“Yangi O‘zbekiston” bog‘ida ilk bor muhandislik va robototexnika yo‘nalishida tarixiy voqea sodir bo‘ldi. Yurtimiz yoshlari tomonidan dunyo miqyosidagi rekord yangilanib, O‘zbekiston nomi Ginnesning rekordlar kitobiga yozildi.

Bu nafaqat mamlakatimiz, balki Markaziy Osiyo davlatlari orasida ilq bor muhandislik sohasidagi yirik Ginnes rekordi hisoblanadi. Hozirga qadar O‘zbekistonda bu yo‘nalishda Ginnes rekordi qayd etilmagan edi.

Tadbirda 2 ming nafar yosh muhandis bir vaqtning o‘zida 25 daqiqada 1 ming 946 ta mini-robotni yasab, harakatga keltirdi. Ushbu missiya yurtimizning ilm-fan va muhandislik sohalaridagi imkoniyatlarini namoyon etibgina qolmay, yoshlarimizda milliy faxr tuyg‘usini uyg‘otdi.

Aytish kerakki, Ginnes rekordlar kitobida robototexnika sohasida 351 ta turli yo‘nalishdagi rekordlar mavjud. 2023 yilda Hindistonda 1 ming 459 nafar yoshlar bir vaqtning o‘zida mini-robot yasab, harakatlantirgan edi. O‘zbekiston yoshlari bu galgi ko‘rsatkich bilan dunyodagi eng yirik muhandislik missiyasiga erishdi.

Ushbu missiya yosh muhandislar uchun Ginnes rekordini qo‘lga kiritish imkoniyatini berishi bilan birga, ulkan tajriba, amaliy bilim va jamoaviy ish ko‘nikmalarini ham taqdim etdi. Bunday yirik loyiha doirasida qatnashgan har bir yosh o‘z qobiliyatiga ishonchni mustahkamladi, innovatsion tafakkurini rivojlantirdi va kelgusida global maydonda raqobatlasha oladigan mutaxassis sifatida shakllanishga qadam qo‘ydi. Bu ularning ilmiy izlanish va muhandislik faoliyatiga bo‘lgan qiziqishini yanada kuchaytirib, mamlakatimizda yangi avlod muhandislarini yetishtirishda mustahkam poydevor bo‘lib xizmat qiladi.

Ushbu tadbirda 2 ming nafar yosh o‘z ishtiroki bilan butun respublika yoshlarining birdamligini namoyon etdilar. Misol uchun, missiyani amalga oshirishdan oldin barcha 2 ming nafar ishtirokchi bir vaqtning o‘zida davlat madhiyasini jonli xor tarzida ijro etdi. Bu lahza yoshlar qalbida milliy faxr va yurtga sadoqat tuyg‘usini yanada kuchaytirdi.

Bu Ginnes rekordining yaratilishi, ayni paytda, Mustaqillik bayrami arafasida yosh muhandislar tomonidan yurtimizga berilgan  to‘yona bo‘ldi. Mustaqillik bayramimiz ostonasida qo‘lga kiritilgan bu g‘alaba xalqimiz uchun ramziy ma’noga ega bo‘lib, yosh avlodning yurt ravnaqiga qo‘shgan munosib hissasi sifatida tarixda qoladi.

Tadbir Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tashabbusi bilan tashkil etildi. Aytish kerakki, mazkur tadbirda hududlardagi, Toshkent shahridagi oliygohlar, Prezident ta’lim muassasalari agentligi tarkibidagi muassasalardan talaba va o‘quvchilar hamda imkoniyati cheklangan yosh muhandislardan iborat katta ijodiy jamoa faol qatnashdi.  

Ushbu tadbirning eng ahamiyatli jihatlaridan biri shundaki, imkoniyati cheklangan yoshlarimiz ham o‘z iqtidor va salohiyatini namoyish etib, aslida imkoniyatlari cheklanmaganini isbotladilar.

Tadbirda Butunjahon Ginneslar rekordi tashkilotining hakami Karl Saville shaxsan ishtirok etdi. U robotlar yasash jarayonini nazorat qilib, natijani rasman e’lon qildi.

25 daqiqa ichida yosh muhandislarimiz tomonidan yaratilgan robotlar maxsus tartibda tekshirildi va tadbir bosh hakami tomonidan rasman tasdiqlandi. Shundan so‘ng, Ginnes rekordi yangilangani to‘g‘risidagi sertifikat tantanali ravishda oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipovga topshirildi. Shu tariqa, O‘zbekiston tarixida ilk bor muhandislik sohasida Ginnes rekordi o‘rnatildi.

N.Usmonova,  

O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
O‘zbekiston yoshlari muhandislik sohasida Ginnes rekordini o‘rnatdi