Atoqli ustoz ijodkor, O‘zbekiston xalq shoiri Usmon Azim she’rlari teran falsafasi, betakror jozibasi, milliy ruhi bilan adabiyot muxlislarining mehrini qozongan.

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi axborot xizmatiga ko‘ra, shoir  tavalludining 75 yilligi munosabati bilan uning she’rlaridan iborat tarjima kitobi “Sessızce oturdum dünya içinde” nomi bilan Turkiyaning “Bengü” nashriyotida chop etildi.

Ushbu kitobda shoirning ilk to‘plamiga kirgan asarlardan to yangi she’rlarigacha bo‘lgan ijod namunalarini o‘qish mumkin.  

Usmon Azimning tarjima she’rlari Yevroosiyo Yozuvchilar uyushmasi raisi Ufuk Tuzman tashabbusi bilan turk tiliga o‘girildi. Tarjimon – Fatih Sultan Yilmaz.  

Aytish kerakki, shoirning o‘nlab to‘plamlarga kirgan she’rlari, dostonlari yorqin tuyg‘ularga, ifodalarga boyligi, jo‘shqin va jozibadorligi, shiddatkor va da’vatkorligi, goh g‘amgin, goh beg‘ubor erkalovchi ohanglari bilan kitobxon qalbidan chuqur joy olgan. Shu bilan birga bu ijod namunalari hayotiyligi, o‘tkir dramatizmi va fojiaviyligi bilan o‘quvchini hayajonga soladi.

Usmon Azimning she’rlari fransuz, nemis, ingliz, polyak, eston, gruzin, makedon, litva, turk, tojik, rus, qozoq, qirg‘iz va boshqa tillarga tarjima qilingan. O‘z navbatida, Usmon Azim Elyuar, Dog‘larja, Voznesenskiy, Vatsiyetis, Marsinkyavichus kabi o‘nlab shoirlarning ijodidan namunalarni o‘zbek tiliga tarjima qilgan.  

Shoirning ko‘plab she’rlari taniqli hofiz va xonandalar tomonidan qo‘shiq qilib, ijro etiladi. Usmon Azim adabiyotning barcha janrlarida  samarali qilishi yosh ijodkorlar uchun ibratdir.  Ustoz ijodkor bir qator respublika va xaqaro mukofotlarning sohibidir.  

N.Usmonova, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
O‘zbekiston xalq shoiri Usmon Azimning kitobi turk tilida chop etildi