baliq turlarining xilma-xilligi oshirilmoqda.

Joriy yilning o‘zida sovuq suv baliqlarini yetishtirish bo‘yicha quvvati 4 ming tonna bo‘lgan 21 ta (shundan yangi xo‘jaliklar soni 17 ta) loyiha shakllantirilgan. Sovuq suv baliqlarini yetishtiruvchi xo‘jaliklar soni joriy yilning yakuni bilan 41 taga, quvvati esa 10 ming tonnaga yetkaziladi.

Tabiiy suv, havza va suv omborlarida baliq yetishtirishning samarali usuli bo‘lgan qafas moslamalarida baliq yetishtirish yo‘nalishi bo‘yicha ham bir necha ishlar amalga oshirilmoqda. Ushbu intensiv texnologiyaning ham afzallik tomonlari ko‘p bo‘lib, qo‘shimcha yer maydoni, alohida suv manbai va elektr energiyani talab qilmaydi.  

Hozirgi kunda, Xorazm viloyati Tuproqqal’a tumanida joylashgan “Chegara” tabiiy suv havzasiga “Baqra Aquatech” MCHJ tomonidan diametri 22 metr bo‘lgan 18 dona okeanik qafas moslamalari o‘rnatilib, karp baliqlari yetishtirilmoqda.  

Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumanidagi “Xojikent” suv omboriga ham “Golden Fish grupp” MCHJ tomonidan o‘rnatilgan jami 73 ta turli o‘lchamdagi qafas moslamalarida sovuq suv baliqlari parvarishlanmoqda.

Qafas usulida baliq yetishtirish ishlari respublikaning deyarli barcha hududlarida amalga oshirilib kelinmoqda. Hozirda suv havzalariga o‘rnatilgan qafas moslamalari soni respublika bo‘yicha 1,5 mingtani tashkil etadi.

Mutaxassislarning ta’kidlashicha, sohani rivojlantirishning hozirgi kundagi asosiy negizi hamda hamyonbop usuli bo‘lgan yarim intensiv texnologiyasi asosida baliq yetishtirish ishlari jadallik bilan joriy etilmoqda. Ushbu texnologiya orqali baliq yetishtirilganda 1 gektar maydondagi havzaga suvni kislorod bilan boyitib, oqimini shakllantiruvchi 2 yoki 4 dona aerator moslamalari o‘rnatiladi. Natijada baliq yetishtirish hosildorligi 3-4 barobarga oshadi.  Hozirda jami 8 ming gektardan ortiq maydonlar intensivlashtirilgan.

Muhayyo Toshqorayeva, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
O‘zbekistonda baliq yetishtirish hosildorligini qanday oshirish mumkin?