Özbekiston-Xitoy: kulolçilik böyiça hamkorlik yangi bosqiçga çiqmoqda
Özbekistonning asrlar davomida sayqallanib kelayotgan kulolçilik anʼanalari bugungi kunda nafaqat milliy meros, balki xalqaro madaniy-iqtisodiy diplomatiyaning muhim vositasiga aylanib bormoqda. Sönggi yillarda mamlakatimizda hunarmandçilikni qöllab-quvvatlaş va mahalliy mahsulotlarni dunyo bozoriga olib çiqiş davlat siyosatining ustuvor yönalişlaridan biri sifatida belgilandi.
«Hunarmand» uyuşmasida kulolçilik sanʼatining jahon tan olgan markazi hisoblangan Xitoyning maşhur «Jingdezhen Ceramics Group» kompaniyasi Markaziy Osiyo bölimi rahbari Zhong Vei bilan rasmiy uçraşuv bölib ötdi.
Muloqot davomida ikki tomonlama hamkorlikni rivojlantiriş, kulolçilik va keramika sohasida tajriba almaşiş, qöşma loyihalarni amalga oşiriş hamda özbek milliy kulolçilik mahsulotlarini xalqaro bozorlarda keng tarğib qiliş masalalari muhokama qilindi.

Tadbirda qayd etilganidek, «Jingdezhen Ceramics Group» компанияси 2018-yilda taşkil etilgan bölib, Xitoyning Jingdezhen şahrida joylaşgan. Kompaniya çinni mahsulotlarini tadqiq qiliş, loyihalaş va işlab çiqarişga ixtisoslaşgan. Yillik işlab çiqariş quvvati 30 million donadan ortiq maişiy, interer va badiiy çinni mahsulotlarini taşkil etadi.
Şuningdek, uçraşuvda Rişton kulolçilik maktabining boy anʼanalarini Xitoy keramika sanʼati bilan uyğunlaştiriş, mahalliy ustalar uçun yangi imkoniyatlar yaratiş hamda «Ipak yöli» nomli qöşma keramika töplamini yaratiş istiqbollari yuzasidan fikr almaşildi.

Mutaxassislarning qayd etişiça, mazkur uçraşuv Özbekiston va Xitoy örtasida hunarmandçilik sohasidagi aloqalarni kengaytiriş, milliy kulolçilik sanʼatini xalqaro miqyosda tarğib qiliş va yangi hamkorlik loyihalarini yölga qöyişga xizmat qiladi.
Gulnoza Boboyeva,
ÖzA