Joriy yil 4-mart kuni “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident qarori qabul qilingan edi.

Mazkur qaror bilan rasmiy statistika sohasida islohotlarni chuqurlashtirish bo‘yicha “yo‘l xaritasi”da tasdiqlangan. Prezident huzuridagi Statistika agentligiga 2025−2026-yillarda aholini ro‘yxatga olish ishlarini tashkil etish vazifasi yuklatildi.  

Joriy yil davomida agentlik aholini ro‘yxatga olishni o‘tkazishga tayyorgarlik ko‘rish ishlarini davom ettiradi. Jumladan, agentlikka aholini ro‘yxatga olishni aholining keng ommasiga tushuntirish bo‘yicha targ‘ibot-tashviqot ishlarida foydalanish uchun videorolik, banner, flayer va bukletlar tayyorlash, 2021-yilda o‘tkazilgan sinov natijalari va xalqaro ekspertlarning tavsiyalari asosida aholini ro‘yxatga olish savolnomalari shakllarini takomillashtirish vazifalari yuklatildi.  

Shuningdek, agentlik xalqaro tajriba va ekspertlarning tavsiyalari asosida «Aholini ro‘yxatga olish» axborot tizimini takomillashtirishi va ro‘yxatga olish natijalari chiquvchi jadvallar namunalarini shakllantirishi, shuningdek, aholini ro‘yxatga olishning tashkiliy rejasini ishlab chiqishi kerak.  

Aholini ro‘yxatga olish esa 2025−2026-yillarda o‘tkazilishi, natijalari esa 2026−2027-yillarda tayyorlanishi va e’lon qilinishi rejalashtirilmoqda.  

Bundan tashqari, 2025-yil oxirigacha Statistika agentligi qishloq xo‘jaligi sohasida ro‘yxatdan o‘tkazishga tayyorgarlik ko‘rish va uni amalga oshirishga doir uslubiy hujjatlarni ishlab chiqishi kerak. Bu mamlakat agrar sektorining holatini — yer uchastkalari hajmi, yer egaligi, yerdan foydalanish turlari, maydonlar, sug‘orish, chorva mollari, jalb qilingan mehnat va boshqa qishloq xo‘jaligi resurslarini aks ettiruvchi tadqiqotdir.  

2027−2028-yillarda qishloq xo‘jaligi sohasida ro‘yxatdan o‘tkazish ishlarini amalga oshirish yuzasidan normativ-huquqiy hujjat loyihasini tayyorlash rejalashtirilgan.  

Ma’lumot o‘rnida aytish joiz, O‘zbekistonda 34-yildan buyon aholini ro‘yxatga olish o‘tkazilmagan. Pandemiya sababli u 2022-yildan 2023-yil noyabriga ko‘chirilgan edi.  

Sh.Mamaturopova,  

O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
O‘zbekistonda aholini ro‘yxatga olish yillari ma’lum qilindi