O‘zbekistonda 488 nafar ko‘ngilli emlandi
Xitoyning Anhui Zhifei Loncom Biofarmaceutical kompaniyasi tomonidan yaratilgan ZF2001 rekombinant vaksinasi sinovi davom etmoqda.
Joriy yilning 26 dekabr holatiga O‘zbekistonda 488 nafar ko‘ngilli emlandi.
Yangi koronavirus rekombinant vaksinasi (CHO hujayraci)ning 18 yoshdan yuqori bo‘lgan insonlardagi xavfsizligi va COVID-19 dan himoya qilish samaradorligini aniqlash uchun o‘tkazilayotir. Bu tasodifiy, ikki tomonlama noma’lum, platsebo nazoratli III faza klinik sinov hisoblanadi.
Ushbu tadqiqot butun dunyo bo‘yicha bir necha markazlarda o‘tkazilmoqda va 18 yoshdan oshgan jami 29 ming ko‘ngillini qamrab oladi.

Xitoydagi ko‘ngillilarda vaksinaning xavfsizligi va immunogenligi tekshiriladi. Xitoydan tashqaridagi davlatlarda esa vaksinaning xavfsizligi, himoyaviy samaradorligi va immunogenligi o‘rganiladi.
bugungi kunga kelib ushbu vaksinaning I va II faza klinik tadqiqotlari o‘tkazilgan bo‘lib, bu vaksinaning xavfsiz ekanligini ko‘rsatdi.
Shu sababdan ham vaksinaning xavfsizligi va COVID-19 infeksiyasining oldini olishdagi samaradorligini aniqlash maqsadida hamda vaksinaning ishlab chiqarilishiga ruxsat etilishi va tez orada keng miqyosda qo‘llanilishini ta’minlash maqsadida III faza klinik tadqiqotlari o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

Innovatsiya vazirligi vaksina sinovlarida ishtirok etishni istaganlardan quyidagi havola orqali ro‘yxatdan o‘tishini suraydi:
https://docs.google.com/forms/d/e/1FAIpQLSchjzL-QOnSJ9L7lPkbfTkCCKncOd98S0MeoZ-1N_dmMruEkQ/viewform
Sinovda 18 dan 59 yoshgacha bo‘lgan, avval koronavirusga chalinmagan ko‘ngillilar ishtirok etishi mumkin. Sinovda faqat Toshkent shahrida istiqomat qiluvchi aholi ishtirok etadi.
Ushbu sinov davomida sizga har 30 kunda 3 doza vaksina yoki nazorat eritma (platsebo) yuboriladi. 1 yil davomida shifokorlar nazoratida bo‘lasiz. Sinovga aloqador har qanday nojo‘ya ta’sirlar sug‘urtalanadi. Sinov jarayonining har bir bosqichi xalqaro standartlar asosida olib borilmoqda.
Muattar Burhonova, O‘zA