Statistika agentligining ma’lum qilishicha, 2024 yil yakunlariga ko‘ra, O‘zbekistonda rasmiy inflyatsiya 9,8 foizni tashkil etdi. Qayd etilishicha, o‘tgan yilda oziq-ovqat narxlari 2,4 foizga, nooziq-ovqat tovarlar 7,7 foizga, xizmatlar narxi esa 26,7 foizga oshgan.

O‘tgan yil davomida guruch 6,3 foizga, bug‘doy uni 3,9 foizga, shakar 3,7 foizga, tuxum 7,3 foizga arzonlashgan.

O‘z navbatida bir qator asosiy turdagi tovarlarning bahosi sezilarli darajada qimmatlashgan:

Suyakli mol go‘shti – 13,3 foiz, qo‘y go‘shti – 14,6 foiz, tovuq go‘shti – 1 foiz, kungaboqar yog‘i – 14,6 foiz, paxta yog‘i – 15,3 foiz, sut – 6 foiz, kefir – 6,6 foiz, oq qand – 2.8 foiz, tirik, sovitilgan baliq – 6,8 foiz qimmatladi.

2024 yil davomida baqlajon, limon, pomidor va bodring, bulg‘or qalampiri, banan narxlarida pasayish qayd etilgan. Kartoshka, sarimsoq, sabzi, piyoz, mandarin, ko‘katlar narxlari esa 1,4-39,9 foiz oralig‘ida o‘sgan.

O‘tgan yilda umumiy inflyatsiyaga eng ko‘p ta’sir qilgan omil – energetika resurslari narxlarining oshishi bo‘ldi. Xususan, 2024 yilda turar joy xizmatlari, suv, elektr, gaz va boshqa yonilg‘i turlarining narxi quyidagicha o‘zgargan.

Ta’mirlash va turar joylarga xizmat ko‘rsatish – 10,3 foiz, isitish tizimi – 36 foiz, issiq suv ta’minoti – 32,1 foiz, tabiiy gaz – 129 foiz, elektr energiyasi – 67 foiz, chiqindilarni yig‘ish – 54,7 foizni tashkil etgan.

Statistika organiga ko‘ra, o‘tgan yilda benzin narxi 5,9 foizga, propan narxi 30,9 foizga, metan narxi 21 foizga qimmatlashgan.

2024 yil 1 apreldan tibbiy xizmatlar va O‘zbekistonga olib kirilgan dori vositalari bo‘yicha QQS imtiyozining bekor qilinishi fonida ushbu sektordagi narxlarning oshishi ham yillik umumiy inflyatsiyadan ancha baland shakllangan. Jumladan, narxlar quyidagi ko‘rinishda oshgan.

Dori vositalari – 26,2 foiz, profilaktik va himoya vositalari – 20 foiz, shaxsiy foydalanish uchun tibbiy uskunalar – 15,3 foiz, stomatologiya xizmatlari – 12,4 foiz, tibbiy laboratoriyalar xizmatlari – 14,5 foiz, diagnostika vizualizatsiyasi xizmatlari – 15,6 foizni tashkil etgan.

Qayd etilishicha, yil davomida poyezdlar uchun chipta narxlari o‘rtacha 12,6 foizga (shahar ichidagi poyezdda yo‘l haqi 40,1 foizga), taksi narxlari 12,2 foizga, samolyot uchun chipta narxlari 1,2 foizga oshgan.

Davlat bog‘chalari uchun to‘lov 20 foizga, xususiy bog‘chalarniki 12,3 foizga, davlat oliy o‘quv yurtlarida ta’lim narxi 15,1 foizga, xususiy oliy o‘quv yurtlarida esa 0,5 foizga qimmatlagan. Repetitor xizmatlari narxi 16 foizga o‘sgan.

Sh.Mamaturopova,

O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
O‘zbekistonda 2024 yilgi rasmiy inflyatsiya 9,8 foizni tashkil etdi