O‘zbekistonda mavjud byurokratik to‘siqlarni qisqartirish va aholiga davlat xizmatlarini ko‘rsatish tizimini yaxshilash bo‘yicha keng ko‘lamli ma’muriy islohotlar amalga oshirilmoqda.

Mazkur islohotlar samaradorligini yanada oshirish maqsadida shu yo‘nalishdagi ilg‘or tajribalarni o‘rganishga e’tibor qaratilmoqda. Shu maqsadda Adliya vazirligi, Oliy sud va Huquqni muhofaza qilish akademiyasi, Toshkent davlat yuridik universiteti vakillaridan iborat delegatsiya Yaponiyaga tashrif buyurdi.   

Delegatsiya a’zolari ma’muriy tartib-taomillar to‘g‘risidagi qonunchilikni amaliyotga to‘g‘ri tatbiq etish, davlat organlarining jismoniy va yuridik shaxslar bilan bo‘lgan munosabatlarida qonuniylik va shaffoflik ta’minlanishida davlat xizmatchilarining professional korpusini yaratish bo‘yicha xorijiy tajriba bilan tanishdi.

Xususan, Yaponiya Adliya vazirligining Xalqaro hamkorlik va Ma’muriy huquq departamentlari, Yaponiya Patent agentligi, Raqamlashtirish agentligi, Yaponiya Umumiy ishlar va kommunikatsiyalar vazirligi, Nagoya universiteti, Huquqiy tadqiqotlar markazi hamda Nagoya shahar hokimligi vakillari bilan uchrashuvlar o‘tkazildi.   

Muloqotlar davomida Yaponiya davlat tashkilotlari tomonidan ma’muriy tartib-taomillar to‘g‘risidagi qonunchilik hamda ularning amaliyotda qo‘llanilishi, ma’muriy aktlar ustidan shikoyat berish tartibi, apellyatsiya kengashlari faoliyati, raqamlashtirish sohasida amalga oshirilayotgan ishlar to‘g‘risida batafsil ma’lumotlar berildi.   

N.Abduraimova, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
O‘zbekiston - Yaponiya: ma’muriy islohotlarni chuqurlashtirish bo‘yicha tajriba almashildi