Statistika agentligining dastlabki ma’lumotlariga ko‘ra, 2024 yilda O‘zbekistonda yalpi ichki mahsulot (YAIM) hajmi joriy narxlarda 1 454,6 trln. so‘mni tashkil etdi. Bu ko‘rsatkich 2023 yil bilan taqqoslaganda 6,5 foizga o‘sgan.

YAIM hajmi o‘rtacha almashuv kursi (12 652,7 so‘m) bo‘yicha 115 mlrd. AQSH dollariga teng.

2024 yilda aholi jon boshiga hisoblangan YAIM hajmi joriy narxlarda 39,1 mln. so‘m (3 092,7 AQSH dollari)ni tashkil etib, 2023 yil bilan taqqoslaganda 4,4 foizga oshgan.

Sanoat tarmog‘ining o‘sishi 6,8 foizni tashkil etdi va YAIM o‘sishiga ijobiy hissasi 1,7 f.p.ni tashkil etdi.

Qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligining o‘sishi 3,1 foizni, YAIM o‘sishiga ijobiy hissasi esa 0,6 f.p.ni tashkil etdi.

Sh.Mamaturopova, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
O‘zbekiston yalpi ichki mahsulot hajmi 115 milliard dollarga yetdi