Xitoy Xalq Respublikasining “Aladdin Holdings Group Co., Ltd” investitsiya kompaniyasi vakili janob Yuu Tao boshchiligidagi delegatsiya Jizzax viloyatiga keldi.

Xorijlik mehmonlarni Jizzax viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi Ulug‘bek Mustafoyev qabul qildi.

Do‘stona hamkorlik ruhida o‘tgan uchrashuv chog‘ida viloyatda amalga oshirilishi rejalashtirilayotgan investitsiya loyihalari, ularning yo‘nalishlari hamda istiqbollari yuzasidan atroflicha fikr almashildi. Tomonlar o‘zaro manfaatli hamkorlikni yo‘lga qo‘yishga kelishib oldi.  

Muloqot davomida janob Yuu Taoga Jizzax viloyatdagi mavjud investitsiya muhiti, loyihalarni amalga oshirish uchun yaratilgan imkoniyatlar, infratuzilma sharoiti va soliq imtiyozlari bo‘yicha batafsil ma’lumot berildi. Shuningdek, uchrashuvda xorijiy investorlar uchun yaratilayotgan qulayliklar, yer uchastkalari ajratish tartibi, zarur muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlari bilan ta’minlash masalalari ham muhokama qilindi.  

Ma’lumot o‘rnida, Xitoy Xalq Respublikasining “Aladdin Holdings Group Co., Ltd” investitsiya kompaniyasi bosh ofisi Pekin shahrida joylashgan bo‘lib,  u 2012 yilda XXRning Bozorni nazorat qilish va korxonalarni rivojlantirish davlat boshqarmasi tomonidan tasdiqlangan. Kompaniya ikkita strategik yo‘nalishga – sanoat investitsiyalari va ilmiy-texnik innovatsiyalarga rioya qiladi. “Aladdin Holdings Group Co., Ltd”da asosan uchta sohaga – “ekologik toza energiya manbalari”, “ijtimoiy iqtisod” hamda “aviatsiya-kosmik sanoat” yo‘nalishlariga e’tibor qaratilgan.

Jizzax viloyati hokimligidagi qabuldan so‘ng, xitoylik delegatsiya a’zolari do‘stona hamkorlik tashrifi doirasida xizmat safari bilan vohaning olis Forish tumanida bo‘ldi. Xitoylik mehmonlarga hamrohlik qilgan Forish tumani hokimi Ikrom Matiyev hududdagi yangi loyihalar va ularni amalga oshirish imkoniyatlari bilan tanishtirdi.

O‘z navbatida, XXRning “Aladdin Holdings Group Co., Ltd” investitsiya kompaniyasi vakili janob Yuu Tao o‘zbekona mehmondo‘stlik uchun minnatdorlik bildirib, ushbu hamkorlik O‘zbekiston – Xitoy davlatlarining do‘stona aloqalarini yanada mustahkamlashda muhim ahamiyat kasb etishini ta’kidladi.

A.Qayumov,  

O‘zA muxbiri

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
O‘zbekiston – Xitoy: hamkorlik yanada mustahkamlanadi