Saytimizda fizika-matematika fanlari doktori, professor Muhayyo Rasulova bilan videosuhbat e’lon qilingan edi (https://uza.uz/posts/681126). Unda bugungi kunda Yadro fizikasi institutida ish faoliyatini olib borayotgan olimaning ilmiy izlanishlari xususida so‘z yuritiladi.

Rasulovaning ilmiy ishlari matematik statistik fizikaning o‘zaro ta’sirlashuvchi ko‘p zarrali kvant tizimlar evolyutsiyasini ifodalovchi Bogolyubov kvant kinetik tenglamalar zanjirining yechimini topishga bag‘ishlangan.

Ko‘p yillik ilmiy izlanishlari natijasida olima dunyoda birinchi marta ko‘p zarrali kvant tizimlar nazariyasi asosida axborotning xavfsizligini to‘liq ta’minlovchi kriptografik tizimni yaratdi va u eksperimental tasdiqlandi. Bu natijalar qator ilmiy ishlarda rivojlantirildi.

Suhbat jarayonida olima bugun o‘z oldiga O‘zbekistonda kvant tizimlar nazariyotchilarini tayyorlashni maqsad qilgani va o‘zi yaratgan nazariyani amaliyotga tatbiq qiluvchi axborot kommunikatsiya sohasida kuchli bilimga ega bo‘lgan muhandislar bilan ishlash niyati borligini bildirgandi.

O‘zA saytida e’lon qilingan ushbu suhbatdan so‘ng 21 yoshli talaba Abdulaziz Orifjonov Yadro fizikasi institutiga boradi va olima bilan uchrashadi.

Muhayyo opa o‘z nazariyasini amaliyotga tatbiq etishni istagan ko‘plab muhandislar bilan ishlab ko‘rgan. Ammo ularning urinishlari muvaffaqiyatsiz chiqqan. Bu safar ham Rasulova tavakkal qilib, talaba yigitga imkon beradi. Ikki kundan so‘ng Abdulaziz olimaning yoniga kutilgan natija bilan keladi. Opa o‘z nazariyasini mana shu talaba yigit uddalaganidan juda xursand.

Axborot sohasida yaratilgan ushbu muhim yangilikni sinov sifatida fizik olimlar hamda OAV vakillariga yetkazish maqsadida Yadro fizikasi institutida seminar tashkil etildi.

Seminarda dastlab Muhayyo Rasulova ko‘p zarrali kvant tizimlar nazariyasi asosida axborotning xavfsizligini to‘liq ta’minlovchi kriptografik tizim haqida batafsil ma’lumot berdi.

Orifjonov M.Rasulovaning nazariy natijalari to‘g‘riligini isbotlovchi tajribani muvaffaqiyatli namoyish etdi.

<iframe width="650" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/ujNRnqcVLhs" title="O‘zbekistonda axborot xavfsizligi sohasida muhim yangilik yaratildi" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>

Nigora Rahmonova, Nishonboy Abduvoitov (video), Ulug‘bek To‘xtayev (montaj), O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
O‘zbekistonda axborot xavfsizligi sohasida muhim yangilik yaratildi (+video)