O‘zbekiston Respublikasida sud-huquq sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar mamlakatni modernizatsiya qilishda muhim ahamiyatga ega. Xoh u ijtimoiy-iqtisodiy, xoh madaniy-ma’naviy yoki sud-huquq, ulardan ko‘zlangan oliy maqsad fuqarolarning huquq va erkinliklarini samarali himoya qilish, ularning qonuniy manfaatlari buzilishining oldini olish, lo‘nda qilib aytganda, baxtli va farovon hayot kechirishini ta’minlashga qaratilgan bo‘ladi. Bu borada 2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi mazkur demokratik islohotlarni o‘tkazishda asosiy omil bo‘lib xizmat qildi.
Xususan, sudlar faoliyati takomillashtirilib, Oliy sud va Oliy xo‘jalik sudi fuqarolik, jinoiy, ma’muriy va iqtisodiy sud ish yurituvi sohasida sud hokimiyatining yagona oliy organi — Oliy sudga birlashtirildi. Sudyalar oliy kengashi, ma’muriy sudlar, Oliy sud huzurida Sudlar faoliyatini ta’minlash departamenti tashkil etildi.
Jinoyat ishini qo‘shimcha tergov yuritish uchun qaytarish instituti bekor qilindi va dalillarga baho berish instituti takomillashtirildi. Bu, o‘z navbatida, ish bo‘yicha barcha holatlar sud tomonidan har tomonlama tekshirilib, dalillarga xolisona baho berilgan holda oqlov hukmlari ko‘payishiga asos yaratdi.
Boshqacha aytganda, viloyat va unga tenglashtirilgan fuqarolik hamda jinoyat ishlari bo‘yicha sudlar, iqtisodiy sudlar negizida sudyalarning qat’iy ixtisoslashuvini saqlab qolgan holda viloyat darajasidagi umumyurisdiksiya sudlari tashkil etildi.
Aytish kerakki, 2017 yilga qadar oltita sud instansiyasida sud qarorlari қайta кўриб chiqilgan. O‘zgarishlar natijasida bu instansiyalar соni uchta bo‘lgan.
Sud tizimiga “bir sud — bir instansiya” tamoyili joriy qilindi. Unga ko‘ra:
birinchidan, xalqaro standartlarga mos ravishda uch bosqichli sud tizimi yaratildi:
birinchi instansiya (tuman (shahar) sudlari, ayrim toifadagi murakkab ishlar bo‘yicha — viloyat sudlari);
apellyatsiya instansiya (вилоят darajasidagi sudlar);
kassatsiya instansiyasi (Oliy sud);
ikkinchidan, xalqaro tashkilotlar va ekspertlarning e’tiroziga sabab bo‘layotgan nazorat instansiyasi to‘liq bekor qilindi.
Prezidentimizning 2017 yil 21 fevralda qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasi sud tizimi tuzilmasini tubdan takomillashtirish va faoliyati samaradorligini оширish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoniga asosan 2017 yil 1 iyundan boshlab ma’muriy sudlar tashkil etilgani sud-huquq tizimidagi shiddatli islohotlar йўналishiда tom ma’noda muhim qadamlardan бири bo‘ldi. Fuqarolar va tadbirkorlik sub’ektlarining huquqlari, erkinliklari, qonuniy manfaatlarining ishonchli sud himoyasini ta’minlash maqsadida davlat organlari qarorlari va mansabdor shaxslarining g‘ayriqonuniy harakatlari (harakatsizligi) ustidan beriladigan shikoyatlarni, ya’ni ommaviy-huquqiy munosabatlardan kelib chiqadigan nizolarni ko‘rib chiqish uchun vakolatli ma’muriy sudlar tashkil etildi.
Ma’muriy sudlar fuqarolar va yuridik shaxslarga davlat органлари hamdaa mansabdor shaxslarning g‘ayriqonuniy qarorlari, xatti-harakatlari ustidan sudga shikoyat qilish borasidagi konstitutsiyaviy huquqlarini amalda to‘liq ro‘yobga chiqarishida muhim rol o‘ynaydi. Bu, o‘z navbatida, Ўзбекистонда ҳuқuқий demokratik davlat va adolatli fuqarolik jamiyatini shakllantirishda beqiyos аҳамият kasb etadi.
Shuningdek, protsessual majburlov choralarini asosli qo‘llash, sud-tergov amaliyotida shaxsni qiynoqqa solmaslik, unga shafqatsiz, g‘ayriinsoniy yoki qadr-qimmatini kamsituvchi muomala hamda jazo turlarini qo‘llamaslik, chin ko‘ngildan pushaymon bo‘lib, jinoyatni fosh etishda faol ko‘maklashgani uchun shaxsni javobgarlikdan to‘liq yoki qisman ozod qilish, jabrlanuvchilarga yetkazilgan mulkiy zararni qoplash hamda jinoyat protsessi ishtirokchilarining huquq va erkinliklarini ta’minlash orqali fuqarolarning ishonchini qozonish ustuvor vazifalardandir.
Shu ma’noda mamlakatimizda sud-huquq sohasidagi institutsional islohotlar doirasida mahkumlar va qamoqqa olingan shaxslar uchun qulay shart-sharoitlar yaratish, ularning huquq va erkinliklariga rioya etish, sha’ni va qadr-qimmatini hurmat qilishga qaratilgan kompleks chora-tadbirlar amalga oshirilayotgani e’tiborga molik. Bu borada jinoyat-ijroiya qonunchiligini, shu jumladan, ozodlikdan mahrum etish joylarida mahkumlarni saqlash shart-sharoitlarini yanada yaxshilashni nazarda tutuvchi qonunchilikni takomillashtirish konsepsiyasi qabul qilindi.
Aholining odil sudlovga bo‘lgan ishonchini oshirish maqsadida “Xabeas korpus” instituti kengaytirilib, tergov ustidan sud nazorati yanada kuchaytirildi. Qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasini qo‘llash yoki qamoqda saqlash muddatini uzaytirish uchun sanksiya berish vakolatining sudlarga o‘tkazilishi bu boradagi dastlabki qadamlar bo‘lgan bo‘lsa, keyingi yillarda bu islohotlar yanada jadallashdi.
Pochta-telegraf jo‘natmalarini xatlab qo‘yish, murdani eksgumatsiya qilish, ayblanuvchini lavozimidan chetlashtirish, shaxsni tibbiy muassasaga joylashtirish yoki ayblanuvchining tibbiy muassasada bo‘lishi muddatini uzaytirish uchun sanksiya berish huquqi ham prokurorlardan sudlarga o‘tkazildi. Sudlarga qamoqqa olish yoki uy qamog‘i tarzidagi ehtiyot chorasini qo‘llash rad etgan taqdirda boshqa muqobil ehtiyot choralarini qo‘llash huquqi berildi.
Sud ishlarini yuritishda yangi institutlar joriy qilindi, mavjudlari takomillashtirildi. Jumladan, jinoyat protsessida yarashuv instituti kengaytirilib, u sud jarayonining barcha bosqichlarida qo‘llanadigan bo‘ldi. Jinoyat ishi bo‘yicha — dastlabki eshituv, fuqarolik va iqtisodiy sudlarda — sudgacha majlis, soddalashtirilgan tartibda ish yuritish, mediatsiya institutlari joriy qilindi. Shuningdek, so‘nggi yillarda inson huquqlarini himoya qilishning qonunchilik va tashkiliy-huquqiy bazasini mustahkamlash, xalqaro standartlarni milliy qonunchilikka implementatsiya qilish va xalqaro majburiyatlarni bajarish borasida salmoqli ishlar qilindi. Masalan, jinoyatni sodir etishda gumon qilingan shaxslarni ushlab turish muddati 72 soatdan 48 soatga, qamoqqa olish va uy qamog‘i tarzidagi ehtiyot choralarini qo‘llashning, shuningdek, dastlabki tergovning eng ko‘p muddati 1 yildan 7 oyga qisqartirildi.
Shaxsga nisbatan qiynoqqa solish va boshqa shafqatsiz, g‘ayriinsoniy yoki qadr-qimmatni kamsituvchi muomala hamda jazo turlarini qo‘llash bilan bog‘liq qilmishlar sodir etilishining oldini olish bo‘yicha samarali mexanizmlar joriy qilinib, bunday qilmishlar uchun javobgarlik kuchaytirildi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 10 avgustdagi “Sud-tergov faoliyatida shaxsning huquq va erkinliklarini himoya qilish kafolatlarini yanada kuchaytirish to‘g‘risida”gi фармоni ham ayni ana shunday normativ-huquqiy hujjatlar jumlasidandir.
Mazkur farmon, shubhasiz, ushbu sohada birmuncha yirik o‘zgarishlarga huquqiy asos bo‘lib xizmat qildi. Xususan, tezkor-qidiruv faoliyatini amalga oshiruvchi organlar xodimlari tomonidan gumon qilinuvchi, ayblanuvchi yoki sudlanuvchidan ariza, tushuntirish yoki ko‘rsatuvlar olishni mazkur jinoyat ishi yurituvida bo‘lgan surishtiruvchi, tergovchi, prokuror yoki sudyaning yozma ruxsatiga asosan va faqat himoyachi ishtirokida amalga oshirishi belgilandi.
Demak, jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, ish yurituvga olingandan so‘ng, ish kimning yurituvida bo‘lsa, ana shu mansabdor shaxsning yozma ruxsatisiz vakolatli organlarning tezkor xodimlari mazkur ish doirasida ishtirokchilardan biron-bir ko‘rinishdagi ariza, tushuntirish yoki ko‘rsatuv olishga haqli bo‘lmaydi. Bunda yozma ruxsat olingan taqdirda ham ayblanuvchi yoki sudlanuvchining o‘zi voz kechmagan bo‘lsa, himoyachining ishtirok etishi shartligi mustahkamlab qo‘yildi.
Bundan tashqari, jinoyat sodir etishda gumon qilinayotgan shaxsni ushlab turish muddati u haqiqatda ushlangan vaqtdan boshlab hisoblanadigan bo‘ldi. Bu esa, ushlab turish bayonnomasiga shaxsni ushlash vaqti sifatida bayonnoma tuzilgan yoki bayonnomani tuzgan mansabdor shaxs istagan vaqtni emas, gumon qilinuvchining haqiqatda ushlangan vaqtini ko‘rsatish lozimligini anglatadi.
O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksining 224-moddasiga asosan, ushlash bilan bog‘liq protsessual harakatlar videoyozuvlar orqali qayd etilishi belgilangan. Bunda e’tiborli jihati shundaki, jinoyat sodir etishda gumon qilinayotgan shaxsning ushlanishi aks etgan videoyozuvda qayd etilgan vaqt ushlab turish bayonnomasiga muvofiq kelishi, videotasvirga olish vositasining vaqtni to‘g‘ri ko‘rsatib turishini ta’minlash lozim bo‘ladi.
Shaxsning huquq va erkinliklarini himoya qilish sohasida diqqatga sazovor o‘zgarish sifatida shuni qabul qilish mumkinki, shaxs amalda ushlangan yoki uni jinoyat ustida ushlash bilan bog‘liq tezkor tadbir amalda yakunlangan yoxud gumon qilinuvchi deb e’tirof etilganligi haqidagi qaror unga ma’lum qilingan paytdan boshlab u bilan bog‘liq protsessual harakatlarni o‘tkazishdan oldin uning advokat bilan xoli uchrashishi ta’minlanishi shartligini belgilandi.
Har qanday shaxs ushlangandan so‘ng yoki unga nisbatan tezkor tadbir amalga oshirilgandan keyin yoxud unga nisbatan biron-bir jinoyat yuzasidan gumonlanuvchi sifatida jalb qilish to‘g‘risida qaror mavjudligi ma’lum qilinganda, shaxs o‘zining qonuniy huquq va erkinliklaridan foydalana olmasligi yoki bunga ruhan tayyor bo‘lmasligi mumkin.
Shaxsning qo‘rquv va ruhiy bosim ostida qolishi natijasida adolat va haqiqatni qaror topishi uchun zarur bo‘lgan ma’lumot va dalillar noto‘g‘ri o‘zanga yo‘naltirilishi, jinoyatning to‘la fosh etilmay qolishi, javobgarlikning muqarrarligi tamoyili buzilishiga olib kelishi mumkin. Gumon qilinuvchining advokat bilan xoli uchrashishining ta’minlanishi esa ishning har tomonlama ko‘rib chiqilishi, qonuniylik va dalillarning mustahkamlanishi, pirovardida protsessual harakatlar bo‘yicha sifatli ish yuritish imkonini beradi.
Bundan tashqari, fuqarolarning jinoyat protsessiga ortiqcha jalb qilinishini kamaytirish, murakkab bo‘lmagan ishlar bo‘yicha ish yuritishni qisqartirish maqsadida ijtimoiy xavfi katta bo‘lmagan, uncha og‘ir bo‘lmagan va og‘ir jinoyatlar bo‘yicha aybini bo‘yniga olish to‘g‘risida arz qilgan, chin ko‘ngildan pushaymon bo‘lgan, jinoyatning ochilishiga faol yordam bergan va keltirilgan zararni bartaraf qilgan gumon qilinuvchi yoki ayblanuvchi tomonidan bildirilgan iltimosnomaga asosan jinoyat ishini yuritishni nazorat qiluvchi prokuror bilan tuziladigan aybiga iqrorlik to‘g‘risidagi kelishuv instituti kiritildi.
Prezident tomonidan 2023 yildagi “Davlat organlari bilan munosabatlarda fuqarolar va tadbirkorlik sub’ektlari huquqlarining samarali himoya qilinishini ta’minlash bo‘yicha qo‘shimcha choralar ko‘rilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qonun imzolandi.
Hujjat bilan jinoyat ishlarini ko‘rishda kassatsiya instansiyasi sudi tomonidan tegishli mansabdor shaxslarning e’tiborini surishtiruv, dastlabki tergov va sud muhokamasi jarayonida yo‘l qo‘yilgan kamchiliklarga qaratish zarur bo‘lgan taqdirda xususiy ajrim chiqarish asoslari belgilanmoqda. Shuningdek, kassatsiya shikoyati (protesti) bo‘yicha ko‘rilayotgan fuqarolik ishini tugatish uchun asoslar ro‘yxati belgilanmoqda.
Fuqarolik sudiga kiritilgan da’vo arizasi bo‘yicha taalluqlilik qoidalari buzilgan taqdirda, mazkur da’vo arizasi sud tomonidan iqtisodiy yoki ma’muriy sudga yuboriladi.
Bunda boshqa suddan da’voni qabul qilib olgan sudning sudyasi da’vo bo‘yicha kamchiliklar aniqlangan taqdirda 10 kun ichida da’vogarni kamchiliklarni bartaraf etish haqida xabardor qiladi. Shuningdek, bundan buyon o‘zaro bog‘liq bo‘lgan, ba’zilari fuqarolik ishlari bo‘yicha sudga, ba’zilari esa ma’muriy sudga taalluqli bo‘lgan bir nechta talabni birlashtirishga yo‘l qo‘yilmaydi. Endilikda davlat ijrochisining qarori, harakati (harakatsizligi) ustidan shikoyat ma’muriy sudga yoxud bo‘ysunuv tartibida yuqori turuvchi organga, mansabdor shaxsga beriladi.
Bundan tashqari, iqtisodiy sudlar tomonidan chiqariladigan ijro hujjatlari ijroga uch yil ichida qaratilishi mumkin.
Adolat va qonun ustuvorligi tamoyillarini taraqqiyotning eng asosiy va zarur shartiga aylantirish, sud hokimiyatining amalda mustaqilligini ta’minlash, sudlar faoliyati samaradorligi va odil sudlov sifatini oshirish maqsadida 2023 yil 16 yanvar kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Odil sudlovga erishish imkoniyatlarini yanada kengaytirish va sudlar faoliyati samaradorligini oshirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi farmoni qabul qilindi.
Mazkur farmon bilan 2023-2026 yillarga mo‘ljallangan sud tizimini sifat jihatidan yangi bosqichga olib chiqishning qisqa muddatli strategiyasi va ushbu strategiyani amalga oshirish bo‘yicha harakatlar dasturi tasdiqlandi.
Adolatli sud qarorlari qabul qilinishiga erishish orqali xalqning, shu jumladan, tadbirkorlarning sud tizimiga bo‘lgan ishonchini mustahkamlash, har bir shaxs sud va sudyalar siymosida o‘zining ishonchli himoyachisini ko‘rishiga erishish bilan birga, sud qarorlarining qat’iy ijrosini ta’minlash, bu borada davlat organlari va mahalliy hokimliklarning mas’uliyatini oshirish, strategiya doirasida odil sudlovni ta’minlashning ustuvor vazifalari sifatida belgilandi.
Harakatlar dasturi 10 ta bo‘lim 28 ta banddan iborat bo‘lib, uning “Odil sudlov sifatini tubdan oshirish” deb nomlanuvchi 2-bo‘limining 5-bandi ma’muriy sud ish yurituvini takomillashtirishga qaratilgan.
Ushbu bandda 2023 yil noyabr oyiga qadar “Ma’muriy sud ish yurituvini takomillashtirish konsepsiyasi”ni ishlab chiqish belgilangan bo‘lib, unda ma’muriy organlar bilan fuqarolar va tadbirkorlar o‘rtasidagi barcha nizolarni xatlovdan o‘tkazib, sudlovga taalluqliligiga oid qoidalarni takomillashtirish, ma’muriy sud ish yurituvi prinsiplarini tanqidiy o‘rganib, ommaviy-huquqiy munosabatlarning mazmun-mohiyatini aks ettiruvchi prinsiplarni kiritish nazarda tutilgan.
Islohotlarning yangi bosqichida sudlarni haqиқий xalq sudiga, inson huquq va эркинликлариniнг, tadbirkorlar qonuniy manfaatlarining ishonchli himoyachisiga aylantirish bo‘yicha muhim vazifalar belgilab olingan. Xususan, bugungi kunda amaliyot fuqaro bilan davlat organi yoki mansabdor shaxsning tengsizligini ko‘rsatmoqda. Chunki fuqaroning o‘z talablarini isbotlab berish bo‘yicha imkoniyatlari davlat organi yoki mansabdor shaxsning resurslariga qaraganda birmuncha cheklangan.
Shu sababli davlat organlari yoki mansabdor shaxslar tomonidan fuqarolar huquqlari va qonuniy manfaatlari buzilgan taqdirda, ularni ma’muriy sudlar tomonidan samarali himoya qilish, sudlarni huquqi buzilgan fuqaroning haqiqiy himoyachisiga aylantirishga qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish rejalashtirilmoqda.
Bu borada ma’muriy sudning o‘rni va rolini kuchaytirish maqsadida uning vakolatlari kengaytiriladi. Shuningdek, ma’muriy sudlarga davlat idoralari tomonidan yetkazilgan zararni qoplash va boshqa huquqiy oqibatlarga oid masalalarni hal qilish vakolati berilib, fuqarolarning sudma-sud yurib, ovora bo‘lishining oldi olinadi.
Sudlar faoliyatida “yagona darcha” tartibi joriy etilib, bundan buyon ish fuqarolik, iqtisodiy yoki ma’muriy sudga taalluqli bo‘lishidan qat’i nazar, ariza “yagona darcha” asosida qabul qilinadi. Bu esa fuqaro va tadbirkorlarning eshikma-eshik sarson bo‘lishiga chek qo‘yadi.
Keyingi yillarda amalga oshirilayotgan shu kabi insonparvar islohotlar natijasida odamlarning sud tizimiga bo‘lgan ishonchi ortib bormoqda. Buni sudlarga bo‘lgan murojaatlarning ko‘payib borayotganida hamda sudlar tomonidan qabul qilinayotgan oqlov hukmlari, fuqarolar, tadbirkorlar foydasiga qabul qilingan sud qarorlari sonining ortib borayotganida ham ko‘rish mumkin.
Natijada xalq sudni faqat odamlarni qoralaydigan, jazolaydigan organ, deb emas, aksincha, ularning haq-huquqlari va manfaatlarini himoya qiladigan organ, o‘zlarining himoyachisi, adolat posboni, deb qaray boshladi. Bunday ishonchni yanada mustahkamlash uchun sudlar qonundan og‘ishmay ish tutishlari, fuqarolarning manfaatlarini muhofaza etib, ularning buzilgan huquqlarini tiklab, bu yo‘ldan sobitqadamlik bilan qat’iy borishlari va shu asosda xalqning ishonchini qozonishlari zarur bo‘ladi.
B.Ahrarov, N.Xayriyev,
O‘zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi
universiteti professorlari