FOTOREPORTAJ

Namangan shahridagi 11-bolalar musiqa va san’at maktabida O‘zbekiston xalq artisti Kamoliddin Rahimov tavalludining 81 yilligiga bag‘ishlangan madaniy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi. Unda havaskor va mohir san’atkorlar, yosh iste’dodlar hamda san’at ixlosmandlari ishtirok etdi. 

Buyuklar o‘lmaydi, ular qalblarda mangu yashaydi. Shunday insonlar bo‘ladiki, umri davomida o‘zining xayrli ishlari bilan ko‘pchilik nazariga tushib, qalblardan chuqur joy egallaydi. O‘zbek milliy san’atining betakror namoyandasi Kamoliddin Rahimov ham yuraklarni zabt etgan hofiz sifatida san’at ixlosmandlari qalbidan chuqur joy egallagan.

O‘zbek milliy qo‘shiqchilik san’atida o‘z maktabiga ega bo‘lgan mohir sozanda, bastakor va xushovoz xonanda Kamoliddin Rahimov 1943 yil 12 yanvarda Namangan shahrida tug‘ilgan. Toshkent madaniyat institutini tugatgan hofiz san’at sirlarini dastavval Vahobjon Abdullayevdan o‘rgangan. Namangan madaniyat uyi qoshidagi Usta Ro‘zimatxon nomidagi ashula va raqs ansamblida xonanda, musiqa rahbari, badiiy rahbar bo‘lib ishlagan. 26 yil davomida esa viloyat teatrida yakkaxon xonanda sifatida samarali faoliyat yuritib, ijod qilgan.

[gallery-15447]

Kamoliddin Rahimovning “Yaxshilarga yondashib”, “G‘animat”, “Parvona”, “Kutaman”, “Bir taraf”, shoir Habib Saydulla she’riga bastalangan “Nargiz”, “Ko‘chamdan jonon o‘tganda”, “O‘n sakkizda yor yoshi”, “Turnalar”, “Qoshingiz qarosimu”, “Farzandidurman”, “Namangan tanovori” nomli qo‘shiqlarini ko‘pchilik sevib tinglaydi. 

Tadbirda ta’kidlanganidek, viloyatdagi bolalar musiqa va san’at maktablarida Kamoliddin Rahimov izdoshlarini tarbiyalash, ustoz maktabini yaratish va keng ko‘lamda targ‘ib qilishga qaratilgan amaliy sa’y-harakatlar boshlangan. Asosiy maqsad – ushbu maskanlardan atoqli hofizga munosib vorislarni yetishtirish. Bu borada dastlabki qadamlardan biri sifatida, buyuk san’atkorning ibratli hayoti va ijod yo‘lini o‘rganishga bag‘ishlangan kitob nashr qilindi. Shuningdek, Namanganda “O‘zbekiston xalq artisti Kamoliddin Rahimov qo‘shiqlari” respublika festivali o‘tkazildi. 

Hofiz tavalludiga bag‘ishlab tashkil etilgan bugungi tadbirda viloyat hokimi o‘rinbosari Botir Nuritdinov, shahar hokimi Anvar Otaxo‘jayev qatnashdi. 

Tadbir doirasida Kamoliddin Rahimov hayoti va ijodiga oid tashkil etilgan muzey taqdimoti o‘tkazildi. Yakunda tashkil etilgan konsert dasturida xalq qalbidan joy olgan hofiz qo‘shiqlari yangradi.

Hotam MAMADALIEV (surat), O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
O‘zbekiston xalq artisti Kamoliddin Rahimov yod etildi