Özbekiston xalq artisti Saidkomil Umarovning 80 yoşlik yubileyi nişonlandi
Özbekiston xalq artisti, teatr va kino aktyori Saidkomil Umarov 80 yoşni qarşiladi.
Şu munosabat bilan Madaniyat vazirining birinçi örinbosari Nodirbek Sayfullayev Özbek Milliy akademik drama teatriga taşrif buyurib, ustoz sanʼatkorni qutluğ tavallud ayyomi bilan samimiy tabrikladi.
Şuningdek, Madaniyat vazirligining tegişli buyruğiga muvofiq, Saidkomil Umarov «Madaniyat va sanʼat fidokori» kökrak nişoni bilan taqdirlangani eʼlon qilindi.
Tantanali tadbir doirasida aktyor iştirokidagi «Sizsiz ötmas kunlarim» spektakli namoyiş etildi.
Saidkomil Umarov 1971-yildan buyon Özbek Milliy akademik drama teatrida samarali faoliyat yuritib kelmoqda. Qariyb 55 yillik ijodiy faoliyati davomida teatr sahnasida 100 dan ortiq betakror obraz yaratgan. «Otello», «Abay», «Qaroqçilar», «Zebuniso», «Yulduzli tunlar», «Abulfayzxon», «Ötkan kunlar» va «Mirzo Uluğbek» kabi spektakllarda turli xarakter va taqdir egalarining obrazlarini mahorat bilan gavdalantirgan.

Sanʼatkor kino va televideniye sohasida ham munosib ijodiy iz qoldirgan. «Uzoq va yaqin yillar», «Yöl bölsin», «Lafz», «Panoh» kabi filmlarda suratga tuşgan. Şuningdek, «Guli va Navoiy», «Bobur», «Keça va kunduz», «Olovli yöllar» kabi telefilmlarda ham turli obrazlarni mahorat bilan ijro etgan.
Saidkomil Umarovning köp yillik samarali ijodi va milliy sanʼat rivojiga qöşgan hissasi davlatimiz tomonidan munosib eʼtirof etilgan. U 1989-yilda «Özbekistonda xizmat körsatgan artist», 2000-yilda «Özbekiston Respublikasi xalq artisti» faxriy unvonlariga, 2014-yilda esa «El-yurt hurmati» ordeniga sazovor bölgan.
N.Usmonova,
ÖzA