Open Data Inventory (ODIN) xalqaro ochiq ma’lumotlar indeksida 2024 yil yakunlari bo‘yicha O‘zbekiston 198 mamlakat orasida 83 ball to‘plab, 12-o‘rinni egalladi va Markaziy Osiyo mintaqasida yetakchilik mavqeini saqlab qoldi.

ODIN reytingi – mamlakatlardagi ochiq ma’lumotlar siyosati, rasmiy statistikaning ochiqlik darajasi hamda foydalanuvchilarga taqdim etilayotgan ma’lumotlar qamrovi va sifatini baholovchi xalqaro ko‘rsatkich hisoblanadi. Ushbu reyting Open Data Watch tashkiloti tomonidan har ikki yilda taqdim etiladi.

O‘zbekiston 2023 yilda mazkur indeksda 70 ball bilan 30-o‘rinni egallagan bo‘lsa, joriy yilda 18 pog‘onaga ko‘tarilib, yuqori natija qayd etdi.

Bu yutuqka mamlakatda statistik ma’lumotlarning keng qamrovda, aniq va tizimli shaklda taqdim etilishi, shuningdek, ochiq ma’lumotlardan foydalanish imkoniyatlarining yaxshilanishi hisobiga erishildi.

Jumladan, oxirgi 5–10 yilga taalluqli statistik ma’lumotlarni viloyat va tumanlar kesimida e’lon qilish, ma’lumotlarni metama’lumotlar bilan birgalikda foydalanuvchilar uchun qulay formatlarda taqdim etish amaliyoti yo‘lga qo‘yildi.

Shuningdek, Milliy statistika qo‘mitasi tomonidan ishlab chiqilgan «Statistika» integrallashgan axborot tizimi (SIAT) orqali 2 900 dan ortiq rasmiy ko‘rsatkichlar o‘zbek, rus va ingliz tillarida, 5 xil formatda yuklab olish imkoni bilan taqdim etilmoqda.

Ushbu platforma imkoniyatlari Open Data Watch mutaxassislari tomonidan ijobiy baholanib, O‘zbekistonning ODIN reytingidagi pozitsiyasini yaxshilashda muhim ahamiyat kasb etgan.

Ta’kidlash joiz, O‘zbekiston so‘nggi yillarda ushbu reytingda barqaror ravishda yuqori natijalarga erishib kelmoqda. Xususan, 2017 yilda 18 ball bilan 167-o‘rin, 2018 yilda 19 ball bilan 168-o‘rin, 2020 yilda 63 ball bilan 44-o‘rin, 2022 yilda 66 ball bilan 40-o‘rin, 2023 yilda 195 ta mamlakat orasida 70 ball bilan 30-o‘rinda qayd etilgan edi.

Sh.Mamaturopova, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
O‘zbekiston xalqaro ODIN reytingida 12-o‘rinni egalladi