O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vaziri Sherzod Kudbiyev va Yevropa Ittifoqining mamlakatimizdagi elchisi Sharlotta Adrian o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Ikki tomon vakillari ishtirokida o‘tkazilgan uchrashuvda so‘nggi yillarda o‘zaro hamkorlik yangi bosqichga chiqqani, buning amaliy ifodasi sifatida O‘zbekiston uchun Yevropa Ittifoqining barqaror rivojlanish va samarali boshqaruv bo‘yicha maxsus preferensiyalar tizimi (“GSP+”) kuchga kirgani e’tirof etildi.  

Ta’kidlash kerakki, O‘zbekiston mazkur tizimga Preferensiyalar bosh tizimi (“GSP+”) doirasida benefitsiar mamlakat sifatida qabul qilindi. Ushbu maqom munosabatlarda muhim bosqich bo‘lib, tomonlar o‘rtasidagi muloqotni hamda savdo almashinuvini yanada chuqurlashtirishga imkon beradi.

Uchrashuvda mehmon tomoni makroiqtisodiy barqarorlikni ta’minlash borasida katta e’tibor qaratilishini va hukumatning Davlat byudjetining shaffoflik va ochiqligini oshirish siyosatini ham yuqori baholadi. Shuni aytish joizki, Yevropa Ittifoqi uchun byudjetning ochiqligi va shaffofligi tamoyillariga rioya qilish hamkorlikning muhim omillaridan biridir.

Hozirgi vaqtda O‘zbekiston hukumati tomonidan davlat moliyasini boshqarish tizimida bir qator strategiyalar ishlab chiqilgan va amalga oshirilmoqda. Shundan kelib chiqib, xorijiy hamkorga dunyodagi turli geosiyosiy inqirozlarga qaramay, mamlakatda makroiqtisodiy barqarorlikni ta’minlash, inflyatsiya darajasini pasaytirish borasida olib borilayotgan ishlar haqida ma’lumotlar berildi.  

Shundan so‘ng uchrashuvda kelgusidagi hamkorlik va moliyaviy beg‘araz ko‘mak berish borasidagi mavjud imkoniyatlar xususida fikr almashildi. Yevropa Ittifoqi bilan hamkorlikda 3 ta yo‘nalish, ya’ni  raqamlashtirish, “yashil iqtisodiyot" va qishloq xo‘jaligini rivojlantirish bo‘yicha beg‘araz ko‘mak berish yuzasidan amalga oshirilishi lozim bo‘lgan vazifalar belgilandi.  

Uchrashuv yakunida ushbu rejadagi vazifalarni amalga oshirishda Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Qishloq xo‘jaligi vazirligi  hamda Yevropa Ittifoqining O‘zbekistondagi elchisi o‘rtasida uch tomonlama memorandum imzolashga kelishib olindi.  

Nasiba Ziyodullayeva tayyorladi, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
O‘zbekiston–Yevropa Ittifoqi: raqamlashtirish, “yashil iqtisodiyot" va qishloq xo‘jaligi rivoji yo‘lida hamkorlik qiladi