O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasida Xitoy Xalq Respublikasining O‘zbekistondagi Favqulodda va muxtor elchisi Yuy Szyun va uyushma raisi Sirojiddin Sayyid o‘rtasida adabiy aloqalarni yanada rivojlantirish bo‘yicha uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning yaqinda Xitoyga davlat tashrifi chog‘ida imzolangan kelishuvlar doirasida ikki mamlakat o‘rtasida energetika, neft-gaz, tog‘-kon, elektrotexnika, yengil sanoat, mashinasozlik, infratuzilmani rivojlantirish, qishloq xo‘jaligi, ta’lim, transport va logistika sohalari qatorida ommaviy axborot vositalari o‘rtasida keng ko‘lamli hamkorlikni yo‘lga qo‘yish masalalari muhokama qilingan edi. 

Bu esa ikki mamlakat o‘rtasidagi hamkorlikning ildizlari tarixan uzoq yillarga borib taqalishi, zamonaviy dunyo rivojida davlatlarning tinch sherikchilik asosida hamkorlik munosabatlarini davom ettirishlari qanchalik muhim ekanini yana bir bora isbotlamoqda. 

Uyushma vakillari, ijodkorlar ishtirokidagi uchrashuvda ana shu tashrifning ahamiyatiga e’tibor qaratildi. Har ikki tomondan adabiy aloqalarni yanada mustahkamlash borasidagi takliflar o‘rtaga tashlandi. 

Muzokara chog‘ida o‘zbek adabiyotidan xitoy tiliga ko‘plab asarlar tarjima qilingani aytildi. Xususan, Sadriddin Ayniyning “Esdaliklar”, “Sudxo‘rning o‘limi” qissalari, “Doxunda” va “Qullar” romanlari, Zulfiyaning qator she’rlari, Hamid G‘ulomning “Mangulik” romani xitoy tiliga tarjima qilingan. 

[gallery-15809]

“Mangulik” romani Xitoyda yarim million nusxada chop etilgani barchaga ma’lum. Shanxay Fanlar akademiyasi huzuridagi adabiyot va san’at ilmiy-tadqiqot instituti xodimlari U Gochjan va Pan Sinlin Alisher Navoiyning “Farhod va Shirin” dostonini xitoy tiliga tarjima qilgan. Asar 2017 yilda nashr etilgan. Bu kitobning bir nusxasi hozirda Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasida saqlanadi. 

Shanxay xorijiy tillar universiteti qoshidagi Jahon adabiyoti instituti direktori Chjen Tiu 2018 yilda yozuvchi Abduqayum Yo‘ldoshning bir nechta hikoyalarini xitoy tiliga o‘girgan. Xitoyning Lanjou universiteti chet tillar instituti dotsenti Di Syaosya tomonidan Abdulla Qodiriyning “O‘tkan kunlar” romani xitoy tiliga tarjima qilinib, 2020 yilda Xitoyda chop etildi. 

Yaqinda Chjen Tiuning iltimosiga binoan, xitoy tiliga tarjima qilish uchun Maqsud Qoriyevning “Spitamen”, To‘lepbergen Qaipbergenovning “Narigi dunyoga, bobomga xat”, Xudoyberdi To‘xtaboyevning “Besh bolali yigitcha”, Baxtiyor Abdug‘afurning “Uzbechka”, Erkin A’zamning “Yozuvchining bog‘i” asarlaridan birini tanlab olish tavsiya etildi. 

Yillar davomida mustahkamlanib kelayotgan do‘stlik rishtalari adabiy muhitda ham o‘z natijalarini ko‘rsatmoqda. 

O‘zaro suhbat davomida Xitoy adabiyotidan bir qator asarlar ham o‘zbek tiliga tarjima qilingani alohida e’tirof etildi. 

Kelgusidagi rejalar ustida hamkorlikda ishlash bo‘yicha fikrlar bildirildi. 

N.Usmonova, Nosirjon Haydarov (suratlar), O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
O‘zbekiston – Xitoy adabiy aloqalarining istiqbollari